Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32

 

59 

munosabatga 

kirishish 

kerakligini 

o’rgatuvchi 

darsxona 

hamdir. 

Shaxsiyatimiz 

shakllanishida  oila,  xususan,  ota-onaning  tutgan  o’rni  juda muhim. 

Ota-ona va farzand 

Ota-ona  –  bizni  hech  bir  shartsiz  suya  oladigan  yaqinlarimiz.  Ota-onaning 

farzandiga  bo’lgan  sevgisi  hech  qanday  tashqi  holatlarga  bog’liq  bo’lmaydi.  Farzand  – 

xoh  u  bezori,  xoh  yuksak  fazilat  egasi  bo’lsin  –  ota-ona  uchun  birdek  suyukli. 

O’g’rining  onasi  ham  bolasini  imomning  onasi  bolasini  suyganchalik  suyadi. 

Dahriyning  otasi  ham  bolasini  mo’minning  otasi  farzandini  suygandan  kam  sevmaydi. 

Ammo  ko’pincha  farzand,  ba’zida  esa  ota-ona  xatosi  ortidan  ota-ona  va  farzand 

o’rtasidagi  munosabatlar  chigallashadi.  Afsuski,  hamma  ota-onalar  ham  o’z  bolalariga 

to’g’ri  tarbiya  bera  olmaydilar  va  hamma  farzandlar  ham  o’z  farzandlik  burchlarini 

bajara olmaydi. 

Ota-ona  va  farzand  o’rtasidagi  munosabatlar  sog’lom  bo’lishida  ota-onaning  roli 

kattaroq.  Ular  chaqaloqligimizdan  bizga  dunyo  va  uning  tarkibiy  bo’laklari  haqida 

tushuncha  berib  boradilar,  u yoki  bu holatga  qanday  munosabatda  bo’lishni  o’rgatadilar. 

Aynan  dunyo  haqida  tushuncha  shakllanayotgan  yoshda  ota-onadan  farzandiga 

nisbatan 

ziyrakroq 

munosabatda 

bo’lish  talab  etiladi.  Bolaning  tushunchalari 

shakllanishini  nazorat  qilish  va  bu  jarayonni  to’g’ri  o’zanga  solib  turish  bolaning 

keyingi  hayotini  ko’p jihatdan  belgilab  beradi. 

Kuchli  shaxsiyatni  tarbiyalashning  birinchi  navbatdagi  sharti  –  bolaga  shartsiz 

mehr  berishdir.  Ya’ni  bolangiz  bilan  shartsiz  munosabatga  kirishish.  Ammo  ko’pchilik 

bola  tarbiyasida  tobelik  munosabati  yo’lidan  borishni  afzal  ko’radi.  Ular  bola 

tarbiyasida  man  etishlar,  kuch  ishlatish  yoki  o’z  so’zini  o’tkazish  kabi  usullardan 

foydalanadi. 

Farzand  tarbiyasida  tobelik  munosabati  o’rnatish  bir  qator  salbiy  oqibatlarga  olib 

keladi.  Avvalo,  farzandda  ota-onasi  mehrini  qozonish  uchun  biror  talabni  bajarishi, 

biror  ishni  qilishi  kerakligi  haqida  tushuncha  paydo  bo’ladi.  U  shu  shartlarni  bajarmasa, 

ota-onasining  mehriga  arzimaydigan  odam  ekaniga  ishonib  qoladi.  Bu  nuqsonlilik 

kompleksini  keltirib  chiqaradi. 

“Falon  ishni  qilsang,  men  seni  yaxshi  ko’rmay  qo’yaman”  kabi  tarbiya  usullari 

juda  xavfli.  Bunda  farzand  ota-onasidan  shartli  mehr  olib  o’rganadi  va  keyinchalik  o’zi 

ham  birovni  shartsiz  yaxshi  ko’ra  olmaydigan  bo’lib  qoladi.  Yoshligida  ota-onasidan 

shartsiz  mehr  ko’rmagan  odam  o’z  oilasi  va  farzandlariga  ham  shartli  mehr  ko’rsatishi 

ana shundan.  Axir,  qush  uyasida  ko’rganini  qiladi. 

Farzandingizni  u  yoki  bu  narsaga  yo’naltirishga  harakat  qilmang.  To’g’ri,  siz 

zamonga  qarab  farzandingiz  uchun  eng  ma’qul  kasbni  tanlashga  urinasiz.  Ammo 

sizning  majburlashingiz  bilan  o’rganilgan  sohada  u  hech  bir  muvaffaqiyatga 

erishmasligi  mumkin.  Bolaga  yoshligidan  o’zi  qiziqqan  narsalarini  qilishiga  imkon 

berish  kerak.  Yosh  bola  aqli  hali  u  yoki  bu  mashg’ulot  ortidan  keladigan  manfaatni 

bilmaydi  –  shuning  uchun  ko’ngli  tortgan  ishni  qiladi.  Ana  shu  qiziqishini  rivojlantirsa, 

ulg’ayib  o’z  kasbining  ustasi  bo’ladi  va  zamon  qanday  bo’lmasin,  o’z  kasbidan  ham 

moddiy  naf,  ham  ma’naviy  zavq  olib  yashaydi. 



 

60 

Men 


maktabni 

tamomlash  arafasida  turgan  juda  ko’p  o’smirlar  bilan 

suhbatlashdim.  Ularning  aksariyati  hayotdan  nima  istashini,  qaysi  kasb  egasi  bo’lishga 

astoydil  qiziqayotganini  bilmaydi.  Bunga  sabab  yoshlikda  ularni  ota-onalari  ular  aslida 

qiziqqan  narsadan  chalg’itib,  boshqa  sohaga  burib  yuborishganidir.  Ular  ota-onalari 

aytgan  sohani  o’rganib,  o’zlari  qalban  nimani  istashlarini  unutib  qo’yishgan. 

O’z  kelajak  kasbini  aniq  bilgan  yoshlardan  “Nega  aynan  shu  kasbni  tanladingiz?” 

deb  so’raganimda,  ko’pchilikdan  “Chunki  bu  juda  daromadli  kasb”,  “Chunki  bu  sohada 

ish  topish  oson”,  “Chunki  otam  (yoki  onam)  shu  kasb  egasi”  kabi  javob  oldim.  Afsuski, 

ulardan  juda  kamchiligi  bu  savolga  “Chunki  men  shu  kasbni  sevaman  va  kelajakdagi 

o’zimni  shu  kasb egasi  sifatida  tasavvur  qilyapman”  degan  javob berdi. 

Farzand  tarbiyasida  tobelik  munosabati  o’rnatilishining  yana  bir  belgisi  –  ota-

onaning  farzandi  uchun  qaror  qabul  qilishi.  “Sen  falon  joyda  o’qiysan  va  falon  kasb 

egasi  bo’lasan”,  “Sen  hech  qayerda  o’qimaysan  va  menga  biznesimda  yordamlashasan”, 

“Sen  falonchiga  turmushga  chiqasan  (uylanasan)”,  “Sen  men  aytganimni  qilasan”  kabi 

buyruqlar  bunga  misol.  Bunday  usulda  tarbiya  ko’rgan  farzand  mustaqil  qaror  qabul  qila 

olmaydigan  va  o’z  hayotini  boshqalar  qo’liga  topshirib  qo’yadigan  kuchsiz  shaxsiyat 

egasi  bo’lib  ulg’ayadi.  Bunday  odamlar  odatda  ota-onalaridan  alohida  yashashga 

qiynaladi. 

Farzandingizga 

aloqador 

har 


qanday  qaror  qabul  qilinishida  farzandingiz 

ishtirokini  ta’minlang.  Mayli,  siz  u  tanlayotgan  yo’lni  ma’qullamassiz  va  o’z 

bilganingizcha  ish  tutmoqchidirsiz.  Ammo  buni  majburlash  yo’li  bilan  emas,  tanlov 

berish 


yo’li 

bilan  qiling.  Farzandingiz  uning  ham  xohish-istaklari  inobatga 

olinayotganini  va  uning  shaxsiyatiga  hurmat  ko’rsatilayotganini  bilsin. 

Navbatdagi  sirni  eshitish  ba’zi  ota-onalarga  yoqmasligi  mumkin.  Ammo  odilona 

o’ylab  ko’rilsa,  buning  isboti  ko’p.  Ota-onalar  bolalariga  tazyiq  o’tkazishlariga  bir 

sabab  –  ular  o’zlarini  kechira  olmasliklaridir.  Ular  yoshlikda  o’zlari  yo’l  qo’ygan 

xatolar  uchun  o’zlarini  kechira  olmaydilar  va  farzandlari  xuddi  o’sha  xatolarga  yo’l 

qo’yishlarining  oldini  olishga  zo’r  berib  harakat  qiladilar.  Bu  o’z-o’zini  kechira  olmay, 

aybdorlik  tuyg’usi  bilan  yashashning  yana  bir  salbiy  oqibati.  Shunday  ekan,  o’z 

xatolaringiz  soyasi  farzandingiz  farovonligiga  tushishiga  yo’l  qo’ymang.  Unga  ham 

xato  qilishga  imkon  bering.  Axir,  sizning  tajribali  ota-ona  bo’lishingizga  ham  aynan 

o’sha  xatolar  xizmat  qilgan. 

Farzandning  ota-onaga  bo’lgan  munosabati  haqida  gapirmayman  –  bu  haqida 

shundoq  ham  juda  ko’p  gap  aytilgan.  Ammo  bir  narsa  barchamizning  yodimizda 

bo’lishi  zarur  –  ota-ona  bizga  eng  katta  va  beg’ubor  mehr  bera  oladigan  dunyodagi 



yagona  odamlar.  Hech  kim  (hatto  o’zimiz  ham)  bizni  ota-onamizchalik  seva  olmaydi. 

Shu  haqiqatning  o’zi  ota-onaga  qanday  munosabatda  bo’lish  joizligi  haqida  ko’p  narsani 

aytadi. 

Turmush o’rtoqlar 

Umr  yo’ldoshlar  o’rtasidagi  munosabatlar  ham  imkoni  boricha  shartsiz  bo’lishi 

lozim.  Tobelik  munosabatiga  asoslangan  turmushlardagi  muammolar  haqida  barchamiz 

yaxshi  bilamiz  (kinochilarimiz  buni  har  tomondan  tasvirlab  ulgurishgan).  Ammo, 

nimagadir,  bunday  hollarda  har  doim  bir  tomon  jabr  ko’rsatuvchi  (aybdor)  boshqa 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə