Tabiat bilan tanishtirish fanidan o'quv-uslubiy majmuа


Talabaning amaliy mashg’ulotlarni o’zlashtirish darajasi quyidagi mezon asosida aniqlanadi



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə40/42
tarix29.11.2023
ölçüsü9,27 Mb.
#139830
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
portal.guldu.uz-TABIAT BILAN TANISHTIRISH

Talabaning amaliy mashg’ulotlarni o’zlashtirish darajasi quyidagi mezon asosida aniqlanadi.

Baholash mezonlari

5 baholik shkala

100 ballik shkala

Yetarli nazariy bilimga ega. Topshiriqlarni mustaqil yechgan. Berilgan savollarga to’liq javob beradi. Masalaning mohiyatiga to’liq tushunadi. Auditoriyada faol. O‘quv tartib intizomiga to’liq rioya qiladi. Topshiriqlarni namunali rasmiylashtirgan.

«5»

“A’lo”
90 - 100%

Yetarli nazariy bilimga ega. Topshiriqlarni yechgan. Berilgan savollarga yetarli javob beradi. Masalaning mohiyatini tushunadi. O‘quv tartib intizomiga to’liq rioya qiladi.

«4»

“Yaxshi”
70 - 89,9%

Topshiriqlarni yechishga harakat qiladi. Berilgan savollarga javob berishga harakat qiladi. Masalaning mohiyatini chala tushungan. O‘quv tartib intizomiga rioya qiladi.

«3»

“Qoniqarli”
60 - 69,9%

Talaba amaliy mashg’ulot darsi mavzusiga nazariy tayyorlanib kelmasa, mavzu bo’yicha masala, misol va savollariga javob bera olmasa, darsga sust qatnashsa bilim darajasi qoniqarsiz baholanadi

«2»

“Qoniqarsiz”
0 - 59,9%

ON ni baholash
Oraliq nazorat “Tabiat bilan tanishtirish” fanining bir necha mavzularini qamrab olgan bo’limi bo’yicha yozma yoki test ravishda amalga oshiriladi. Bundan maqsad talabalarning tegishli savollarni bilishi yoki muammolarni echish ko’nikmalari va bilim malakalari aniqlanadi.
Oraliq nazorat turini o’tkazish va mazkur nazorat turi bo’yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo’yicha o‘quv mashg’ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo’yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Talaba nazorat turi o’tkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan hollarda jurnalga «0» belgisi yozib qo’yiladi.
Oraliq nazorat turi har bir fan bo’yicha fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 2 martagacha o’tkazilishi mumkin. Oraliq nazorat turini o’tkazish shakli va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi.
Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda, uning o‘quv mashg’ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi.
O‘quv yilining kuzgi hamda bahorgi semestrida 2 ta yozma ish va 2 ta mustaqil ish rejalashtirilgan bo’lib, yozma ish 5 baholik shkalada baholanadi.
Oraliq baholash (OB) “Tabiat bilan tanishtirish” fanining bir necha mavzularini qamrab olgan bo’limi bo’yicha, tegishli nazariy, amaliy va labaratoriya mashg’ulotlari o’tib bo’lingandan so’ng yozma ish shaklida amalga oshiriladi. Bundan maqsad talabalarning tegishli savollarni bilishi yoki muammolarni yechish ko’nikmalari va malakalari aniqlanadi. O‘quv yilining 4-semestrida 2 ta yozma ish va 5 ta mustaqil ish rejalashtirilgan bo’lib, yozma ishga o’rtacha 5 ball, mustaqil ishga ham o’rtacha 5 ball ajratilgan. 5-semestrida 2 ta yozma ish va 5 ta mustaqil ish rejalashtirilgan bo’lib, yozma ishga o’rtacha 5 ball, mustaqil ishga ham o’rtacha 5 ball ajratilgan. OB nazorat ishlari yozma ish shaklda o’tkazilishi nazarda tutilgan, yozma ish savollari ishchi o‘quv dastur asosida tayyorlanadi. OB ga ajratilgan balldan “2” va undan past ball to’plagan talaba o’zlashtirmagan hisoblanadi. OB ni o’zlashtirmagan talabalarga qayta topshirish imkoniyati beriladi.

Yüklə 9,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə