Student: Sodiqova Go‘zal Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Dinshunoslik



Yüklə 22,28 Kb.
səhifə4/8
tarix23.12.2023
ölçüsü22,28 Kb.
#154883
1   2   3   4   5   6   7   8
Sodiqova Go‘zal

Dinshunoslik faniga ehtiyoj yuzaga kelishining yana bir sababi shundaki, sobiq Ittifoq davrida o‘qitilgan «Ilmiy ateizm» kursi vijdon va e’tiqod erkinligi ta’minlangan mamlakatda o‘z mavqeini yo‘qotdi, diniy e’tiqodga keng imkoniyatlar yaratildi. E’tiqod erkinligiga tashna xalq ichida diniy tasavvurlarga ehtiyoj nihoyatda ortdi. Ammo bu holatdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga urinuvchi yovuz kuchlar ham paydo bo‘ldi. Din, uning tarkibi va vazifasi haqida deyarli tasavvurga ega bo‘lmagan kishilar, diniy savodsizliklari sababli, turli makkor siyosiy kuchlarning tuzog‘iga ilindilar. Din niqobi ostida ish ko‘ruvchi manfur va jirkanch kimsalar azaliy diniy qadriyatlarimizning tiklanishiga yo‘l qo‘ymay, diniy bilishni janggarilik va takabburlik o‘zaniga burib yuborishga harakat qildilar. Bunday harakatlarning misoli sifatida Namangan viloyatidagi 1991– 1992 yillar voqealarini keltirishimiz mumkin. U yerda bir guruh unsurlar diniy poklanish, azaliy diniy qadriyatlarni tiklash niqobi ostida mavjud konstitutsiyaviy tuzumni o‘zgartirish, mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgan yosh davlatni diniy davlat taraqqiyoti o‘zaniga burib yuborishga harakat qildilar. Ular xalqimizning azaliy diniy qadriyatlaridan farq qiluvchi vahhobiylik g‘oyalarini targ‘ib qilib, diniy bilimlardan uzoq kishilarni haqiqiy islom niqobi ostida o‘z ta’sir doirasiga tortdilar. Ular manfur maqsadlarini amalga oshirishda turli jinoyatchi unsurlardan, janggari kallakesarlardan foydalandilar.

2005 yilning may oyidagi Andijon voqealari esa diniy mutaassiblik va terrorizmning haqiqiy qiyofasini yana bir marta namoyon qildi. Uning tashkilotchi va ishtirokchilari mamlakatimizdagi barqarorlikni qurolli fitna va xorijdagi «demokratiya» uchun yollanma kurashchilar yordamida buzishga urinib ko‘rdilar. Islom bayrog‘i ostida konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlashga da’vatlar xalqimizning g‘azab to‘lqiniga urilib, parchalanib ketdi. Afsuski, mamlakat huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillarining muammoni tinch muzokaralar bilan hal qilishga urinishlari samara bermadi. Diniy ekstremistlar va terrorchilar murosasizlik yo‘lini tutib, tinch aholining qurbon bo‘lishiga sababchi bo‘ldilar. Demokratiya xavf ostida qolgan yuqoridagi vaziyatda O‘zbekiston Prezidenti olib borgan oqilona siyosati tufayli mustaqilligimizga tahdid bartaraf etildi. Oqibatda bunday aqidaparastlarning payi qirqildi. Adashgan shaxslar to‘g‘ri yo‘lning ahamiyatini kechroq anglab yetdilar (Bu haqda qo‘llanmaning so‘ngi qismlarida batafsil to‘xtalamiz).


Yüklə 22,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə