Tasvirlash usullaridan foydalanish


Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix10.09.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#121595
1   2   3   4   5   6
231-236 (1)

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
15-to’plam fevral 2023 
 
232 
bo’ladi. Masalan, Zafar Diyorning «Bahor keldi» she’rini o’qishdan oldinroq 
tabiatni kuzatish, boqqa, qir-adirlarga ekskursiya o’tkazish maqsadga muvofiq.Lirik 
she’rni ham, she’riy hikoyani ham o’quvchilar hayajon bilan yaxlit idrok etishlariga 
erishish muhimdir. O’qituvchi she’rni shunday ifodali o’qishi kerakki, bolalar uning 
asosiy mazmunini anglasinlar, ularga jonli so’z kuchliroq ta’sir etsin. Epik asar 
matni ustida ishlashda o’quvchi matnning berilgan vazifaga mos qismini o’qiydi. 
Vazifa asarning faktik mazmunini oydinlashtirish, sabab -natija bog’lanishim 
belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o’qilgan matnga o’z shaxsiy munosabatini 
ifodalashdan iborat bo’lishi mumkin. 4-sinfda “Tabiatdagi o’zgarishlar berilgan 
qismlarini topib o’qing (Oltin kuz)”, “Taqachining nasihati”ni o’qing. Tanlab o’qish 
matn ustida ishlashning eng samarali usulidir. U o’quvchilarda yaxshi o’qish 
sifatlarini o’stirish bilan ularning ijodiy tasavvurini, nutqi va zehnini o’stirishga 
yordam beradi. Berilgan savolga o’z so’zi bilan javob berish. Mashqning bu turi 
o’quvchilarda o’qilganlar yuzasidan muhokama yuritish ko’nikmasini o’stirishga, 
qatnashuvchi shaxslarni baholashga muallif tasvirlagan hayotiy lavhalar bilan asar 
g’oyasi o’rtasidagi bog’lanishni aniqlashga imkon beradi. Ishning bu turida 
beriladigan savollar ma’lum maqsadga yo’naltirilgan va muayyan izchillikda 
bo’lishi kerak. Shu bilan bir qatorda o’quvchilarning mustaqil fikrlashga o’rgatilishi 
lozim. Boshlang’ich sinf darsliklarida savollarga javob berish ish turiga katta o’rin 
berilgan. O’qituvchining vazifasi ana shu savollardan unumli foydalanish va ijodiy 
xarakterdagi savollarni ko ’proq berishi talab etiladi. 4-sinfda “Qodir bilan Sobir” 
matni yuzasidan o’quvchilarni o’z fikrini aytishga undovchi Sobir o’qishdan 
kechikish sababini ochiq aytib to’g’ri qildimi? Uning o’rnida siz bo’lganingizda 
nima qilardingiz? kabi savollar o’quvchil arning fikrlash qobiliyatlarini, og’zaki 
nutqlarini o’stiradi va matnni yaxshi o’zlashtirishlariga olib keladi. O’quvchilarni 
savol berishga o’rgatish. Metodistlarning fikricha, to’g’ri berilgan savolda yarim 
javob tayyor bo’ladi. O’quvchilar matnni ongli o’zlashtira olsalargina, u yuzasidan 
savol bera oladilar. O’quvchilarni savol berishni o’rgatishni 2-sinfdan boshlash 



Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə