Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32

 

48 

chalingan  odamlarga  xos  –  ular  o’z  ishlari  kamchiliksiz  bo’lishini  istaydilar  va 

xatolardan  azbaroyi  qo’rqadilar. 

Har  birimiz  har  qadamda  qandaydir  qarorlar  qabul  qilib  yashaymiz  –  bizning 

hayotimiz  to’lig’icha  qarorlardan  iborat  desa  ham  bo’ladi.  Ba’zida  oldimizga  muhim 

maqsad  qo’yamiz-u,  natija  biz  kutgandek  bo’lmaydi  va  biz  tushkunlikka  tushamiz. 

Ba’zida  esa  arzimas  deb  o’ylagan  qarorlarimiz  hayotimizda  katta  o’zgarishlarga  sabab 

bo’ladi. 

Navbatdagi  sirdan  boxabar  bo’lishga  tayyormisiz?  Buni  qarangki,  hayotda  omad 

yoki  omadsizlik  degan  narsa  yo’q  ekan.  Ularni  odamlar  o’ylab  topgan  –  agar  hayot 

biz  aytgan  reja  bo’yicha  borsa,  buni  omad,  agar  shu  rejadan  og’ib  ketsa  –  buni 

omadsizlik  deb  ataymiz.  Xo’sh,  o’sha  rejalarni  kim  tuzadi?  Albatta,  bizning  aqlimiz. 

Aql  hayotiy  vaziyatlarni  o’z  intilishlariga  mos  kelish-kelmasligiga  qarab,  omad-

omadsizlikka  ajratadi. 

Ammo  aqlning  bu  ishi  juda  kulgili.  Chunki  u  omadsizlik  deb  atagan  narsa  natijada 

bizga  katta  foyda  keltirishi  va  aksincha,  u  omad  deb  baholagan  voqea  juda  salbiy 

oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin.  Bunga  hayotda  juda  ko’p  misollar  mavjud  –  o’zingiz 

ham  bunday  vaziyatga  duch  kelgansiz. 

Ishingizning  natijasi  qanday  bo’lishi  sizning  ahdingizga  bog’liq.  Agar  ish 

boshidan 

o’zingizga 

to’liq 

ishonib,  o’z  imkoniyatlaringizni  shubha  tarozisida 



o’lchamasangiz  –  hammasi  siz  aytgandek  bo’ladi.  Bordi-yu,  ishga  qo’l  urmay  turib, 

uning  natijasidan  qo’rqsangiz  –  bundan  sizning  ahdingiz  bulg’anadi  va  ish  chappasiga 

ketishi  katta ehtimolga  aylanib  qoladi. 

Undan  keyin,  xato  qilmaslik  uchun  –  hech  narsa  qilmaslik  kerak.  Xato  qilish  esa  – 

insonga  xos.  Shaxsiy  muhimlik  tuyg’uyingiz  “sening  xato  qilishga  haqqing  yo’q” 

deganiga  quloq  solmang.  Axir,  xatolarning  ham  o’z  foydasi  bor  –  ular  o’zlarini  o’zlari 

to’g’rilash  xususiyatiga  ega. Buni  quyidagi  misolda  izohlab  beraman. 

Ko’pchilik  til  o’rganuvchilar  xato  qilishdan  qo’rqib  gapirmaydilar.  Bundan 

ularning  og’zaki  nutq  qobiliyatlari  sust  rivojlanadi.  So’zni  xato  talaffuz  qilib  qo’yib, 

ko’pchilik  ichida  izza  bo’lish  kimga  ham  yoqardi.  Ammo  agar  siz  gapirmasangiz,  aynan 

shu  so’zni  noto’g’ri  talaffuz  etishingizni  bilmaysiz.  Og’zaki  gapirish  sizga  aynan  o’z 

talaffuz  xatolaringizni  ochib  beradigan  jarayon. 

Bir  so’z  bilan  aytganda,  xatoni  tuzatish  uchun,  avval  shu  xatoni  qilish  kerak  – 

xatodan  qo’rqish  esa bunda  sizni  juda cheklab  qo’yadi. 

Yana  bir  gap.  Biror  ishni  boshlashdan  avval  esingizda  bo’lsin  –  ishning  natijasi 

muhim  emas.  Siz  uchun  ishni  bajarish  jarayoni  ko’proq  ahamiyatga  ega.  Chunki  bu 

jarayon  sizning  shaxsiy  o’sishingizga  xizmat  qiladi.  Siz  bir  cho’qqini  zabt  etishga 

kirishdingizmi  –  bunda  hech  narsadan  qo’rqmang.  Bu  tadbirni  amalga  oshirishda  o’z 

qo’rquvingizga  so’z  bermay,  ko’zlagan  maqsadingizga  erishsangiz  –  siz  kuchli 

shaxsiyat  zinasida  bir  pog’ona  yuqori  ko’tarilasiz.  Keyingi  gal  bu  kabi  ish  siz  uchun 

muammo  bo’lmaydi  va siz  undan  ortiq  hadiksiramaysiz. 

Tanqiddan  qo’rqishning  har  qanday  ko’rinishi  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usi  asosida 

yuzaga  keladi.  Biz  o’z  muhimligimizga  zarar  yetishidan  qo’rqamiz,  aslida.  Ammo 

odamning  o’z-o’ziga  hurmati  tashqi  ta’sirlarga  bog’liq  bo’lmasligi  lozim.  Unutmang! 




 

49 

Juda  ko’p  odamlar  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usiga  tobe  yashaydilar.  Shuning  uchun  ular 

tanqiddan  qo’rqishga  o’ta  moyil.  Siz  kuchli  shaxs  egasi  bo’lishga  intilyapsiz  –  xo’sh, 

bunday  intilishga  ega  bo’lmaganlar  siz  haqingizda  qanday  fikrda  bo’lishi  siz  uchun 

muhimmi?  Muhimlikdan  voz  kechish  – qo’rquvdan  ozod bo’lish  demakdir. 

 

Hech kimga kerak bo’lmasam-chi? 

Ijtimoiy  qo’rquvlarning  yana  bir  qiziq  ko’rinishi  –  yolg’izlikdan  qo’rqishdir.  Men 

bunda  xonada  yoki  uyda  yolg’iz  qolish  fobiyasini  nazarda  tutmayapman.  Yolg’izlikdan 

qo’rqish  –  hayotda  o’z  hamrohini  topa  bilmaslikdan  yoki  atrofdagi  odamlar  e’tiboridan 

mahrum  bo’lishdan  qo’rqishdir. 

Bu  qo’rquv  zamirida  odamning  muloqot  va  jamiyat  a’zosi  bo’lish  ehtiyoji  yotadi. 

Odamzodga  nimagadir,  u  har  doim  kimgadir  kerakligini  bilish  juda  zarur.  Bunday 

tobelikka  hammamiz  moyilmiz  –  buni  hech  kim  rad  eta  olmaydi.  Aslida,  bu  biz 

o’ylagandan  kuchliroq  tobelik  –  zamonaviy  aloqa  vositalari  buni  yaqqol  tasdiqlab 

turibdi.  Internetdagi  ijtimoiy  tarmoqlarga  a’zo  bo’lgan,  bir  kunda  bir  mahal  u  yerga 

kirib  turmasa,  o’zini  yomon  his  qiladigan  odamlar  qanchaligiga  e’tibor  bering. 

Bularning  hammasiga  yolg’izlikdan  qo’rqish  majbur  qiladi. 

O’z-o’zicha  bu  qo’rquv  hech  bir  zarar  keltirmaydi  –  u,  bir  jihatdan,  tabiiy 

qo’rquvga  asoslangan.  Yakka  odam  o’zini  xavf  ostida  sezadi  –  shuning  uchun  biz  har 

doim  guruh  ichida  bo’lishga  intilamiz.  Ammo  agar  bu  qo’rquvga  erk  berilsa,  odam  o’z 

erkinligidan  va ko’ngil  xotirjamligidan  mahrum  bo’lishi  mumkin. 

Bu  qo’rquvning  bir  alohida  zarari  bor  –  unga  balog’at  yoshidan  o’tgan  va  hali 

turmush  qurmagan  qizlar  juda  moyil.  Ishonchli  va  munosib  umr  yo’ldoshini  topish  ilinji 

qizlarda  yolg’izlikdan  qattiq  qo’rqishga  sabab  bo’ladi.  Bunda  shoshilinch  va 

o’ylamasdan  qilingan  tanlovlar  oxir-oqibat  qizning  hayotini  azobga  aylantirishi 

mumkin. 


Esingizda  bo’lsa,  sizga  bir  odamning  baxti  boshqasiga  bog’liq  qilib 

yaratilmasligini  aytgandim.  Shunday  ekan,  siz  kutgan  odamni  topish  va  u  bilan  birga 

bo’lishga  intilishda  o’z  qo’rquvlaringiz  sizni  ko’r  va  kar  qilib  qo’yishiga  yo’l  qo’ymang. 

Ish  vaqtidan  o’tgandan  keyin  “ko’zim  qayoqda  edi”  kabi  nadomatlar  yordam  bermaydi. 

Bu  dunyoda  siz  va  faqat  sizga  atalgan  baxt  bor  –  uni  hech  kim  tortib  ololmaydi.  Siz 

uning  uchun  kurashishingiz  shart  emas  –  uni  yo’qotib  qo’yishdan  yoki  unga  yetolmay 

qolishdan  qo’rqmang. 

Yolg’izlikdan  qo’rqishning  bir  ajoyib  asorati  bor  –  bu  o’z-o’zidan  qo’rqish  holati. 

Odam  o’z  hayoti  uchun  qaror  qabul  qilish  o’ziga  qolib  ketishidan  qo’rqadi.  Bunga  sabab 

u  o’ziga  o’ta  ishonmasligida  va  o’zini  o’z  hayotini  boshqarishga  loyiq  sezmaganida. 

Anglab  turganingizdek,  bunday  qo’rquvga  aybdorlik  tuyg’usiga  chalingan  odamlar 

moyil. 


Odam  tabiatining  xavfsizlikka  intilishi  yana  bir  ijtimoiy  qo’rquvni  keltirib 

chiqargan  –  bu  o’zgarishlardan  qo’rqishdir.  Eski  va  sinalgan  hayot  tarzi,  tushuncha  va 

qadriyatlar  juda  ishonchli  –  yangi  narsalar  esa  hali  o’rganilmagan,  noma’lum.  Esingizda 

bo’lsa,  har  qanday  qo’rquv  ortida  noma’lumlik  turardi.  Biz  yangicha  narsalarni  har 




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə