Student: Sodiqova Go‘zal Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Dinshunoslik



Yüklə 22,28 Kb.
səhifə6/8
tarix23.12.2023
ölçüsü22,28 Kb.
#154883
1   2   3   4   5   6   7   8
Sodiqova Go‘zal

Dinga ilohiyot nuqtai nazaridan yondashuv dinni uning ichidan o‘rganishdir, chunki ilohiyot vakillari dinni faqat xudoga ishongan kishi tushunishi mumkin deb hisoblaydilar. Dinni o‘rganishda ilohiy yo‘nalish bilan birga falsafiy va ilmiy yo‘nalishlar ham mavjud. Falsafiy va ilmiy yo‘nalishlar, ilohiyotdan farqli ravishda, dinni «ichidan» emas balki «tashqaridan» o‘rganadi. Ularning dinni o‘rganish usullari ilohiyotnikidan farq qiladi. Falsafiy va ilmiy yo‘nalishlar dinni tafakkur, mantiqiy-nazariy, empirik-ilmiy prinsiplarga tayanib o‘rganadi. Falsafiy va ilmiy yo‘nalishlarning dinga yondashuvidagi umumiy jihatlari bilan birga o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud. Masalan, falsafiy yondashuv tevarak atrofdagi voqea-hodisalarning umumiy prinsiplari hamda qonuniyatlarini topishga, narsa-hodisalarning mohiyatini aniqlashga intiladi, ularga tanqidiy nuqtai nazardan yondashadi. Bunday yondashuv mavjud dunyoqarashning qanchalik to‘g‘ri ekanligini aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda ijtimoiy hayotda isbotlanmaganlari inkor qilinadi, isbotini topganlari yanada rivojlantiriladi. Falsafiy yo‘nalishda xilma-xil oqimlar mavjud bo‘lib, ular dinga nisbatan turlicha munosabatda bo‘ladilar. Masalan, din falsafasi oqimi ilohiyotga o‘xshash vazifalarini bajaradi. Lekin ilohiyotdan farqli o‘laroq, xudo va diniy qadriyatlarning obyektiv mavjudligini ilmiy jihatdan isbotlashga intiladi.

XIX asrning o‘rtalarida dinni o‘rganishda ilmiy yondashuvning shakllanish jarayoni uzil-kesil yakunlandi. Shu davrda tabiiy va ijtimoiy fanlarning rivojlanishi natijasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarga tayanib, dinni yerdagi sabablarga bog‘lab tushuntirish imkoniyati yuzaga keldi. Ilmiy yo‘nalish dinni ijtimoiy hayotning bir sohasi sifatida uning boshqa sohalari bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganadi. U din qanday shakllangan, kishilarda qanday qadriyatlar, normalar va xulq-atvor obrazlarini vujudga keltirishi, diniy tashkilotlarning qanday faoliyat ko‘rsatishi, dinning jamiyatda qanday funksiyalarni bajarishi kabilarni o‘rganadi. XIX asrning oxirlarida dinni ilmiy o‘rganish asosida bilimlarning maxsus tarmog‘i – dinshunoslik fani shakllangan. Dinshunoslik fanining vazifalari quyidagilardan iborat: – din va diniy e’tiqod haqida ilmiy, dunyoviy tasavvur hosil qilishga yordam berish; – dinning inson hayotida tutgan o‘rni va mavqei haqida to‘g‘ri tushunchani shakllantirish; – kishi ma’naviyatida ma’naviy bo‘shliq (vakuum) yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, turli g‘ayritabiiy va g‘ayriinsoniy diniy qarashlar shakllanishining oldini olish.


Yüklə 22,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə