Xi bob. Qatorlar nazariyasi elementlari sonli qatorlar va ularning yaqinlashuvi



Yüklə 99,81 Kb.
səhifə5/20
tarix29.11.2023
ölçüsü99,81 Kb.
#141228
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Xi bob. Qatorlar nazariyasi elementlari sonli qatorlar va ularni-fayllar.org

Dalamber alomati. Yuqorida ko‘rilgan taqqoslash alomatlaridan foydalanish uchun majoranta qatorni topishga to‘g‘ri keladi va bu masala har doim ham osonlik bilan yechilmaydi. Shu sababli ko‘p hollarda berilgan sonli qatorning yaqinlashuvchi yoki uzoqlashuvchi ekanligini uning un (n=1,2,3, ∙∙∙) hadlari orqali aniqlashga imkon beradigan alomatlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Bunday alomatlardan biri farang matematigi J.Dalamber (1717-1783y.) tomonidan topilgan.


3-TEOREMA (Dalambеr alomati): Berilgan musbat hadli sonli qator uchun
(3)
limit mavjud bo‘lsin. Bu holda d<1 bo‘lganda qator yaqinlashuvchi, d>1 bo‘lganda esa uzoqlashuvchi bo‘ladi.
Isbot: Dastlab d<1 holni ko‘ramiz. Teoremadagi (3) shart va sonli ketma-ketlik limiti ta’rifiga asosan har qanday ε>0 soni uchun (biz q=ε+d<1 deb olamiz) shunday N soni topiladiki, barcha n≥N uchun
(4)
tengsizliklar o‘rinli bo‘ladi. Oxirgi tengsizlikdan foydalanib, quyidagi tengsizliklarga ega bo‘lamiz:

.
Bu yerdan ko‘rinadiki sonli qator uchun

sonli qator majoranta bo‘ladi. Bu majoranta qatorda q<1 bo‘lgani uchun u yaqinlashuvchi bo‘ladi. Unda, taqqoslash alomatiga ko‘ra, qator yaqinlashuvchi ekanligini ko‘ramiz. Bu qatorga chekli sondagi u1, u2, ∙ ∙ ∙ , uN–1 hadlarni qo‘shish orqali berilgan sonli qator yaqinlashuvchi ekanligini ko‘ramiz.
Endi d>1 holni qaraymiz. Bu holda ε>0 sonini shunday tanlaymizki, d– ε>1 bo‘lsin. Bu holda, yuqoridagi (4) tengsizlikka asosan, barcha nN uchun

natijani olamiz. Bu yerdan ko‘rinadiki, barcha nN uchun qator hadlari un o‘suvchi va shu sababli bo‘ladi. Demak, sonli qator uzoqlashuvchi, chunki uning uchun qator yaqinlashuvining zaruriy sharti bajarilmaydi.


Izohlar: 1. Agar d=1 bo‘lsa, qator yaqinlashuvchi ham, uzoqlashuvchi ham bo‘lishi mumkin va shu sababli bu holda boshqa alomatlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
2. Agar bo‘lsa , qator uzoqlashuvchi bo‘ladi .
Misol sifatida
1) , 2) , 3) , 4)
musbat hadli sonli qatorlarni Dalamber alomati yordamida tekshiramiz.
1) .
Demak, bu qator uchun 1/3= d <1 va shu sababli qator yaqinlashuvchidir.
2) .
Demak, bu qator uzoqlashuvchi ekan.
3) .
Bu yerda d=1 bo‘lgani uchun Dalamber alomati orqali bu qator yaqinlashuvi yoki uzoqlashuvi haqida xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Ammo bu garmonik qator bo‘lgani uchun u uzoqlashuvchi bo‘ladi.
4) .
Bu yerda ham d=1 bo‘lgani uchun Dalamber alomati yordamida bu qator haqida xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Ammo oldin (§1, (3) misolga qarang) bu qator yaqinlashuvchi va uning yig‘indisi S=1 ekanligi ko‘rsatilgan edi.


    1. Koshi alomati. Musbat hadli sonli qatorlarning yaqinlashuvini aniqlashga yordam beradigan yana bir alomat bilan tanishamiz.


4-TEOREMA (Koshi alomati): Berilgan musbat hadli sonli qator uchun
(5)
limit mavjud bo‘lsin. Bu holda k<1 bo‘lganda qator yaqinlashuvchi, k>1 bo‘lganda esa uzoqlashuvchi bo‘ladi.
Bu teoremaning isboti ham Dalamber alomati isbotiga o‘xshash va shu sababli uni o‘quvchiga mustaqil ish sifatida qoldiramiz.

Yüklə 99,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə