Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32

 

41 

–  yo’qsa  shunday  qilarmiding”  deyishdir.  Unutmang,  bolangiz  uchun  eng  qadrli  narsa  – 

sizning  mehringiz  va  uning  sizga  bo’lgan  mehrini  bilishingizdir.  Bu  narsadan  mahrum 

qilish  evaziga  uni  o’z  izmingizga  solmoqchi  bo’lsangiz  –  siz  uning  shaxsiyati  va  qalbiga 

qarshi  jinoyat  qilgan  bo’lasiz.  Bu  holatda  unda  shunday  kuchli  aybdorlik  tuyg’usi  ildiz 

otadiki,  u  butun  umr  bu  ofatdan  qutula  olmaydi  va  baxtsiz  hayot  kechiradi.  Xo’sh, 

mening  ayblashlarim  sizga  qanday  ta’sir  qildi?  Bunday  gaplarni  o’qish  juda  yoqimsiz, 

shunday  emasmi?  Ana  shunaqa  –  ayblash  orqali  odamda  faqat  salbiy  tuyg’ularni 

uyg’otish  mumkin,  xolos. 

Shaxsiyatingizni  aybdorlik  tuyg’usidan  tozalab  tashlang.  Buning  eng  samarali 

yo’li  –  uzr  so’rash.  Agar  siz  kimgadir  nisbatan  chindan  noto’g’ri  ish  qilgan  bo’lsangiz  – 

undan  darhol  uzr  so’rang.  U  sizni  kechirish-kechirmasligi  ahamiyatsiz.  Asosiysi,  siz  shu 

yo’l  bilan  o’zingizdagi  aybdorlik  tuyg’usini  tarqatib  yuborasiz.  Shaxsiy  muhimlik 

tuyg’usini  yengib  o’tib  shunday  qilishga  haddingiz  sig’sa  kifoya. 

O’zingizni  kechirish  qobiliyatingizni  ham  rivojlantiring.  Pushaymon  bo’layotgan 

hamma  ishlaringizni  bir-bir  eslang-da,  o’zingizni  har  biri  uchun  kechiring.  Chindan 

tavba  qilsa,  gunohlardan  o’tishni  Yaratgan  va’da  qilib  qo’ygan:    Tangriki  kechirimli 

bo’lyaptimi,  gina  saqlamayaptimi  –  sizning  o’zingizga  gina  saqlashingiz  ortiqcha.  Yoki 

siz  shunchalik  muhimmisiz? 

Agar  siz  tabiatingizdan  aybdorlik  hissini  chiqarib  tashlay  olsangiz  –  ajoyib 

mo’jiza  sodir  bo’ladi.  Mana  sizga  kuchli  shaxsiyatning  yana  bir  siri:  siz  o’zingizni 

aybdor  his  etmas  ekansiz,  sizni  aybdor  qilish  boshqalarning  xayoliga  ham 

kelmaydi.  O’zini  mudom  ayblovchilar  esa,  har  doim  qoralash-u  haqoratlarga  chidab 

yashaydilar.  Bu  ularga  qilgan  xatolari  uchun  emas 

–  shu  xatolarini  o’zlari 

kechirolmasliklari  uchun  beriladigan  jazodir. 

Yodingizda  bo’lsinki,  sizning  aybdorlik  tuyg’usidan  ozod  yashash  erkinligingiz 

bor. 


 

Boshqa kemtiklar 

Jamiyat  bizning  ongimizga  boshqa  ko’plab  komplekslarni  joylashtirib  qo’ygan. 

Aslida,  agar  amaliy  psixologiya  adabiyotlarini  o’rganilsa,  30  dan  ortiq  kompleks  turlari 

haqida  aytiladi.  Ammo  men  sizni  buncha  ko’p  nuqsonlar  haqida  gapirib  zeriktirmoqchi 

emasman.  Biz  shunchaki  eng  ko’p  uchraydigan  va  katta  zarar  keltiradigan  komplekslar 

haqida  suhbatlashamiz. 

Bekamlik  kompleksi  (yoki  perfektizm)  har  narsada  mukammallikka,  yuz  foiz 

samaraga  erishish  istagi  juda  kuchli  odamlarga  xos.  Bekamlik  kompleksi  katta 

muhimlik  ortidan  kelib  chiqadi  –  odam  tashqi  muhimlikka  intilib,  bekam  qilmoqchi 

bo’lgan  narsaning  ahamiyatini  o’ta oshirib  yuboradi. 

Masalan,  yosh  qiz  o’z  to’yini  bekam  qilishiga  intiladi  –  uning  libosidagi  ozgina 

g’ijim  ham  bu  mukammallikni  buzayotgandek  tuyulaveradi.  Yoki  kim  uchundir  sovg’a 

tayyorlayotgan  odam  o’z  sovg’asi  bekam,  lol  qoldiradigan  va  hech  kimnikiga 

o’xshamagan  bo’lishiga  astoydil  harakat  qiladi.  Natijada  sovg’a  tanlash  jarayoni  maroq 

emas,  azobga  aylanadi. 



 

42 

Bunday  odamlarga  biror  ishni  topshirib  qo’yib,  ancha  kutishingizga  to’g’ri  keladi 

–  chunki  ular  o’z  vazifalarini  mukammal  darajaga  yetkazmaguncha  tinchimaydilar. 

Albatta,  o’z  ishiga  jiddiy  yondashgan  yaxshi  –  ammo  bu  tobelikka  aylanib  qolmasligi  va 

kishi  hayotini  tashvishga  to’ldirmasligi  kerak.  Sizga  topshirilgan  ishni  uning 

ahamiyatini  o’ta  oshirmasdan  ham  bekam  bajarish  mumkin  –  qaytanga,  ishga  sergak 

munosabatda  bo’linsa,  uni  xatosiz  bajarish  ehtimoli  katta  bo’ladi.  Ishni  o’ta  muhim 

hisoblash  esa  sizga  ortiqcha  mas’uliyat  yukini  tashlaydi  va  sizga  shu  ishni  keragidek 

bajarishingizga  halal  beradi. 

Bekamlik  kompleksiga  chalinishning  bir  salbiy  oqibati  bor:  bunday  odam  borib-

borib  hech  narsadan  ko’ngli  to’lmaydigan,  o’zi  va  atrofdagilardan  ko’p  narsani  talab 

qilib  yashaydigan  odamga  aylanib  qoladi.  Bunday  odamlarni  hammamiz  uchratganmiz 

–  ular  bilan  birga  ish  qilish  juda  qiyin.  Ular  har  narsadan  arzimagan  kamchiliklarni 

topib,  barchani  xafa  qilib  yuradilar. 

Bekamlik  kompleksidan  qutulishning  bir  qiziq  yo’li  bor:  odam  o’z  xatti-

harakatlariga  zararsiz  xatolarni  atayin  qo’shib  ketishi  kerak.  Ya’ni  ongli  ravishda  uncha 

katta  salbiy  oqibatlarga  olib  kelmaydigan  kamchiliklarga  yo’l  qo’yishi  kerak.  Bundan 

tashqari,  bunday  odamga  boshqalar  ishida  faqat  yaxshi  jihatlarga  e’tibor  berishni  o’z-

o’ziga  qoida  qilib  olish  tavsiya  etiladi. 

Yana  bir  qiziq  psixologik  mashq  –  “teskari  o’yin”  deb  nomlanadi.  Har  birimiz 

nimanidir  yoqtiramiz  va  nimalarnidir  yomon  ko’ramiz.  Endi  siz  yoqtirgan  narsangiz 

(yoki  shaxs)  haqida  eslang-da,  uning  salbiy  tomonlarini  sanashga  tirishing.  O’n  soniya 

ichida  qancha  ko’p  salbiy  xislat  ayta  olsangiz,  shuncha  yaxshi.  Faqat,  bu  xislatlarni 

o’ylab  topmang  –  ular  rostdan  ham  shu  shaxs  yoki  narsaga  tegishli  bo’lsin.  Endi  yomon 

ko’rgan  narsangiz  yoki  odamingiz  haqida  eslang  –  uning  yaxshi  sifatlarini  sanashga 

urinib  ko’ring.  Bu  o’yin  sizga  boshida  juda  qiyin  keladi,  ammo  unga  ko’nikib 

qolgandan  so’ng,  sizga  yoqqan  va  yoqmagan  odamlar  va  narsalar  haqida  juda  ko’p 

yangi  narslarni  bilib  olasiz. 

Bekamlik  kompleksi  rivojlantirib  yuborilsa,  haqparastlik  kompleksiga  aylanib 

ketishi  mumkin.  Bunday  odam  doim  o’zini  haq  deb  o’ylaydi  va  boshqalarni  qoralab 

yoki  ayblab  yashaydi.  Borib-borib  u  o’zini  dunyodagi  haq  yo’ldan  borayotgan  yagona 

odam  deb  o’ylab  qolishi  mumkin.  Bunda  u  boshqa  “yo’ldan  adashgan”  bandalarni  “haq 

yo’lga”  solish  uchun    astoydil  urina  boshlaydi.  Agar  bunday  haqparastga  aybdorlik 

tuyg’usi  kuchli  odam  ro’baro’  kelsa,  “haqgo’y”  “gunohkorni”  o’z  izmiga  solib,  undagi 

aybdorlik  hissini  shu  darajada  oshirib  yuboradiki,  “gunohkor”  o’zini  bu  dunyoda 

yashashga  noloyiq  sezib  suiqasdga  qo’l  urishi  mumkin.  Bunday  holatlar  hayotda  ko’p 

uchraydi.  Odamdagi  aybdorlik  tuyg’usi  o’z-o’zicha  suiqasd  uchun  yetarli  emas  –  uni 

“to’g’ri”  odamlar  tashqaridan  kuchaytirib  bersagina  odam  kompleks  qurboni  bo’lishi 

mumkin. 

Ishonchim  komilki,  siz  haqparastlik  kompleksidan  holisiz.  Mening  kitobim 

bunday  odamning  qo’liga  tushmagan  bo’lardi.  Bunday  odamni  “Men  har  nima  qilib 

bo’lsa  ham  haqligimni  isbotlayman”,  “Men  shu  paytgacha  hech  adashmaganman  va 

adashmayman  ham”,  “Men  qanday  yashash  kerakligini  juda  yaxshi  bilaman”,  “Mening 

ko’rgan  bilganlarim  o’zimga  yetarli”  kabi  ta’kidlari  orqali  tanib  olish  mumkin. 




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə