Student: Sodiqova Go‘zal Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Dinshunoslik



Yüklə 22,28 Kb.
səhifə5/8
tarix23.12.2023
ölçüsü22,28 Kb.
#154883
1   2   3   4   5   6   7   8
Sodiqova Go‘zal

Dunyoviy, demokratik siyosiy taraqqiyot yo‘lini tanlagan ko‘p konfessiyali O‘zbekiston uchun diniy davlat qurish milliy va diniy nizolarning vujudga kelishiga shart-sharoit yaratishi mumkin. Milliy va diniy tarkibi jihatidan murakkab bo‘lgan mamlakatda faqat millatlararo tenglik va erkinlik munosabatlarigina milliy birlik uchun sharoit yaratadi. Mazkur ijtimoiy holat dinshunoslik faniga ehtiyojni yanada oshiradi. Ushbu ehtiyoj yana bir muhim ijtimoiy hodisa bilan bog‘liq. Ma’lumki, mustaqil iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyot yo‘liga kirgan O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosiga aylandi. Ayni vaqtda u turli diniy mafkuralarga ega davlatlar bilan hamkorlik qilmoqda. Bunday sharoitda nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan, balki har bir fuqarodan jahon dinlari, turli diniy oqim va mazhablar haqida ilmiy tasavvur va tushunchaga ega bo‘lish talab qilinadi. O‘zbekiston hududida, yuqorida eslatib o‘tilganidek, ko‘plab diniy konfessiyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Dinshunoslik fani diniy konfessiyalar, ularning tarixiy ildizlari, vatani, hozirgi holati va mavqei haqida ham bilim beradi. Shu ma’noda u falsafiy fanlarga yaqin turadi. Dinshunoslik diniy e’tiqod va uning tabiati, muayyan diniy dunyoqarash haqida chuqur tahlilsiz umumiy ilmiy tasavvur hosil qiladi.

Dinshunoslik nafaqat islom, balki jahonning boshqa dinlari – buddaviylik, xristianlik, iudaizm, hinduizm va boshqa diniy e’tiqodlar haqida ham tasavvur beradi. Dinlarning yo‘nalishlari, oqimlari (mazhablari) haqida faqat dinshunoslik predmeti orqali keng tasavvur hosil qilish mumkin. Shu ma’noda, dinshunoslik, o‘z tarkibi va tabiatiga ko‘ra, umumlashtiruvchi va tartibga soluvchi fan bo‘lib, diniy e’tiqodning ibtidoiy ko‘rinishidan hozirgi holatiga qadar bo‘lgan tarixiy evolutsiyasini o‘rganadi. Dinshunoslik bilimlarning kompleks (lotincha complexus – aloqa, birikma degan ma’nolarni anglatadi. Predmetlar, harakatlar va voqeliklarning birikmasi bo‘lib, ular bir butunlikka birlashadi) tarmog‘ini tashkil etadi. Ushbu fan ilohiyot, falsafiy va ilmiy fikr rivoji natijasida shakllandi. Diniy bilimlarning tarixan tashkil topgan birinchi shakli ilohiyot (teologiya grekcha teos – xudo va logos – ta’limot degan ma’noni anglatadi), ya’ni xudoni o‘rganuvchi ta’limotdir.


Yüklə 22,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə