Student: Sodiqova Go‘zal Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Dinshunoslik



Yüklə 22,28 Kb.
səhifə3/8
tarix23.12.2023
ölçüsü22,28 Kb.
#154883
1   2   3   4   5   6   7   8
Sodiqova Go‘zal

Mash’um 1999 yil 16 fevral, 2004 yil 29, 30 mart – 1 aprel, 2005 yil 12–13 may voqealari bu jarayonlarning asl mohiyatini ko‘rsatdi. Buning oqibatida ko‘plab begunoh odamlar hayotdan ko‘z yumdilar. Ushbu voqealar dinning jiddiy mafkuraviy omilga aylanib borayotganligini, ko‘p millatli davlat sharoitida u diniy nizolar chiqishi uchun ayrim siyosiy kuchlarga qo‘l kelishi mumkinligini ko‘rsatdi. Natijada dinni, uning tarkibi va jamiyat hayotidagi o‘rnini ilmiy o‘rganish ehtiyoji tug‘ildi. O‘zbekiston, milliy tarkibiga ko‘ra, ko‘p millatli davlat hisoblanadi. Hozir respublikamizda 130 dan ortiq millat va elatlarning vakillari istiqomat qilmoqda, 20 ga yaqin diniy konfessiya (lotincha confessionalis so‘zi e’tiqodga oid, cherkovga tegishli degan ma’nolarni anglatadi) faoliyat ko‘rsatmoqda, 80 dan ziyod milliy markazlar ishlab turibdi. Tabiiyki, millatlararo totuvlik va hamjihatlikni ta’minlash demokratik davlat sharoitida nafaqat davlat siyosatining izchil va kuchli bo‘lishini, balki, avvalo, diniy konfessiyalar o‘rtasida o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlar qaror topishini, eng asosiysi, har bir fuqaroning din, diniy mazhablar, dinning tarixi va hozirgi hayotda tutgan o‘rni haqida ilmiy tasavvur va tushunchalarga ega bo‘lishini talab qiladi.

Aynan shunday ehtiyojlar dinshunoslikning ijtimoiy mavqeini va hozirgi ahamiyatini belgilaydi. Dinshunoslik tarix, falsafa, siyosatshunoslik, sotsiologiya, huquq va boshqa fanlardan farq qilib, din hodisasining tarixiy, ijtimoiy-siyosiy va gnoseologik (grekcha gnosis – bilish, logos – ta’limot degan ma’nolarni anglatadi) ildizlarini ochib beradi, diniy aqidaga umumilmiy metodlardan biri bo‘lgan tarixiylik va mantiqiylikning dialektik birligi orqali yondashadi. Dinshunoslik fanining yana bir muhim xususiyati shundaki, u dinni ilmiy asosda, dunyoviy nuqtai nazardan o‘rganadi, dinshunoslikning predmetini, din, uning kelib chiqishi, vazifalari va rivojlanishini, tuzilishi va tarkibiy qismlarini, jamiyat tarixida namoyon bo‘lish shakllarini, shaxs va jamiyat hayotida tutgan o‘rnini, madaniyat sohalari bilan o‘zaro aloqadorligini tahlil qiladi. Dinshunoslik IIV Akademiyasida hamda boshqa yuridik va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan musulmon huquqi fanidan farq qiladi. Dinshunoslik din hodisasining nafaqat huquqiy, balki axloqiyma’naviy, madaniy-ma’rifiy, tarixiy-iqtisodiy jihatlarini, diniy aqidalarning mohiyatini, diniy mazhab va oqimlar, ularning asosiy da’vatlari, xususan, mafkuraviy da’volarini ham o‘rganadi.


Yüklə 22,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə