Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32

 

35 

Tashqi ko’rinish: husn 

Husn  –  komplekslarga  sabab  bo’luvchi  yana  bir  belgi.  Odam  o’z  husnidan  ko’ngli 

to’lmasligi  juda  ko’p  uchraydigan  holat.  Bunday  holatda  husn  nuqsoni  kompleksi  hosil 

bo’ladi. 

Bu  yerda  odamning  boshqalarga  yoqish  ilinji  va  boshqalardan  kam  bo’lmaslik 

istagi  katta rol  o’ynaydi.  Bu  ikki  intilish  ham  muhimlikdan  kelib  chiqadi. 

Men  sizga  bir  narsa  aytsam  –  hayron  qolasiz:  dunyoda  xunuk  va  chiroyli 

odamlar  bo’lmaydi  – o’zini  xunuk  va chiroyli  deb o’ylaydiganlar  bor,  xolos

Siz  o’zingizni  qanday  husnga  ega  deb  o’ylasangiz,  atrofdagilar  ham  sizni  shunday 

ko’radilar.  Ishonmaysizmi?  Mana  sizga  isbot.  Fiziognomika  degan  fan  bor  –  u 

odamning  yuz  tuzilishi  va  fe’l-atvori  o’rtasidagi  bog’liqlikni  o’rganadi.  Shu  sohada  olib 

borilgan  izlanishlar  shuni  tasdiqladiki,  o’z  husnidan  norozi  bo’lgan  shaxslar  odamlar 

bilan  muloqot  paytida  yuzlariga  shunday  ifodasi  berishar  ekanki,  ular  rostdan  ham 

xunuk  ko’rinishar  ekan.  Olimlar  o’z  husnidan  ko’ngli  to’lmagan  odamlarni  yolg’iz 

o’zlari  qolganlarida  yashirincha  suratga  olishgan  va  bu  suratlarni  ular  odamlar  davrasida 

ekanida  olingan  suratlarga  solishtirishgan.  Birinchi  suratlarda  tajriba  ishtirokchilari 

ochiq  yuzli  va istarali  bo’lib  chiqqanlar. 

Ana  shunaqa.  Tabiat  sizga  betakror  husn  bergan  bo’lishi  mumkin,  ammo  uni  siz 

o’z  kompleksingiz  bilan  bulg’ab,  odamlarga  juda  yoqimsiz  qilib  ko’rsatishingiz 

mumkin.  Undan  keyin,  husnga  qarab  birinchi  taassurot  olinadi  –  ammo  odam  bilan 

yaqindan  muloqot  uning  chindan  qanday  odam  ekanini  ochib  beradi. 

Juda  ko’p  holatda  muloyim  yuzli  odamni  ko’rib  havasingiz  keladi  –  biroq  u  bilan 

ikki  og’iz  gaplashgandan  so’ng  uning  juda  qo’rs  yoki  kaltabin  ekani  ma’lum  bo’ladi. 

Fe’l-atvori  xunuk  bo’lgan  odamning  esa,  tashqi  chiroyiga  hech  kim  e’tibor  bermaydi. 

Mashhur  rus  yozuvchisi  Fyodor  Dostoyevskiy  “Go’zallik  ortida  shayton  yashirin”  deb 

bekorga  yozmagan. 

Psixologlar  juda  qiziq  tajriba  o’tkazishgan.  Ular  bir  guruh  erkaklarga  ikkita  ayol 

suratini  ko’rsatishgan  –  biri  juda  go’zal,  boshqasi  unchalik  o’ziga  tortadigan  emas. 

So’ng  ularga  shu  ikki  ayol  bilan  telefon  orqali  muloqotda  bo’lish  taklif  etilgan. 

Telefonda  ayollardan  biri  juda  muloyim,  so’zlarni  tanlab  gapirgan  va  suhbatda  erkak 

fikrlarini  tasdiqlab  turgan.  Bu  ko’rimsizroq  ayol  bo’lgan.  Ikkinchi  ayol,  aksincha,  juda 

sovuq  ohangda  gaplashgan  va  mudom  erkak  bilan  bahslashgan.  Bunisi  go’zal  husn  egasi 

bo’lgan. 

Tajribada  ishtirok  etgan  har  bir  erkakdan  suhbatdosh  ayol  suratini  ko’rsatishni 

iltimos  qilishganda,  u  muloyim  ayol  deb  go’zal  suratni  tanlagan  va  ko’rimsizroq  ayolni 

dag’al  suhbatdoshi  deb  bilgan.  Ammo  ularni  suhbatdoshlari  bilan  yuzlashtirishganda, 

ular  tanlovda  adashganliklaridan  hayron  bo’lishgan.  Eng  qizig’i  shundaki,  erkaklar  ular 

bilan  muloyim  gaplashgan  ko’rimsiz  ayol  hayotda  suratdagiga  nisbatan  ancha 

chiroyliroq  ekanini,  sovuq  gapirgan  ayolning  asl  go’zalligi  esa  suratdagidan  ancha 

kamroq  ekanligini  ta’kidlashgan. 

Shunday  ekan,  tashqi  go’zallikka  aldanmaslik  kerak.  To’g’ri  –  ham  tashqi,  ham 

ichki  go’zallik  egasi  bo’lgan  odamlar  ham  bor.  Bundaylar  kam  uchraydi.  Bilasizmi  bu 



 

36 

qanday  odamlar?  Bu  –  o’z  husnidan  nolimaydigan,  o’z  chiroyini  boshqalar  bilar 

qiyoslamaydigan  va hammada  o’ziga  xos go’zallikni  ko’ra biladigan  odamlar. 

Siz  o’z  husningiz  o’ziga  xos  ko’rkka  ega  ekanini  tan  oling  va  bundan  ko’nglingiz 

to’lsin.  Husn  kompleksiga  odamlar  bilan  muloqot  qilishingizga  halal  berishiga  imkon 

bermang.  Siz  –  hech  kimga  o’xshamas  qilib  yaratilgansiz.  Shunday  ekan,  boshqa 

“go’zallar”ga  o’xshamaganingizdan  xafa  bo’lib  emas,  xursand  bo’lib  yashang. 

Hammaga  o’xshagandan  ko’ra, o’ziga  xos  bo’lgan  yaxshi  emasmi? 



 

Ichki nuqsonlilik komplekslari 

Tashqi  nuqsonlardan  o’z-o’ziga  cheklov  qo’yish  tanganing  bir  tomoni,  xolos. 

Odamlar  psixikasida  ichki  nuqsonlilik  komplekslari  ham  kuchli  ildiz  otgan.  Bu 

komplekslar  shaxs  o’z  fe’l-atvoridagi  qaysidir,  uning  fikricha,  nuqson  bo’lgan  jihatga 

katta  ahamiyat  berib  yuborganidan  kelib  chiqadi.  Yoki  kishi  u  yoki  bu  qobiliyatlari 

yetarlicha  rivojlanmaganidan  o’zini  boshqalardan  kuchsizroq  hisoblaydi. 

“Men  falonchidek  aqlli  emasman”,  “Mening  odamlar  bilan  muloqot  qilish 

qobiliyatim  yaxshi  rivojlanmagan”,  “Men  birovning  ko’nglini  olishni  bilmayman”, 

“Mening  hech  o’qishga  quntim  yetmaydi”,  “Mening  qo’limdan  hech  ish  kelmaydi”, 

“Men  g’irt  omadsizman”,  “Men  chiroyli  qilib  gapira  olmayman”,  “Mening  xatim  juda 

xunuk”,  “Men  birovni  yaxshi  ko’rishga  qodir  emasman”,  “Men  juda  xudbinman”,  “Men 

falonchiga  bas  kela  olarmidim”,  “Menga  u  bilan  bahslashishga  yo’l  bo’lsin”,  “Mening 

qanday  noyob  qobiliyatlarim  borki,  bu  ishni  menga  topshirishsa”,  “Mening  hech  bir 

kuchli  tomonim  yo’q”  kabi  ta’kidlar  ichki  nuqsonlilik  kompleksidan  darak beradi. 

Kishi  o’z  nuqsonlariga  o’ta  katta  e’tibor  berib  yuborsa  va  o’z  hayotiga  salbiy 

ta’sir  qilishga  ularga  imkon  bersa  –  bu  jiddiy  muammolarga  olib  kelishi  mumkin.  Ichki 

nuqsonlilik  kompleksiga  tobe  odam  o’z  imkoniyatlarini  doim  juda  tor  doirada  baholaydi 

va  shunga  monand  qarorlar  qabul  qiladi.  Albatta,  o’z  kuchlarini  hisobga  olib  ish  ko’rish 

maqsadga  muvofiq  –  xalqimiz  bekorga  “Ko’rpangga  qarab  oyoq  uzat”  deb  aytmagan. 

Ammo  kompleks  ta’siridagi  odam  o’z  kuchini  odilona  baholay  olmaydi  va  asl 

imkoniyatlaridan  ancha  quyi  maqsadlarni  ko’zlab  yashaydi.  Bu  juda  achinarli  hol, 

chunki  bunda  kishining  orzu  qilish  va  o’z  niyatlariga  intilish  qobiliyati  zarar  ko’radi  – 

nuqsonlilik  kompleksi  hukmi  ostidagi  odam  hech  qachon  katta  orzular  qila  olmaydi  va 

yuksak  maqsadlarga  intilmaydi. 

Kamchilik  va  nuqsonlar  hammada  bo’ladi  –  beayb  Parvardigor.  O’z 

kamchiliklarini  bilgan  yaxshi  –  ammo  ularga  o’ta  katta  ahamiyat  berib  yuborilsa,  natija 

yaxshi  bo’lmaydi.  Dunyoda  har  kim  qandaydir  nuqson  bilan  yaratilgan  –  ammo  har 

kimga  shu  nuqsonlarning  o’rnini  bosadigan  fazilat  ham  berilgan  bo’ladi.  O’zingiz 

o’ylab  ko’ring  –  Tangri  bir  bandasini  ko’proq,  boshqasini  ozroq  fazilat  bilan 

yaratmaydi.  Xudo  bunday  nohaqlik  qilmaydi.  U  barchani  teng  imkoniyatlar  va  teng 

cheklovlar  bilan  taqdirlagan. 

Siz  o’zingizdagi  kamchiliklarni  ko’ra  bildingizmi  –  o’z  fazilatlaringizni  ham  ko’ra 

biling.  Agar  sizga  berilgan  nuqsonlargagina  e’tibor  berib,  bundan  nolisangiz-u,  sizga  ato 

etilgan  fazilatlarni  ko’ra bilmasangiz  – bu noshukrlik  bo’ladi. 




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə