O‘lchashning sifat mezonlari. Sifat mezoniga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 20,65 Kb.
səhifə1/7
tarix15.05.2022
ölçüsü20,65 Kb.
#87066
  1   2   3   4   5   6   7
озбет


3-Mavzu. Kattaliklarning o'lchov birliklari.
Kattaliklar. SI – xalqaro birliklar tizimi. O'lchashlarning sifat mezonlari. Metrologiyaning aksiomalari va postulatlari. Kattaliklarning o'lchov birliklarini ifodalash.
O‘lchashning sifat mezonlari. Sifat mezoniga qo‘yiladigan talablar

Har bir narsaning sifati bo‘lgani kabi o‘lchashlarning ham sifati va uning mezonlari mavjud. Bu mezonlar o‘lchashlardagi asosiy tavsiflarni ifodalaydi. Bu mezonlar qatoriga quyidagilar kiritilgan:



Aniqlik - bu mezon o‘lchash natijalarini kattalikning chinakam qiymatiga yaqinliligini ifodalaydi. Miqdor jihatdan aniqlik nisbiy xatolik moduliga teskari tarzda baholanadi. Masalan, agar o‘lchash xatoligi 10-3 bo‘lsa, uning aniqligi 103 bo‘ladi yoki boshqacha aytganda, qanchalik aniqlik yuqori darajada bo‘lsa, shunchalik, o‘lchash natijasidagi muntazam va tasodifiy xatoliklar ulushi kam bo‘ladi.

Ishonchlilik - o‘lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi mezon hisoblanadi. O‘lchash natijalariga nisbatan ishonchlilikni ehtimollar nazariyasi va matematik statistika qonunlari asosida aniqlanadi. Bu esa konkret holat uchun xatoligi berilgan chegaralarda talab etilgan ishonchlilikdagi natijalarni olishni ta’minlovchi o‘lchash usuli va vositalarini tanlash imkonini beradi.

To‘g‘rilik - o‘lchash natijalaridagi muntazam xatoliklarning nolga yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni.


Yüklə 20,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə