1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. Reja



Yüklə 495,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix19.12.2023
ölçüsü495,22 Kb.
#150511
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. (1)



1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari. 
Reja: 
1.1.
 
Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi. 
1.2.
 
Iqtisodiy tarix fanining predmeti, metodlari va vazifalari. 
1.3.
 
Iqtisodiy tarixning manbalari va tuzilmasi. 
 
1.1.
 
Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi 
"Iqtisodiy tarix" fani G'arbiy Yevropada XIX asrning ikkinchi yarmida yuz bergan 
shiddatli iqtisodiy jarayonlar ta'sirida yuzaga keldi va u "Siyosiy iqtisod"dan ajralib chiqdi. U XIX-
XX asrlardan boshlab Yevropa universitetlarida mustaqil fan sifatida o'qitila boshlandi, bundan 
tashqari, bularning hammasi rahbar xodimlarni tayyorlash hamda siyosiy sohada islohotlarni 
oqilona va samarali amalga oshirish uchun xizmat qildi. 
Shu tariqa, 1895 yilda London universiteti qoshida iqtisodiyot va siyosiy bilimlar maktabi 
tashkil etilib unga ixtisoslashtirilgan kollej va 1896 yilda esa unga universitet qoshidagi alohida 
bo'lim maqomi berildi. Unga Buyuk Britaniyalik iqtisodiyot tarixining dastlabki 
namoyondalaridan biri bo'lgan U.Xyuins boshchilik qildi. 
"Iqtisodiy tarix" siyosiy fanlar, sotsiologiya, huquq kabi fanlar bilan birga barcha o'quv 
rejalarida asosiy o'rinni egalladi. 1901 yilda Birmingem universitetining sanoat sohasi bo'yicha 
kadrlar tayyorlashga yo'naltirilgan savdo-sotiq maktabi tashkil etilib, unga keyinroq AQShning 
Garvard universitetida birinchi iqtisodiyot tarixi kafedrasiga asos solgan U.Eshli boshchilik qildi. 
Buyuk Britaniya 
XX asrning boshlarida iqtisodiyot tarixi bo'yicha ma'ruzalar to'liq holda Britaniyaning 
Oksford va Kembridj kabi qadimgi va nufuzli universitetlarida o'qilardi, 1928 yilda Kembridj va 
1931 yilda esa Oksford universitetlarida iqtisodiyot tarixi kafedralari tashkil etildi
1

1920-1930 yillarda iqtisodiyot tarixiga qiziqish ortdi va boshqa oliygohlarda, jumladan 
Edinburg va Glazgo universitetlarining tegishli kurslar o'qitiladigan yo'nalishlarida, keyinroq esa 
50-60 yillarda bir necha kafedralar va ixtisoslashtirilgan bo'limlar tashkil etildi. 60-70 yillarda 
iqtisodiyot tarixi fani London universiteti, Lester, Sheffild, Liverpul, Nottingem shaharlardagi 
oliygohlarda o'z mavqeyini egalladi. 

Yüklə 495,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə