Student: Sodiqova Go‘zal Group: Filologiya Ingliz tili 23 07 Subject: Dinshunoslik



Yüklə 22,28 Kb.
səhifə7/8
tarix23.12.2023
ölçüsü22,28 Kb.
#154883
1   2   3   4   5   6   7   8
Sodiqova Go‘zal

Bundan tashqari, diniy e’tiqod tarkibida mavjud insonparvarlik, mehr-shafqat va imonlilik kabi qadriyatlarga janggarilik, shafqatsizlik, qonxo‘rlik da’vatlarining butunlay yot ekanligi dinshunoslik orqali oydinlashadi, diniy jaholatning ma’rifat orqali bartaraf etilishiga, dinning haqiqiy mavqei tiklanishiga erishiladi. Dinshunoslik, diniy e’tiqodning, qaysi shaklda bo‘lmasin, ezgulik, odamiylik va adolat g‘oyalariga bo‘ysunganligini isbotlashga ko‘maklashadi, dinlar o‘rtasida mazkur g‘oyalar asosida ma’naviy yakdillik va hamjihatlik aloqalari mavjudligini isbotlashga xizmat qiladi. Dinshunoslikning vazifalari o‘zaro aloqador bo‘lib, ularni amalga oshirishda boshqa fanlar bilan hamkorlik qilish talab qilinadi. Masalan, falsafa kishilarning dunyoqarashi, dunyoga munosabati masalalari, ularni o‘rganish usullari, dinning jamiyatdagi ma’naviy, ijtimoiy, ruhiy ildizlarini o‘rganadi. Dinshunoslik dinni o‘rganishda falsafiy qonuniyatlar, masalaga yondashish usullari, dunyoqarash muammolari kabilarga tayanishi mumkin. Huquqshunoslik dinning konstitutsiyaviy mavqei, huquqqa ta’siri, vijdon erkinligi, so‘z erkinligi kabilarga bog‘liqligi masalalarini o‘rganadi. O‘zbekiston tarixi fani dinning qadimgi zamonlardan hozirgi davrga qadar jamiyat hayotidagi ahamiyatini, uning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotga ta’siri jarayonlarini o‘rganadi. Tarixda bu jarayonlarning barcha jabhalarida dinning o‘rni va o‘ziga xos ta’siri bo‘lgan. Dinshunoslik tarixiy davrlarda dinning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va ahamiyatini o‘rganishda tarix fani ma’lumotlariga tayanadi.

Dinshunoslik boshqa ijtimoiy fanlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega. Ular quyidagilardan iborat: – dinshunoslik dinni ijtimoiy-ruhiy voqelik sifatida kompleks tarzda, boshqa ijtimoiy fanlar esa dinni o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganadi. Jumladan, huquqshunoslik dinning huquq bilan bog‘liq jihatlarini, falsafa diniy dunyoqarashni, ruhshunoslik (psixologiya) diniy hissiyot va kechinmalarni, dinshunoslik esa dinning barcha jiatlarini bir-biriga bog‘liq holda o‘rganadi; – dinshunoslik dinni o‘rganishga ilmiy jihatdan xolisona yondashuvga asoslanadi. Masalan, ilohiyot xudo va diniy qadriyatlarni himoyalab, ularning ustuvor qadriyat ekanligini isbotlashga harakat qilsa, ateizm dinning insoniyat uchun zararli ekanligini isbotlashga intiladi. Ammo ikkala yondashuv ham ilmiy yondashuvga ziddir. Dinshunoslik fanini o‘rganish ichki ishlar organlari xodimlari uchun ham katta ahamiyatga ega. Bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Birinchidan, dinshunoslik ichki ishlar organlari xodimlarining din to‘g‘risidagi bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirishga yordam beradi, muammoga mustaqil munosabatni vujudga keltiradi. Ikkinchidan, bu fan ichki ishlar organlari xodimlarining fuqarolar bilan muomalada, ularning diniy tuyg‘usi, qadriyatlarini hurmat qilish va o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni o‘rnatishlariga ko‘maklashadi.


Yüklə 22,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə