Tasvirlash usullaridan foydalanish


Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix10.09.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#121595
1   2   3   4   5   6
231-236 (1)

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
15-to’plam fevral 2023 
 
234 
fikrni ifodalashini ta’kidlaydi, bolalar topgan sarlavhani tahlil qilib, u yoki bu 
saralavha nima uuchun mos yoki mos emasligini tushuntiradi. Reja tuzishga 
tayorgarlik ishining 2-turi o’qituvchi rahbarligida tanlab o’qish hisoblanadi, bolalar 
matndan o’qituvchi bergan savolga javob bo’ladigan o’rinni topib o’qiydilar. Reja 
tuzish osondan qiyinga tamoyili asosida asta murakkablashtirilib muayyan 
izchillikda o’tkazib boriladi. 1-sinf o’quvchilari o’qilgan kichik matnga o’qituvchi 
rahbarligida so’roq gap tarzida sarlavha tanlash, 2-sinfda kichik maqolaning rejasini 
o’qituvchi rahbarligida so’roq yoki darak gap tarzida tuzish, 3- sinfda o’qilgan matn 
rejasini jamoa bo’lib tuzish, 4-sinfda mustaqil reja tuza olishlari kerak. Rejaning eng 
oddiy formasi rasmli reja hisoblanadi. Buning uchun avval bolalar kitobda berilgan 
rasmlardan matn qismiga mosini tanlashga va uni nomlashga o’rgatiladi; keyin matn 
qismiga tayyor rasm berilmaydi, uni bolalarning o’zlari so’z bilan tasvirlaydilar; 
hikoya o’qiladi va qismlari bo’yicha tahlil qilinadi, so’ng o’quvchilar matnning 1-
qismini o’qiydilar, o’qituvchi ulardan qanday rasm chizishni so’raydi, ish mana shu 
tarzda davom etadi. O’quvchilar rasmli reja tuzishdan logik reja tuzishga o’tadilar, 
logik reja tuzish quyidagi izchillikda o’rgatiladi: l.O’qituvchi qismlarga bo’lingan 
matn tanlab reja tuzadi va matn rejasini o’rnini almashtirib, sarlavha tarzida 
xattaxtaning chap tomoniga yozib qo’yadi. O’quvchilar matnning 1-qismini 
o’qiydilar, shu qism mazmuniga mos sarlavhani topadilar, uni o’qituvchi 
xattaxtaning o’ng tomoniga yozadi, shunday qilib, xattaxtada o’qilgan matnning 
rejasi hosil bo’ladi. Matn qismlarini tahlil qilish jarayonida o’quvchilar o’qituvchi 
rahbarligida har bir qismdagi asosiy qismni aniqlaydilar va unga sarlavha topadilar
o’qituvchi sarlavhalarni reja tarzida xattaxtaga yozib boradi. Qismlarga bo’linmagan 
matn tanlanadi, sarlavhalar matn rejasi tartibida xattaxtaga yoziladi. O’quvchilarga 
berilgan sarlavhalardan foydalanib, matnni qismlarga bo’lish topshiriladi. Ular 
matnni o’qiydilar, 1 -sarlavhaga tegishli qismni ajratadilar, keyingi qism ham 
shunday belgilanadi. Qismlarga bo’linmagan matn tanlanadi, sarlavhalar aralash 
tarzda xattaxtaga yoziladi. O’quvchilarga yuqori qismlarga bo’lish topshiriladi. 



Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə