Student: Sodiqova Go‘zal Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Dinshunoslik



Yüklə 22,28 Kb.
səhifə2/8
tarix23.12.2023
ölçüsü22,28 Kb.
#154883
1   2   3   4   5   6   7   8
Sodiqova Go‘zal

Bunday ziddiyatli davrda din rivojida ko‘plab ijobiy natijalarga ham erishildi. Islom diniga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk allomalar, din peshvolarining nomlari qayta tiklandi, islom dinining taraqqiyotiga doir qator tadbirlar, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Bunday tadbirlar O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan boshqa diniy konfessiyalarda ham amalga oshirildi. Bu tadbirlarning ayrimlarini sanab o‘tish kifoya. Masalan, 1991 yil 11 aprelda «Ro‘za hayiti» va «Qurbon bayrami»ni milliy bayram deb e’lon qilish haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi. 1992 yil 7 martda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 1992 yil 1 aprelda esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Ta’kidlash joizki, 1993 yil 16 sentabrda islom dinida naqshbandiya tariqatiga asos solgan Xoja Bahovuddin Naqshband tavalludining 675 yilligi Buxoro shahrida keng nishonlandi. 1993 yil 23–24 oktabrda O‘zbekiston Respublikasi hukumatining qarori bilan va Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti ishtirokida Samarqand shahrida «Imom Buxoriy: hayoti va davri» mavzuida xalqaro anjuman o‘tkazildi. 1994 yil 18 oktabrda yana Samarqand shahrida islom ilmiga katta hissa qo‘shgan alloma Xo‘ja Ahror Valiy tavalludining 590 yilligi keng nishonlandi. 1995 yilning noyabrida Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi va Najmiddin Kubro tavalludining 850 yilligi Xorazmning Urganch shahrida nishonlandi. 1998 yil 23 sentabrda muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman Toshkent shahrida o‘tkazildi. 1998 yil 23 oktabrda esa Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi Samarqand shahrida nishonlandi va Imom alBuxoriy majmuasi ochildi.

1998 yilga kelib mamlakatda din va diniy faoliyat shu qadar keng quloch yozgan ediki, ezgu ishlar bilan bir qatorda, yovuz, qora niyatlarni amalga oshirish, mamlakat hayotini diniy o‘zanga burib yuborish uchun sharoit yaratishga urinishlar ham ko‘zga tashlanib qoldi. Bu holat mantiqan va tarixan 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning hayotdan orqada qolganligini ko‘rsata boshladi. Shu bois 1998 yil 1 mayda ushbu qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi hayot taqozosi bo‘ldi. Bu qonun eskisidan farq qilib, dindor shaxs va diniy tashkilot faoliyatining amaldagi Konstitutsiyasi va qonunlar asosida tartibga solinishini, fuqarolar konstitutsiyaviy huquqlarining poymol etilishiga barham berilishini, O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘lining saqlab qolinishini, mamlakatda demokratiya prinsiplarining himoya qilinishini ta’minlashi lozim edi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning hayotga joriy qilinishi dinga va diniy tashkilotlarga g‘araz maqsadlar bilan kirib olgan, mamlakat hayotini diniy o‘zanga burib yuborishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan turli unsurlarni bezovta qila boshladi. Bunday qora niyatli unsurlar endi to‘g‘ridan-to‘g‘ri zo‘ravonlik, kuch ishlatish yo‘li bilan o‘z manfur va jirkanch maqsadlariga erishmoqchi bo‘ldilar.


Yüklə 22,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə