Tabiat bilan tanishtirish fanidan o'quv-uslubiy majmuа


Fanni o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar



Yüklə 9,27 Mb.
səhifə35/42
tarix29.11.2023
ölçüsü9,27 Mb.
#139830
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
portal.guldu.uz-TABIAT BILAN TANISHTIRISH

Fanni o‘qitish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
“Tabiat bilan tanishtirish” fani ma’ruza, seminar mashg‘ulotlari shaklida olib boriladi.
Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan:
- ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik, kadoskop texnologiyalaridan;
- o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, ekspress-so‘rovlar, test so‘rovlari, aqliy hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash, kollokvium o‘tkazish va boshqa interaktiv ta’lim usullarini (yechimlar daraxti, ishbilarmon o‘yini, debat va h.k.) qo‘llash nazarda tutiladi


Talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Talaba :
- maktabgacha ta`limda o`qish va savodga tayyorgarlik fani, uning asosiy tushunchalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi nutq rivojini bilish va ulardan foydalana olish;
- maktabgacha ta`limda o`qish va savodga tayyorgarlik fani muammolari bo‘yicha yechimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.


Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
«Tabiat bilan tanishtirish» fani, 4,5-semestrda o‘qitiladi. O‘quv fanini o’zlashtirish Ona tili (o’zbek, rus), Bolalar adabiyoti va adabiyotshunoslik asoslari, pedagogika, psixologiya, umumiy va maktabgacha pedagogika kabi fanlardan egallangan bilim, malaka va ko’nikmalarga tayangan holda amalga oshiriladi.


Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va рedagogik texnologiyalar
“Tabiat bilan tanishtirish” fanini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llashda o‘zlashtirish uchun omil bo‘ladigan zamonaviy axborot texnologiyalarning ahamiyati bakalavr o‘zining fundamental, umumkasbiy va maxsus tayyorgarligiga muvofiq bo‘lishda zarur va muhim axborotni o‘z vaqtida tez olish imkoniyatiga ega bo‘lishi hamda talabada fan mavzusi bo‘yicha keng dunyoqarashni shakllantirishda muhim o‘rin egallaydi.
Jumladan, pedagogik jarayonni jadallashtirish maqsadida axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish samaradorligini oshiruvchi kadoskop, proektor va noutbuk kabi didaktik vositalardan keng foydalaniladi
Konfеrеtsiya, sеminar, didaktik o‘yinlar, muammoli topshiriq usullari hamda multimеdia dasturlari «O‘zbеkistonda maktabgacha ta’lim tizimining o‘qitilishi», «Maktabgacha ta’limda o‘qish va savodga tayyorgarlik jarayonida tarbiyalanuvchilarni har tomonlama tarbiyalash», «Hozirgi zamon maktabgacha ta’limga bo‘lgan asosiy talablar» mavzudagi amaliy mashg‘ulotlarida qo‘llaniladi.




  1. Yüklə 9,27 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə