Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32

 

27 

sodir  bo’lishiga,  muhim  bilingan  shaxs  yoki  buyum  bizga  nasib  qilmasligiga  olib  keladi. 

Sizga  yana  bir  sirni  ochaymi?  Sizning  istagingizdagi  narsalardan  mahrum  qiladigan 

katta ofatlardan  biri  – tashqi muhimlik  tuyg’usidir.   

Shaxsiy  muhimlik  tuyg’usi  o’zingiz  va  boshqa  odamlar  bilan  munosabatlaringizni 

belgilab  bersa,  tashqi  muhimlik  tuyg’usi  sizning  atrof-dunyo  bilan  oldi-berdingizni 

boshqarib  turadi. 

Tashqi  muhimlik  tuyg’usi  o’z  so’zini  aytgan  holatlarga  yuzlab  misollar  keltirish 

mumkin.  Yosh  maktab  bitiruvchisi  oliy  o’quv  yurtiga  kirish  imtihonlariga  o’ta  katta 

muhimlik  yuklab  yuborsa,  u  imtihon  paytida  o’ta  hayajonlanadi  va  bilgan  narslalari  ham 

yodiga  kelmaydi.  Yoki  u  tayyorgarlikka  o’ta  katta  ahamiyat  berib  yuborsa,  u  kam 

uxlash  va  qattiq  aqliy  zo’riqishdan  charchab  qoladi  va  imtihon  kuni  o’zini  yomon  his 

qilishi  mumkin. 

Bunday  holatda  biror  fenomen  atrofida  odam  o’z  hayotiy  energiyasini  jamlab 

qo’yadi.  Voqea  yoki  holat  kishining  hayot-mamot  masalasiga  aylanib  qoladi. 

Abituriyentning  xayolidan  taxminan  quyidagicha  fikr  o’tadi:  “Men  shu  imtihonni  yaxshi 

topshirib,  oliygohga  kirishim  kerak.  Bunga  butun  kelajagim  bog’liq”.  U  asossiz 

ravishda  imtihonni  uning  kelgusi  hayotini  belgilab  beradigan  voqea  deb  baholaydi  va  bu 

holat  unga  og’irroq  mas’uliyat  burchini  yuklaydi.  Ba’zida  ota-onalar  ham  bu  jarayonga 

beixtiyor  hissa  qo’shib  qo’yadilar  –  “Bolam,  o’qishga  kirmasang  bo’lmaydi.  Seni 

shuncha  tarbiyalab,  o’qitib  katta  qildik.  Yuzimizni  yerga  qaratma”  kabi  nasihatlar 

farzand  yelkasiga  qo’shimcha  yuk  bo’lib  tushadi  va uning  ishini  yana-da qiyinlashtiradi. 

Oliygohga  kirolmaslik  –  hayot  tamom  bo’ldi  degani  emas.  Sizga  dunyodagi  eng 

yoqimli  sirni  ochaymi?  Unutmang  –  hayotda  omadsizlik  bo’lmaydi.  Siz  bilan  sodir 

bo’lgan  har  qanday  voqea – bu  omaddir

Omadsizlik  deganda  siz  nimani  tushunasiz?  Siz  kutgan  narsa  amalga  oshmaganini 

–  shundaymi?  Xo’sh,  siz  kutgan  narsa  eng  to’g’ri  yo’l  ekanini  sizga  kim  aytdi?  Albatta, 

aqlingiz  –  har  doim  rejalar  tuzadigan  va  shu  rejalarni  ro’yobga  chiqarishga  zo’r  berib 

harakat  qiladigan  aynan  u. 

Bir  odam  uzoq  mamlakatga  rasmiy  uchrashuvga  bormoqchi  bo’libdi.  Agar 

uchrashuv  yaxshi  o’tsa,  u  juda  daromadli  shartnoma  tuzishiga  ko’zi  yetib,  darhol 

tayyoraga  chipta  olibdi.  Ammo  aeroportga  borayotganida  avtomashinasi  buzilib  qolib, 

reysga  kech  qolibdi.  Bundan  u  juda  xafa  bo’libdi.  Yo’q,  chiptaga  sarflagan  puliga 

achinmabdi,  chunki  yetarlicha  badavlat  ekan.  U  omad  keltirishi  mumkin  bo’lgan  rasmiy 

uchrashuvga  bora olmaganidan  afsuslanibdi.  Taqdirga  tan  berib,  uyiga  qaytib  ketibdi. 

Ertasiga  tonggi  yangiliklar  dasturida  u  uchmoqchi  bo’lgan  samolyot  okeanga 

qulab,  undagi  hamma  yo’lovchilar  halok  bo’lgani  haqidagi  xabarni  eshitibdi… 

Siz  reja  qilgan  narsa  amalga  oshmay  qolsa  –  bu  sizni  Tangri  bir  narsadan  asrab 

qoldi  degani.  Ammo  aqlingiz  o’z  rejalariga  erisha  olmasa,  bezovtalanib  qoladi  va  sizni 

afsuslanishga  majbur  qiladi.  Hattoki,  siz  sevgan  odam  bilan  hayot  yo’lingiz  birlashmay 

qolsa  ham  –  bu  sizning  foydangizga  sodir  bo’ladi.  O’sha  odam  bilan  siz  kutgan  baxt 

kelmasligi,  qaytanga  u  bilan  hayotingiz  borib-borib  azobga  aylanishi  ehtimoldan  holi 

emas.  Siz  istagan  insoningizga  erisha  olmadingizmi  –  demak,  sizni  yana-da  baxtli 

qiladigan  boshqa inson  bor va siz  uni  taniysiz  yoki  endi  tanishasiz. 




 

28 

Dunyo  bizning  tashvishimizni  qilishdan  charchamaydi.  Uning  yagona  maqsadi  – 

sizga  siz  istagan  narsalarni  berish.  Biroq  aqlimiz  o’z  qaysarligi  bilan  unga  halal  berib 

turadi. 


Xalqimizning  “shoshilgan  qiz  –  erga  yolchimas”  degan  dono  gapi  bor.  Bunda 

turmush  o’rtoq  topish  tadbirini  o’ta  muhim  qo’yib  yuborgan  odam  –  bu  istagiga  erisha 

olmasligi  nazarda  tutilgan.  Zamonamizda  bu  maqol  taxminan  quyidagicha  qilib  aytilishi 

mumkin:  “qizini  turmushga  berishga  shoshilgan  ota-onaning  qizi  ersiz  qoladi”.  Albatta, 

bu  juda  kulgili  eshitiladi.  Ammo,  afsuski,  atrofimizda  aynan  ana  shunday  holatlar  juda 

ko’p uchrayapti. 

Shoshqoloqlik  –  tashqi  muhimlik  belgisi.  Shoshilgan  odam  ruhiy  noturg’un  va 

notabiiy  holatda  bo’ladi.  Bu  narsa  tashqi  xatti-harakatlarda  ham  namoyon  bo’ladi  – 

odam  bir  joyda  turolmay  qoladi,  ko’zi  har  tomonga  qaraydi,  tishini  tishiga  bosadi  va 

hokazo.  Muhimlik  –  sizning  faqat  ruhiy  emas,  balki  kuchli  jismoniy  zo’riqishingizga 

ham  sabab bo’ladi. 

Injiqlik,  talabchanlik,  qattiqqo’llik,  qaysarlik  kabi  holatlar  ham  kishi  nimagadir 

o’ta  katta  ahamiyat  berib  yuborayotganidan  dalolat.  Bunga  nikoh  to’yi  bo’layotgan 

qizga  to’y  libosi  ham,  dasturxondagi  noz-ne’matlar  ham,  bazm  zalining  bezatilishi  ham 

yoqmay  qolgan  holati  misol  bo’lishi  mumkin.  U  hammasi  bekam,  dabdabali,  esda 

qoladigan  bo’lishini  shu  darajada  qattiq  istaydiki,  o’z  injiqligi  bilan  hammaning 

ko’nglini  buzadi.  Agar  kelin  bo’lmish  muhimlikni  haddan  tashqari  oshirib  yuborsa,  u 

o’z  to’yini  o’zi  buzib  qo’yishi  tayin.  Bunday  to’y  rostdan  ham  unutilmas  bo’ladi  –  uni 

hamma  anchagacha  masxara  bilan  esga  olib  yuradi. 

Erkaklar  o’z  avtomobillarini  o’ta  yaxshi  ko’rishlari  –  tashqi  muhimlik  tuyg’usiga 

yana  bir  kulgili  misol.  Ba’zilar  o’z  “temir  tulpor”larini  shu  darajada  ehtiyotlashadiki, 

Xudo  ko’rsatmasin,  biror  yerini  bilmay  chizib  qo’ying  –  naqd  baloga  qolasiz.  Eng 

qizig’i,  ba’zi  avtosevarlar  o’ta  ehtiyotkor  bo’lganidan  avtomobilini  biror  joyga  o’zlari 

urib   oladi. 

Hammamiz 

Ergash 


Karimov 

qoyilmaqom 

qilib 

rol 


o’ynagan 

kichik 


miniatyuralarni  ko’rganmiz.  Ularning  birida  aktyor  Paxtakor  futbol  jamoasining 

ishqibozi  rolini  o’ynaydi.  Esladingizmi?  Paxtakor  yutgan  kuni  –  dunyo  gulzor.  Xudo 

urib,  Paxtakor  yutqazib  qo’ysa  –  oila  boshlig’i  ichiga  shayton  kirib  oladi.  Uning  oila 

a’zolariga  bo’lgan  munosabati  uning  shaxsiy  hayotiga  hech  bir  aloqasi  bo’lmagan  futbol 

o’yiniga  bog’liq.  O’z  ishqibozligini  hamma  narsadan  muhimroq  hisoblagani  uchun, 

lavha  qahramoni  alamidan  qutula  olmay,  rahmatlik  onasidan  qolgan  toshoynagacha 

hamla  qilishga  tayyor  bo’lib  qoladi. 

Bu,  albatta,  bo’rttirilgan  holat.  Ammo  oramizda  tashqi  jarayonlar  ahamiyatini 

oshirib,  yaqinlari  hayotini  zaharlash  darajasiga  borgan  kimsalar  ham  bor.  Bunday 

xatoga  har  kim  yo’l  qo’yishi  mumkin.  Axir,  qanchadan-qancha  odam  o’z  ishini, 

firmasini,  biznesini  va yana  nimasinidir  yaqinlarining  mehridan  ustun  qo’yib  adashadi. 

O’z  maqsadining  muhimligini  oshirish  –  eng  mudhish  holatdir.  Bunda  odam  o’z 

niyatiga  erishish  yo’lida  hech  narsadan  qaytmaydigan  bo’lib  qolishi  mumkin.  Bunday 

odamning  hayotini  muhimlik  to’lig’icha  egallab  olgan,  unda  zarracha  baxt  uchun  ham 

joy qolmagan  bo’ladi. 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə