3-amaliy mashg‘ulot mavzu: Materiallarning mexanik xossalarini aniqlash



Yüklə 330,19 Kb.
səhifə1/2
tarix11.10.2023
ölçüsü330,19 Kb.
#127081
  1   2
3-amaliy mashg\'ulot[1]

3-AMALIY MASHG‘ULOT

Mavzu:Materiallarning mexanik xossalarini aniqlash.


Ishdan maqsad: Ish mavzusi bo‘yicha nazariy materialni o‘rganish, metalllarning standart mexanik tavsiflari va ba’zi foydalanishdagi xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish, individual topshiriq savollariga javob berish.
Ish mavzusi bo'yicha asosiy ma'lumotlar.
Xossa – bu materialni boshqa materiallarga nisbatan son yokisifat tomonidan bir xilligi yoki farq qilish xarakteristkasi.
Mexanik xususiyatlar yuk ostida metallning holatini aniqlaydi. Mexanik xususiyatlarning tasniflari mexanik sinovlar paytida olinadi. Buning uchun ular ushbu materialning namunasiga qandaydir kuch bilan ta’sir qilinadi va materialning reaktsiyasini o'lchanadi. Turli xil tashqi kuchlar ta'sirida metall deformatsiyalanadi va yemiriladi. Ammo yuklanishning miqdori bilan yuklanish sharoitini tavsiflab bo‘lmaydi. Ushbu yuk ko‘ndalang kesimning qanday maydonga ta'sir qilishini bilish muhimdir. Yuklanish tasnifi sifatida kuchning ta’sir qilayotgan maydonning ko‘ndalang kesimiga nisbati olinadi.





3.1-rasm kuchlanish (a); sterjenlarni bir hil yuklanishdagi deformatsiyasi (b)
Har qanday ixtiyoriy olingan maydonga ta'sir etuvchi kuchlanish maydonga perpendikulyar bo‘lgan normal σ va tangensial tashkil qiluvchilarga bo‘lish mumkin mumkin (3.1-rasm, a).
Ko‘ndalang kesimi turlicha bo‘lgan sterjenlarga bir hil R kuch ta’sir qilganda, ko‘ndalang kesimi kichik bo‘lgan sterjen ko‘proq deformatsiyalanadi (3.1 b rasm).
Metallning bardosh bera oladigan kuchlanishi uning asosiy mexanik xususiyati bo‘lib u namunaning o‘lchamlariga bog‘liq emas.
Mustahkamlik - bu metallning tashqi va ichki kuchlar ta'sirida deformatsiya va yemirilishlarga qarshi turish qobiliyati. Davlat standartlari cho‘zilish, siqish, egilish va buralish sinovlarida mustahkamlik tasniflari ko‘zda tutilgan.
Bularning barchasi yuklanishni asta-sekinlik bilan bir tekkis ortishi natijasida aniqlanadi.
Cho‘zish mashinasida sinov o‘tkazish natijasida mustaxkamlikning standart ko‘rsatgichlari bo‘yicha ma’lumot olinadi.



Yüklə 330,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə