Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32

 

37 

Ichki  nuqsonlilik  kompleksi  ham  xuddi  tashqi  nuqsonlilik  kompleksi  kabi  o’zini 



o’zi  oshirish  xususiyatiga  ega.  Ya’ni  kimdir  biror  kamchiligiga  o’ta  yuqori  ahamiyat 

berib  yuborsa,  kompleks  uning  xatti-harakatlarini  shunday  boshqaradiki,  uning  bu 

kamchiligi  yana-da  yaqqolroq  namoyon  bo’ladi.  Misol  uchun,  odamlar  bilan  muloqotda 

bo’lish  qobiliyatiga  ishonmagan  odam  har  kim  bilan  suhbatda  o’z  nuqsonini  yashirishga 

harakat  qiladi.  Buning  uchun  zo’r  berib  chiroyli  va  dadil  gapirishga,  muloqotni  qiziqarli 

qilishga  urinadi.  Ammo  bu  urinishlar  nosamimiy,  soxta  muloqotni  keltirib  chiqaradi  va 

suhbatdosh  bu odam  rostdan  ham  muomala  qilishni  bilmasligiga  amin  bo’ladi. 

Yoki  o’z  aqliy  qobiliyatlarida  shubhalangan  odamni  olaylik.  Unga  katta  aqliy 

faollikni  talab  etadigan  ish  topshirilsa,  u  bu  ishni  uddalay  olmasligiga  shu  qadar 

ishonadiki,  bundan  sergaklikni  yo’qotib,  ishni  rostdan  ham  katta  nuqsonlar  bilan 

bajaradi. 

Navbatdagi 

sir 

o’z  imkoniyatlaringizni  baholaganingizda  yodingizda  tursin: 



sizning  miyangiz  o’zini  o’zi  tarbiyalash  xususiyatiga  ega  –  ya’ni  siz  unga  qanday 

ko’rsatmalar  bersangiz,  u  shunga  monand  ish  ko’radi.  Bu  siz  xayolingizda  o’z 

imkoniyatlaringizga  u  yoki  bu  jihatdan  baho  berib,  o’zingizda  shu  qobiliyatlar  o’sishi 

yoki  kamayishiga  turtki  berasiz  degani. 

Bir  abiturient  oliygohga  imtihon  topshirgan.  U  asosiy  fanlar  qatori  odam  zehni 

darajasi  va  mantiqiy  fikrlashini  tekshiradigan  maxsus  IQ  test  sinovidan  ham  o’tgan. 

Imtihon  natijalari  yozilgan  xatda  u  96  ball  to’plab,  oliygohga  kirgani  haqida  yozilgan.  U 

bu  natijani  IQ  testining  150  ballidan  96  olganman  deb  o’ylagan  va  o’zini  zehni  pastlar 

qatoriga  qo’shgan. 

Butun  birinchi  semestr  davomida  u  o’z  aqliy  qobiliyatlaridan  shubhalanib  o’qigan. 

Shundan  uning  fanlardan  olgan  baholari  juda  past  bo’lgan.  Semestr  so’nggida  uni  bir 

fanni  qayta  topshirish  uchun  chaqirgan  mualllim  unga  kirish  imtihonlarida  100  dan  96 

olgan  odamdan  bunday  natija  kutmaganini  aytgan. 

O’z  xatosini  tushunib  yetgan  talaba,  semestr  fanlarini  namunali  topshirib,  ikkinchi 

semestrda  oliygoh  bo’yicha  eng  yuqori  natijalarga  erishgan. 

Ana  shunaqa.  O’z  imkoniyat  va  qobiliyatlaringizni  shubha  va  ishonchsizlik 

xayollari  bilan  cheklamang.  O’z  kuchingiz  va  iqtidorlaringizga  to’liq  ishonib  yashang  – 

toki  bu  ishonchni  onggingiz  iste’dodlaringizni  o’stirish  uchun  ko’rsatma  deb  qabul 

qilsin. 


Ichki  nuqsonlilik  kompleksidan  xalos  bo’lishning  eng  samarali  yo’li  –  bu 

kechirishdir

Siz 


o’z 

kamchiliklaringiz 

uchun 

o’zingizni 



kechira 

olsangiz, 

nuqsonlaringiz  hayotingizga  soya  solishiga  imkon  bermagan  bo’lasiz.  Bir  qarashda, 

juda  oson  narsa  –  o’zini  kechirish,  bu  hammaning  qo’lidan  keladigandek.  Lekin  bu  siz 

o’ylaganchalik  oson  tadbir  emas  –  juda  ko’p  odamlar  o’z  kamchiliklarini  qabul  qilib, 

ular  haqida  qayg’urmay  yashash  baxtini  o’zlariga  ravo ko’rolmaydilar. 

Sizga  bir  sirni  ochaman  –  u  sizga  juda  yoqadi:  mukammallik  –  borki 

nuqsonlardan  holi  bo’lish  emas,  teng  miqdorda  fazilat  va  kamchiliklarga  ega 

bo’lishdir.  Mukammallikka  jamiyat  bergan  ta’rif  uni  xatolardan  holi  bo’lishdek 

tasvirlaydi.  Ammo  mukammallikning  asl  ta’rifini  tabiatdan  axtarish  darkor.  Tabiatdagi 

mukammallikni  qarang  –  har  narsaning  ziddi  bor:  havo  o’ta  isib  ketsa,  sovuq  oqimlar 



 

38 

darhol  bu  holatni  to’g’rilaydi;  bir  joyda  bosim  tushib  ketsa,  bu  bo’shliq  darhol 

to’ldiriladi;  tug’ilishga  qarshi  o’lim,  yorug’likka  qarshi  zulmat  bor.  Agar  bu  mukammal 

muvozanatning  birgina  elementi  yo’qolib  qolsa,  Yerda  hayot  to’xtaydi.  Shunday  ekan, 

sizga  xos  fazilatlar  qatori,  atvoringizda  kamchiliklar  borligi  –  mukammalligingizdan 

dalolat.  Mukammal  odam  esa o’z  kamchiliklari  uchun  o’zini  kechira  oladi. 

Kechira  olish  qobiliyati  nafaqat  sizning,  balki  atrofingizdagi  odamlarning  ham 

nuqsonlari  kompleks  darajasigacha  o’sib  ketishining  oldini  oladi.  Yaqinlaringiz  va 

do’st-yorlaringiz  kamchiliklarini  kechiring  –  toki  ular  o’z  nuqsonlari  sizga  zarar 

yetkazmayotganini  bilsinlar  va  yengil  tortsinlar.  Bu  o’z  nuqsonlari  kompleksidan  xalos 

bo’lishlarida  siz  ularga  bergan  eng  katta ko’magingiz  bo’ladi. 

Navbatda  aybdorlik  tuyg’usi  haqidagi  suhbat.  Hozir  esa  kitobni  yoping-da,  bir 

soat  aqlingizga  dam  bering.  Aks  holda  u  o’ta  charchab  ketganidan  men  sizga  aytmoqchi 

bo’lgan  keyingi  sirlarni  tushunmay  qolishi  mumkin.  Sizning  o’zingizga  vaqti-vaqti 

bilan  mutolaadan  dam berib  turish  fazilatingiz bor – shuni  unutmang. 

Men esa hordiq  chiqarib  qaytishingizni  sabrsizlik  bilan  kutaman. 

 

Aybdorlik tuyg’usi 

Aybdorlik  tuyg’usi  psixologik  komplekslar  ichida  eng  zararkunandasi  va  yengib 

o’tish  qiyin  bo’lganidir.  Uning  kuchi  yengil  mas’uliyat  hissidan  tortib  vijdon 

azobigacha 

bo’lishi  mumkin.  Bizning  jamiyatimizda  u  har  bir  odamda  bor, 

adashmasam.  Chunki  bizni  yoshlikdan  juda  ko’p  narsalarga  javobgar  bo’lishga 

o’rgatishadi. 

Sizda  xato  tasavvur  uyg’onmasligi  uchun  avvalo  men  sizga  aybdorlik  tuyg’usini 

ta’riflab  beray.  Aybdorlik  tuyg’usi  –  odam  qilgan  (yoki  qilmagan)  biror  xatti-harakat 

yoki  xayol  uning  fikricha noto’g’ri ekanini tan olib, bu xatti-harakat yoki xayol uchun 

o’z  shaxsiyatidan  xafa,  norozi  yoki  hatto  nafratda  bo’lish  holatidir.  Ayatylik,  siz  hech 

o’zingizni  yomon  farzand,  ota-ona  yoki  turmush  o’rtoq  deb  o’ylagan  paytlaringiz 

bo’lganmi?  Biror  ishingizdan  pushaymon  yegan  va  vijdon  azobi  qiynagan  damlarni 

boshingizdan  kechirganmisiz?  Bularning  bari  aybdorlik  tuyg’usiga  misoldir. 

Kishi  o’z  qarorlari  uchun  javobgarlikni  his  etishi  kerak,  albatta.  Ammo  odam  o’z 

qilmishlaridan  pushaymon  bo’lishi,  o’zini  koyishi,  aybdor  yoki,  Xudo  ko’rsatmasin, 

gunohkor  his  etishi  mutlaqo  noo’rin. 

Birinchidan,  siz  nimaki  qilmang  –  hammasi  yaxshilikka  xizmat  qiladi.  Agar  xato 

qilgan  bo’lsangiz  –  uni  tan  oling,  ammo  u  uchun  o’zingizni  aybdor  his  etishingiz  shart 

emas.  Faqat  shundagina  xato  sizga  saboq  bo’ladi  va  keyingi  gal  siz  ehtiyotkorroq 

bo’lasiz.  Xatolar  ham  sizning  shaxsiy  o’sishingizga  xizmat  qilishi  yodingizda  bo’lsin. 

Ikkinchidan,  sizning  xato  qilishga  to’liq  haqqingiz  bor.  Siz  ilohiy  mavjudot 

emassizki,  o’zingiz  qilgan  xatolarni  kechirolmasangiz  va  ular  uchun  o’zingizni 

koyisangiz.  Sizda  hech  kimni  (hatto  o’zingizni  ham)  gunohkor  deb  atash  huquqi  yo’q. 

Shunday  ekan, o’z  xatolaringiz  uchun  o’zingizni  kechiring. 

Uchinchidan,  siz  qilgan  xatti-harakat  chindan  ham  yomon  ekanini  siz  hech  qachon 

bilmaysiz.  Ba’zida  biz  xato  deb  o’ylagan  ishlar  natijasi  mutlaqo  biz  kutmagan  –  ya’ni 

biz  yoki  yaqinlarimiz  uchun  manfaatli  natijalarga  olib  kelishi  mumkin.  Siz  bir  ishning 




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə