Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 456 Kb.
səhifə3/6
tarix17.02.2023
ölçüsü456 Kb.
#101003
1   2   3   4   5   6
floristik

Makoroneziya podoblasti.
  • Bu podoblastga Zelenыy mыs orollari, Kanar va Azor orollari kiradi. Uning florasi asosan paleotropik, O’rta yer dengizi va bareal- Yevropa elementlaridan tashkil topgan bo’lib, endem turlarga ham boydir. Uchlamchi davrda bu yerga O’rta yer dengizi atrofidan lavrlar, palmalar, padublar va zemlyanika daraxti, Afrikadan sutlama (molochay) va molodilo kabi o’simliklar tarqala boshlagan.
    • Endemik o’simliklardan drakon daraxti, kanar qarag’ayi va daraxtsimon veresklar o’sadi. Tog’ yonbag’irlarida 700-1600 m balandlikda lavr o’rmonlarida o’sadi. Ular muzlik davrigacha bo’lgan miosen davridagi qiyofasini saqlab qolgan. Makoroneziyada madaniy o’simliklardan shakarqamish, banan, ananas, kofe daraxti, choy, tok, tamaki va makkajuhori keng tarqalgan.
    • Yevrosiyo dasht podoblasti.
    • Bu podoblast Vengriya territoriyasidagi dashtlardan tortib O’rta Yevrosiyo orqali Oltoygacha va Mo’g’iliston orqali Shimoliy Xitoygacha davom etadi. Migrasion nazariya tarafdorlarini fikriga ko’ra hozirgi Karpat tog’i Bolqon tog’lari, hamda Kavkaz va O’rta Osiyo tog’lardagi tog’ dashtlari muzlik davrigacha ham mavjud bo’lgan. Muzlik davridan keyin shu yerlardan G’arbiy Yevropa dasht o’simliklari tarqalgan.
    • Dasht florasining eng xarakterli vakillari chalov, betaga, keleriya, qo’ng’irbosh, otqunoq (timofeyevka), astragal, yovvoi beda, chobres, qo’ziquloq, sigirquyruq, veronika va boshqalardan iborat.
    • Osiyo cho’li podoblasti.
    • Bu podoblast Kichik Osiyo, Sharqiy Kavkaz, Eron, Afg’oniston, O’rta Osiyo va Markaziy Osiyoni o’z ichiga oladi. Mezozoy erasining oxirida bu territoriya Tetis dengizi tagidan ozod bo’ladi. Osiyo cho’li podoblastida anordoshlar, qovundoshlar, rezidadoshlar oilalarining vakillari, hamda kovrak, qarag’an, qandim, kurchavka, saksavul, (jirqanoq), qizilcha (efedra) kabi turkumlarni vakillari uchraydi.
    • Shimoliy Afrika-Hind podoblasti.
    • Bu podoblastga Sahroi Kabir, Liviya cho’li, Arabiston yarim oroli cho’li va Hindistondagi Tar cho’li kiradi. Bu podoblast Gollarktik oblasti bilan Paleotropik oblasti o’rtasidagi oraliq podoblast hisoblanadi. Uning qumli maydonlarida selin, sutlama, isiriq, kovul, chalov va shuvoqdan iborat bo’lgan ko’p yillik va bir yillik o’simliklar o’sadi. Vohalarda esa finik palmasi, terik va fikus daraxtlari o’sadi. Podoblastda endem o’simliklardan tashqari Old Osiyo va O’rta yer dengizida o’sadigan vakillar: yantoq, qandim va yulg’un o’sadi.
    • Preriya podoblasti.
    • Bu podoblast Shimoliy Amerikaning markaziy qismidagi preriyalarni o’z ichiga oladi. Preriyalar Meksika qo’ltig’i bilan Gudzon qo’ltig’ini birlashtirib turgan dengizni bo’r davrini oxirida chekinishi natijasida hosil bo’lgan quruqlikda asta-sekin tashkil topgan. Preriyada o’sadigan asosiy o’simliklar borodach (chayir), chalov, bug’doyiq, keleriya, astra, flosk, yovvoi kungaboqar, buyval o’ti, bizon o’ti, shuvoqlar, sho’raklar, agavalar va kaktuslardan iborat.
    1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə