Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32

 

33 

pasaytirib  yuborsa,  ya’ni  muhimlik  ko’rsatkichini  noldan  tushirib  yuborsa  –  bu  odam 

tabiatida  komplekslarni  hosil  qiladi. 

Har  qanday  kompleks  ortida  odamning  qandaydir  zaif  tomoni  turadi.  Siz  o’zingiz 

nimada  kuchsiz  ekaningizni  juda  yaxshi  bilasiz  va  bu  borada  boshqalardan  o’zingizni 

quyi  hisoblaysiz.  Bunda  kompleks  hosil  bo’lmay  iloji  yo’q. 

Har  qanday  kompleksni,  xuddi  har  qanday  xastalik  singari,  davolasa  bo’ladi. 

Aslida  kompleks  –  yomon  narsa  emas.  Unga  e’tibor  berilmasa,  u  zararsiz.  Ammo  biz 

o’z  komplekslarimiz  hayotimizga  salbiy  ta’sir  qilishiga  ko’pincha  qarshilik  qila 

olmaymiz.  Shuning  uchun  komplekslardan  holi  bo’lgan  maqsadga  muvofiq. 

Men  sizga  turli  komplekslarni  umumiy  jihatlariga  qarab  guruhlarga  birlashtirib 

bayon  qilaman.  Bugungi  suhbat  oxirida  siz  har  qanday  kompleks  sababini  topib,  uni 

bartaraf  etib,  undan  xalos  bo’lish  yo’lini  topa oladigan  bo’lasiz. 

 

Nuqsonlilik komplekslari 

Bu  tur  komplekslar  hammada  uchraydi  –  ular  juda  ommabop.  Har  kim  o’zida 

qandaydir  kamchilikni  ko’ra  biladi  –  buni  ko’pincha  hech  kimga  aytmaymiz,  ammo 

o’zimiz  buni  juda  yaxshi  bilamiz. 

Tashqi ko’rinish: moda 

Tashqi  ko’rinishimizdagi  nuqsonlar  –  eng  katta  bosh  og’rig’imiz.  Biz  har  doim 

chiroyli  yuz,  kelishgan  qaddi-qomat,  so’nggi  modadagi  kiyim  egasi  bo’lishga  intilamiz. 

Bunday  tobelikka  ayollar  ham,  erkaklar  ham  bir  xilda  moyil  –  ayollar  o’z  tashqi 

ko’rinishi  haqida  erkaklardan  ko’proq  qayg’uradi  degan  fikr  asossiz.  Shunchaki,  ayollar 

o’z  tashqi  ko’rinishlari  haqidagi  tashvishlarini  oshkora  qila  oladilar  –  erkaklar  esa  bunda 

ancha 

cheklangan. 



AQSHdagi  so’rovnomalar  shuni  ko’rsatganki,  kiyim-kechak, 

gigiyenik  vositalar,  pardoz  va  soch  turmagi  xizmatlariga  erkaklar  ayollardan  ko’ra 

ko’proq pul  sarflashar  ekan. 

Har  birimiz  tashqi  ko’rinishda  qandaydir  andozaga  tushishga  harakat  qilamiz.  Bu 

andozalar  vaqti-vaqti  bilan  o’zgarib  turadi  va  ular  bizning  juda  ko’p  qarorlarimizga 

ta’sir  qiladi.  Bu  –  albatta,  moda.  Hozirgi  kunda  hamma  narsaga  moda  qo’yilgan:  kiyim-

kechakdan  tortib,  she’vagacha.  Odamlar  modadagi  ovqatlarni  yeyishadi,  modadagi 

xizmatlardan  foydalanishadi,  moda  bo’lgan  supermarketlarda  savdo  qilishadi,  modadagi 

so’zlarni  ishlatib  gaplashishadi  –  hatto,  moda  bo’lgan  usulda  sevishadi.  Hayronmisiz? 

Uyali  aloqa  vositasi  yoki  internet  orqali  sevishish  qanchalik  keng  tarqalganiga  e’tibor 

bering  – o’zingiz  bunga  amin  bo’lasiz. 

Ammo  moda  hammasidan  ham  tashqi  ko’rinishimiz  qanday  bo’lishiga  ko’proq 

ta’sir  qiladi.  Bunda  qandaydir  qoidalar  o’rnatilishi  va  u  ommaviy  qabul  qilinishi 

insonning  imkoniyatlarini  cheklaydi  va komplekslarga  sabab bo’ladi. 

Kamdan  kam  qiz  90:60:90  qoidasidan  bexabar  bo’lsa  kerak.  Bu  qoidani  kuchli 

jins  vakillari  ham  juda  yaxshi  bilishadi.  Ammo  hamma  gulruxsorlar  ham  bu  andozaga 

to’g’ri  kelmaydilar.  Buning  natijasida  qizlarda  o’z  qomatidan  qoniqmaslik  tuyg’usi 

paydo  bo’ladi.  Agar  bunday  holatga  duch  kelgan  qizning  ma’naviy  immuniteti  kuchsiz 

bo’lsa,  u o’zini  turli  xil  diyetalarga  uradi  va sillasi  quriguday  bo’lib  och yuradi. 



 

34 

Moda  ortidan  quvib  jabr  ko’rishda  yigitlar  ham  qizlardan  kam  emas.  Modadagi 

kiyimni  kiyish  ilinjida  topgan  pulini  kiyim  do’konlarida  sarflaydigan  yigitlarni  ko’p 

uchratamiz.  Ularning  kiyim  javonlari  to’lib  ketgan  –  ammo  kompleks  ularni  yangi  va 

yangi  kiyim  sotib  olishga  undayveradi. 

Agar  odam  moda  kompleksi  ta’siriga  tushib  qolib,  bu  tobelikdan  qutula  olmasa  – 

u  o’ziga  jismoniy  va  moddiy  zarar  yetkazishi  mumkin.  Ba’zida  modadagi  kiyim  o’ziga 

mutlaqo  yarashmasa  ham,  undan  voz  kechishga  haddi  sig’maydigan  odamlarni 

uchratasiz.  Ular  moda  kompleksiga  so’zsiz  itoat  etadilar  va  bu  tobelikdan  xalos 

bo’lishga  harakat  ham  qilmaydilar. 

Avvalo,  umum  qabul  qilingan  andozalarga  amal  qilish  noto’g’ri.  O’zingiz  o’ylab 

ko’ring  –  dunyoda  hamma  odam  bir  xil  bo’lishi  mumkin  emas.  Hamma  uchun  umumiy 

o’lchovlar  o’rnatish  kimga  kerak  –  bilasizmi?  Sizga  navbatdagi  sirni  ochaymi? 

“To’g’ri”  qaddi-qomat  qanday  bo’lishi  kerakligi  haqidagi  uydirmalarni  kiyim 

ishlab  chiqaruvchi  sanoat  podshohlari  o’ylab  topadi.  Chunki  ular  mutlaqo 

hammaga  mos  keladigan  kiyim  tika  olmaydilar  –  shuning  uchun  hammani  ular 

chiqargan  mahsulotga  mos  qomatga  ega  bo’lishiga  da’vat  qiladilar.  Aks  holda 

ularning  mahsulotlarini  juda  kam  odam  sotib oladi  va ular  kasodga uchraydilar

Shunday  ekan,  qomatingizni  kimlardir  belgilab  bergan  andozalarga  “moslab” 

olishga  harakat  qilmang.  Bu  sizga  zinhor  kerak  emas.  Busiz  ham  xotirjam  baxtli 

bo’lishingiz  mumkin.  Axir,  baxtingiz  qomatingizga  bog’liq  emas. 

Ashaddiy  modaparastlar  hozir  “Modaga  qarab  kiyinishning  nimasi  yomon?”  deb 

dod  solayotganini  tasavvur  qilib  turibman.  Buning  yomon  joyi  yo’q.  Faqat  o’sha 

modani  qayerdan  olayotganingizga  e’tibor  bering.  Modani  kim  yaratadi  deb  o’ylaysiz? 

Nahotki,  odamlar  didini  mashhur  dizaynerlar  belgilab  beradi  deb  ishonsangiz?  Mana 

sizga  yana  bir  oliy  sir:  modani  o’ziga  yoqqan  va  yarashgan  kiyimni  kiyuvchilar 

yaratadi  – moda  sanoati esa ulardan  nusxa olib, keng ommaga  olib  chiqadi,  xolos

Modani  siz  yaratasiz.  Agar  siz  o’z  didingiz  va  ko’nglingizga  quloq  solib  kiyim 

tanlasangiz,  u  sizga  albatta  yarashadi,  bu  libosda  o’zingizni  yaxshi  his  qilasiz.  Bu  hatto 

eng  arzon  matox  bo’lishi  mumkin  –  ammo  u  aynan  siz  uchun  yaratilgan  bo’lsa  va  siz 

uni  to’g’ri  tanlagan  bo’lsangiz  –  atrofdagilar  sizga  o’girilib  qaraydi.  Kiyim  sizning 

ustingizda  qanday  mos  turganini,  har  qanday  nuqsondan  holi  ekanini  ko’rib,  ular  xuddi 

shu  kiyimdan  o’zlariga  ham  olgani  do’konga  yugurib  qolishadi.  Axir,  siz  hech 

birovning  ustida  chiroyli  turgan  kiyimdan  bozorda qidirmaganmisiz? 

Kiyim,  so’zsiz,  sizning  chiroyingizni  ochadigan  narsa.  Ammo  u  modaga  qarab 

emas, 


sizning 

asl 


xohishingiz 

va 


talablaringizga 

qarab 


tanlansagina, 

sizning 


chiroyingizni  ochadi.  To’lacha  odam  nozik  qomat  egalarini  ko’zlab  tikilgan  kiyimni 

modaga  qarab  tanlasa  yoki  qishning  izg’irinida  modaga  qarab  yengil  kiyinilsa  –  bunday 

modaning  sizga  foydasi  bormi? 

Siz  kiygan  libos  –  sizga  yoqsin,  ommaga  emas.  Siz  kiygan  kiyim  sizga  qulay 

bo’lishi  va  sizni  issiq  yoki  salqin  tutishi  kerak  –  modaga  mos  kelishi  kerak  emas. 

Sizning  modangizni  faqatgina  siz  yaratasiz.  O’z  modasini  yarata  olmaganlar  esa  – 

sizdan  andoza  oladilar.  Kiyim  tanlashni  ko’nglingizga  qo’yib  bering.  U  hech  qachon 

adashmaydi. 




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə