Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 456 Kb.
səhifə2/6
tarix17.02.2023
ölçüsü456 Kb.
#101003
1   2   3   4   5   6
floristik

Floristik oblastlar.
  • Yer sharida oltita floristik oblast: gollarktik, poleotropik, neotropik, Avstraliya, Kap va Antarktida oblastlari ajratiladi. Golarktik oblast territoriyasi jihatdan eng katta floristik oblast bo’lib, Yer shari quruqliklarini yarmidan ko’p qismini o’z ichiga oladi. hozirgi vaqtda golarktik oblasti uchun endemik bo’lib hisoblangan oilalardan toldoshlar, qayindoshlar, ayiqtovondoshlar, sho’radoshlar, karamdoshlar, qiyoqdoshlar, murakkabguldoshlar, (astradoshlar, gazakutdoshlar, navruzguldoshlar) kabi oilalar va boshoqlilar oilasinig bir necha vakillarini ko’rsatish mumkin. Golarktik floristik oblasti qo’yidagi podoblastlarga: Arktika, Yevropa-Sibir, Xitoy-Yapon, O’rta yer dengizi, Makaroneziya, Yevroziyo dashti, Osiyo cho’li, Shimoliy Afrika-hind, Shimoliy Amerika preriyasi, Shimoliy Amerika-Atlantik va ShimoliyAmerika-Tinch okeani podoblastlariga bo’linadi.
  • Arktika podoblasti. Bu podoblastga shimoliy yarim sharning Arktik sohro va tundra zonalari territoriyasi kiradi. Arktik podoblasti asosan moxlar, lishayniklar, butalar va ko’p yillik o’tlardan tashkil topgan. Bu yerda arktofila, fippsiya, yaskolka, lolaqizg’aldoq, g’ozpanja, dyuponsiya, astragal, pedikuloris, toshyorar, erbaho, brusnika, chernika vodyanika, morojko, golubika, smolevka, qo’ng’irbosh va boshqalar xarakterli o’simlik hisoblanadi.
  • Yevropa-Sibir podoblasti. Bu podoblasti shimoliy chegarasi Yevrosiyo o’rmonlarinig shimoliy qismida (Kola yarim oroli, Oq dengizidan, Yenisey, Xatanga va Kolema daryosi), janubiy chegarasi esa, Ural tog’i va G’arbiy Sibir tekisligi va Sharqiy Sibirning qayin, qarag’ay va daur tillog’ochi o’sadigan janubiy chegaralari orqali o’tadi. Shunday qilib bu podoblast Atlantikadan to Tinch okeanigacha cho’zilgan bo’lib kengligi to 1000 km-gacha bo’lgan polasani o’z ichiga oladi. Yevropa-Sibir podoblasti uchun xos bo’lgan o’simliklar fin yeli (skandinaviya uchun endimik), oddiy yel (Kola yarim oroli uchun endemik) Sibir yeli (Oq dengizdan Uzoq Sharqgacha ), pixta, tilag’och,sibir qarag’ayi, ayan yeli ( Uzoq Sharq uchun xos), chetan, cheryomuxa, bux, grab, dub, zarang, lipa, tog’terak va boshqalardan iborat. Yuqorida ko’rsatilgan katta maydonda uchraydigan keng bargli, nina bargli va aralash o’rmonlarning kelib chiqishi tarixi bir bo’lib, ular bareal o’rta yevropa va atlantik flora elementlaridan tashkil topgan.
  • Xitoy-Yapon podoblasti. Bu podoblast golarktika oblastini eng qadimiy podoblasti bo’lib 20000 dan ortiq o’simlik turiga ega. Podoblast territoriyasida bo’r davridan buyon muzlik qoplami sodir bo’lmaganligi tufayli uchlamchi davr rilekt florasi saqlanib qolgan. Xitoy terretoriyasida daur tillog’ochi, koreya kedri, manjuriya va ussuriya qarag’ayi, mug’il dubi, zarang, shumtol, lipa (arg’uvon), grab, baxmal daraxti, daur qayini, gledichiya, tut daraxti, katalpa, pavlovniya, sassix daraxt, siren, uchqat, doim yashil dub, kamfor daraxti, bambuk, atirgul va palma kabi turkum vakillari ko’p uchraydi.
  • Yapon orollari Osiyodan uzoq vaqtdan buyon ajralganligi tufayli uning florasida endemik o’simliklar turini hosil bo’lishiga sabab bo’lgan. Bahor va yoz fasllarida Yapon orollarida olvoli, olxo’ri, yulisiniya, navro’zgul, qarg’atuyoq, jen-shen, savsargul va liliyalarni (piyozgul) gullashi, kuz va qish faslida esa xrizantemalar va kammeliyalarning gullab turishi uning manzarasini bezab turadi.
  • Yaponiyaning janubida tropik fikuslar, palmalar, sagovniklar, magnoliyalar, yapon zaranglari, yong’oq daraxtlari, kashtan va podokarpuslar o’sadi. O’rta Yaponiyada Uzoq Sharq uchun xos bo’lgan dublar, buklar, jo’kalar, kashtanlar, grablar, qayinlar va sofolar (tuxumaklar) o’rmonlar hosil qiladi.
  • Yaponiyaning shimoliy qismida kriptomeriya, ginkgo, podakarpus, tiss, savr, tuya, qarag’ay, tilog’och, oqqarag’ay, qoraqarag’ay va archa kabi ochiq urug’li o’simliklar keng tarqalgan.
  • O’rta yer dengizi podoblasti. Bu podoblast Yevropaning janubiy qismini, Afrikaning shimoliy O’rta yer dengiz bo’yi qismini, Kichik Osiyoni O’rta yer dengiz qirg’oq bo’yini va Qora dengiz qirg’oq bo’yi qismini o’z ichiga oladi. Podoblastni Shimoliy qismini florasiga to’rtlamchi davr iqlim sharoitini o’zgarishi ta’sir ko’rsatgan. Podoblast florasini 60% endemik turlardan iborat.
  • Hozirgi vaqtda O’rta yer dengizi podoblastida chinor, lavr, zaytun, dub, anjir, samshid, alleit qarag’ayi, iglisa va paparotniklardan, tashkil topgan doim yashil butalar va daraxtlar o’sib, O’rta yer dengizi flora elementini tashkil qiladi.
  • Bulardan tashqari bu podoblastda mo’tadil - Yevropa floralaridan qoraqarag’ay, oqqarag’ay, tillog’och, qayin, buk, dub, qayrag’och, shumtol va zarang daraxtlari o’sadi.
  • O’rta yer dengizi podoblastini sharqiy qismini iqlimi g’arbiy qismini iqlimiga nisbatan qurg’oqchildir. Shuning uchun qurg’oqchil qismini dasht florasi elementlari: astragal, shuvoq, chalov va dasht piyozi kabi o’tloq o’simliklar o’sadi. Florasini tarkibiga ko’ra Sahroi Kabir, Eron, O’rta Osiyo, Mo’g’iliston va Markaziy Osiyo florasi bilan umumiylikka ega.
  • O’rta yer dengizi podoblasti ko’p o’simliklarni ya’ni bug’doy, suli, no’xat, zig’ir, kanop, karam, sabzi, turp, shaftoli, zaytun, tut, bodom, yong’oq, lavr, kashtan, mirta, tiss va boshqa o’simliklarni vatani hisoblanadi (Misr, Old Osiyo, Zakavkazye). Bu yerda ko’p uchraydigan sitrus o’simliklar (limon, aplesin, mandarin), kriptomeriya tokva atirgul Amerika va Xitoy- Yaponiyadan keltirilgan.
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə