Tasvirlash usullaridan foydalanish


Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix10.09.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#121595
1   2   3   4   5   6
231-236 (1)

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
15-to’plam fevral 2023 
 
233 
maqsadga muvofiqdir. O’quvchilar albatta savolni matn mazmuni bilan bog’liq 
holda tuzishdan o’rganadilar. Keyinchalik muhokama va ijodiy savollar berishni 
ham o’zlashtirib oladilar. Matnni tasvirlash. Matnni 2 xil tasvirlash mumkin: 1) so’z 
bilan tasvirlash; 2) grafik tasvirlash. So’z bilan tasvirlash o’ziga xos murakkab ish 
turi bo’lib, unda manzarani so’z yordamida aniq qayta tiklash talab etiladi. Bunda 
so’zlarni aniq tanlashga e’tibor qaratiladi. Turli tabiat manzaralarini, qatnashuvchi 
kishilarning tashqi ko’rinishini, voqea sodir bo’lgan joylarni tasvirlash topshiriq 
qilib berilishi mumkin. Matnni tasvirlashni darslikda berilgan rasmni matndagi shu 
rasmga mos qismini taqqoslab tasvirlashdan boshlash kerak. Grafik tasvirlash 
ko’proq uyda bajariladi. Buning uchun o’quvchilar tasvirlanadigan matn qismini 
ajratadilar, uni diqqat bilan o’qib chiqadilar, mazmunini o’zlashtiradilar va unga 
mos rasm chizadilar. Asar rejasini tuzish. Reja matn mazmunini ongli va chuqur 
tushunishga, asosiy fikrni ajratishda, voqealarning izchilligini belgilashda, matn 
qismlarining o’zaro bog’lanishini tushunishda o’quvchilarga yordam beradi. Reja 
ustida ishlash o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stiradi. Ular matnni mazmunan 
tugallangan qismlarga bo’lishga va har bir qismning asosini topishga o’rganadilar.
Shunindek, o'quvchilar she'r matnini mustaqii o'qiyotganlarida xattaxtaga ma'nosi 
izohlanadigan so'zlar yozib qo'yiladi. Masalan, „Qish to'zg'itar momiq par" she'ri 
o'rganilganda „to'zg'itar", „momiq par", „oq namat", „nazdimda", „zarra" so'zlari 
izohlanadi. Shundan so'ng, she'r o'quvchilarga navbat bilan o'qittiriladi, uning 
mazmuni yuzasidan savollar asosida suhbat o'tkaziladi. Bunda quyidagieha savollar 
berilishi mumkin: „She'rda qaysi fasl tasvirlangan ekan?", „Shoir qor yoqqan 
joylarni nimaga o'xshatadi?", „She'rda qor yog'ishi nimaga qiyoslan-gan?", „Shoir 
qorga qanday murojaat qiladi?". O'qituvchi berilgan javoblarni toidirib
o'quvchilarning qish fasliga doir tushunchalarini boyitadi. Qolaversa reja tuzishga 
tayyorgarlik ishlari savod o’rgatish davridayoq boshlanadi. Tayyorgarlik 
mashqining eng oddiy turi berilgan sarlavhalardan kichik matn mazmuniga mosini 
topib qo’yish hisoblanadi. Bunday mashqqa o’rgatishda o’qituvchi sarlavha asosiy 



Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə