Tabiiy fanlar fakulteti


Shimoliy Amerika-Atlantik podoblasti



Yüklə 456 Kb.
səhifə4/6
tarix17.02.2023
ölçüsü456 Kb.
#101003
1   2   3   4   5   6
floristik

Shimoliy Amerika-Atlantik podoblasti.
  • Bu podoblast Preriyalardan sharqda va shimol tomonda to Atlantika okeani qirg’oqigacha va Gudzon qo’ltig’i kengligigacha bo’lgan territoriyani o’z ichiga oladi. Bu podoblastda daraxtlardan magnoliya, doim yashil va yozda yashil dublar, g’arbiy chinorlar, lola daraxti, shakar zarangi, tut daraxti, shumtol, arg’uvon (lipa), likvidambar, yong’oq daraxti, oq akasiya, baxmal daraxti, rododendron, hamda yovvoi tok va ilonchirmoviq va smilaks keng tarqalgan. Apalachi tog’larini shimolida uchlamchi davr o’rmonlaridan zarang, buk, dub, shumtol va qayin o’sadi. Janubiy qismida esa tropik flora elementlari bo’lgan yelpig’ichsimon palma, yukka, bambuk, sarvi va daraxtsimon brusnikalar o’sadi.
    • Shimoliy Amerika Tinch Okean podoblasti.
    • Bu podoblast Tinch okeani qirg’oqida boshlab to preriyagacha bo’lgan territoriyani o’z ichiga oladi. Tinch okeani qirg’oqlariga yaqin joylarda o’sadigan o’simliklar, O’rta yer dengizi atrofidagi subtropik o’simliklarga ancha o’xshash sharoitda o’sadi. Bu yerda o’sadigan daraxt o’simliklari asosan tuya, duglas pixtasi, sitxin yeli, engelman yeli, tiss, kichik bargli yoki ignasimon bargli dub va kaliforniya lipasi o’sadi. Buta o’simliklardan Chapparel deb ataladigan itjumrut, toloknyanka va xilma-xil kaktuslar o’sadi.
    • Poleotropik oblast.
    • Bu floristik oblast Afrika va Osiyo materigida joylashgan. Bu yerdagi endemik o’simliklarga dipterokarpadoshlar, nepentesdoshlar, pandanusdoshlar, rafleziyadoshlar, sapindadoshlar va lavrdoshlar oilalari kiradi.
    • Paleotropik oblasti beshta podoblastga: Hindo-Afrika, Maleziya, Yangi Zelandiya, Gavaya va Madagaskar podoblastlariga bo’linadi.
    • Hindo-Afrika podoblasti.
    • Bu podoblast Afrikada Sahroi Kabirni janubi chegarasidan to Aranjevaya daryosigacha bo’lgan territoriyani, Arabiston yarim orolini janubiy qismini va Hindiston yarim orolini o’z ichiga oladi. Uning shimoliy chegarasi Himolay tog’lari orqali o’tadi.
    • Bo’r va uchlamchi davrlardan boshlab Kongoda va Gveniyada turlarga boy tropik flora vujudga keladi. Ular 13000 turdan ortiq bo’lib, asosan tutdoshlar, dukakdoshlar, palmadoshlar, anonadoshlar, sterkulyardoshlar va pandanusdoshlar oilasidan iboratdir.
    • Uchlamchi davrda Sharqiy Afrika va Arabiston territoriyasida iqlim qurg’oqlana borib, doim yashil gileya o’rmonlarini bargini to’kuvchi o’rmonlar bilan almashinishiga olib kelgan. Keyinchalik esa o’rmonlar siyraklasha borib savanna o’rmonlari bilan va savannalar bilan almashingan. Hindiston territoriyasida ham xuddi shu vaqtda shunday o’zgarishlar sodir bo’lib, uchlamchi davr nam tropik flora bareal flora bilan almashinib boradi. Bu hodisa tog’larda ninabargli tog’ o’rmonlari va alp o’tloqlarining tarkib topishga olib kelgan.
    • Hindo-Afrika podoblasti uchun xarakterli bo’lgan hozirgi o’simliklar rafi palmasi, moyli palma, liviya, kofe daraxti, banan, bambuk, chalov, papirus, qamish, baobab, akasiya, sutlama, kaktus va boshqa o’simliklardan iborat.
    1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə