Yapon boshqarish tizimi



Yüklə 85,3 Kb.
səhifə1/5
tarix17.03.2023
ölçüsü85,3 Kb.
#102744
  1   2   3   4   5
Yapon boshqarish tizimi


Menejmentning yapon modeli
Kirish
Reja:

  1. “Yapon boshqarish tizimi” va uning shakllanishi.

  2. Menejment yapon modelining tuzilishi va uning Amerika modelidan farqli jihatlari.

  3. Korxona va tashkilotlarda xodimlarni samarali boshqarishda Yaponiya tajribasi.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Bugungi kunda barchamiz uchun dunyoning rivojlangan mamlakatlarida boshqaruvning tashkil etilishi masalalari juda katta qiziqish uyg’otishi tabiiy bir hol. Chunki jahon bozorida raqobatbardosh va innovatsion ahamiyatga ega bo’lgan sifatli mahsulot va xizmatlarni yaratishda rivojlangan mamlakatlar va ulardagi kompaniyalarning hissasi kattadir. Bunday mahsulot va xizmatlarning yaratilishi, ularning keng iste’molchilar doirasiga kirib borishi, shuningdek, o’zining tezkor va sifatli qarorlari bilan nafaqat xodimlari, balki mijozlari orasida ham yetakchi mavqe egallab borayotgan xalqaro va global kompaniyalarning hissasi kattadir. Bunday mahsulot va xizmatlarning yaratilishi, ularning keng iste’molchilar doirasiga kirib borishi, shuningdek, o’zining tezkor va sifatli qarorlari bilan nafaqat xodimlari, balki mijozlari orasida ham yetakchi mavqe egallab borayotgan xalqaro va global kompaniyalarning rivojlanib borishiga eng muhim va bebaho hisoblangan inson kapitalining ishtiroki bilan erishilmoqda.
Yaponiya menejmenti ham, boshqa har qanday mamlakatdagi kabi o’zining tarixiy xususiyatlari, madaniyati, jamiyat psixologiyasi va boshqa ko’plab o’ziga xos xususiyatlarni aks ettiradi. U boshqa menejment modellari singari mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi bilan bevosita bog’liq. Shuni ta’kidlash joizki, boshqaruvning yaponcha usullari yevropacha va amerikacha usullardan ancha farqlanadi. Bunda yaponlar amerikaliklar va g’arbiy yevropaliklarga qaraganda ancha samarali boshqaruv modeliga ega degan fikrdan imkon qadar uzoq turish kerak. Yana ham aniqroq aytadigan bo’lsak, yapon menejmenti bilan Amerika va Yevropa menejmenti modellari o’rtasidagi asosiy farqning kuzatilishiga ularning madaniyat, tarix va ma’naviyat masalalariga o’ziga xos yondashuvlarga ega ekanliklarining natijasi sifatida qarash mumkin.
Yapon boshqarish tizimi” va uning shakllanishi
Xorijda boshqarish bo’yicha yapon tajribasi sanoati rivojlangan barcha mamlakatlarda o’rganilmoqda. 1945-yildan so’ng qisqa davrda yapon boshqaruvchilarining katta yutuqlari ko’pchilikning diqqatini o’ziga qaratdi. Bu davrda yaponlar an’anaviy boshqarishning tashkiliy tizimini tubdan o’zgartirdilar: unga ular maqsadga muvofiq Amerika menejmenti ekspertlarini kiritdilar.
Yapon menejmenti madaniyat, tarix va ma’naviyat masalalarida o’ziga xos yondashuvlarga ega.
Yapon biznesi bayroqdorlaridan biri Konosuke Matsusitining ijodiy izlanishlari uning o’ziga xos bo’lgan “Yapon boshqarish tizimi” ni yaratishi bilan tugadi. U shunday degan edi:”Hozirgi tadbirkorlik tashkilotlari ijtimoiy hayotni qo’llab-quvvatlashda muhim rolni bajarmoqda. Oziq-ovqat, kiyim-bosh, uy-joy sharoitlari taqsimot natijasida hammaga yetarli bo’lmoqda. Bu ijtimoiy maqsadlarga erishish uchun har bir korxona taraqqiyot va ishga qobiliyatli holatini saqlashi lozim. Biz boshqarish deb ataydigan faoliyat to’la safarbarlikni talab qiladi, bunda insoniy tajriba va intellekt mujassamlashgan. O’zini boshqarishga bag’ishlagan odam juda hurmatli bo’lib to’la safarbarlik va o’z hayotini qurbon qilishgacha tayyorlikni talab qiluvchi mas’uliyatli lavozimni egallaydi”.

XX asrning 30-60-yillarida Amerika menejment modeli yapon menejmenti uchun namuna bo’lib kelgan bo’lsa, 70-yillardan tortib 90-yillarning oxirigacha buning aksi bo’lib keldi. Hozirgi kunda zamonaviy axborot kommunikatsiya tarmoqlari va innovatsion xizmatlarning keng miqyosda tarqalayotganligi ikkala modelning o’zaro yaqinlashuviga sabab bo’lmoqda.
Menejment bo’yicha yapon mutaxasisi Xidoki Yosihara fikricha, Yaponiya menejmenti modeli quyidagi o’ziga xos xususiyatlar bilan farqlanadi:

  • Bandlikning kafolatchanligi va ishonchlilik holatini yaratish;

Bu kafolatlar mehnat resurslarining barqarorligiga olib keladi. Bandlik kafolati Yaponiyada umrbod ishlash sistemasini ta’minlaydi.

Axborotlarni jamlash va ularni sistematik tarzda ishlab chiqarishga joriy qilish, ish jarayonini, ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi.

  • Sifatga mo’ljallangan boshqaruv.

Mahsulot sifatini yaxshilashda zarur va muhim omillardan biri sifat to’garaklari faoliyatidir. U ishchilar, muhandislar va xizmatchilardan tashkil topgan ixtiyoriy jamoa yig’ilmalaridir.



Yüklə 85,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə