Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32

 

29 

Tashqi  muhimlik  tuyg’usi  va  u  keltirib  chiqaradigan  muammolar  haqida  soatlab 

gapirish  mumkin.  O’ylaymanki,  endi  o’zingiz  hayotingizda  nimalarga  o’ta  katta 

ahamiyat  berib  yubordingiz-u,  bu  sizga  qanday  tashvishlar  yaratib  berganini  tahlil  qila 

olasiz.  Yaxshisi,  men  sizga  ham  tashqi,  ham  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usini  yengib  o’tish 

sirini  ocha qolay. 

 

Sergaklik 

Men  juda  ajoyib  tush  ko’rdim.  Men  bir  qalin  o’rmon  oralab  o’tgan  toshloq 

yo’ldan  borarmishman.  Qo’limda  hassa  ham  bor  emish.  Atrofimda  turli  qushlar-u 

mayda  jonzotlarning  tovushi  yangrab  turardi.  Men  ularning  har  birini  yaqqol  eshitib 

turardim.  Dimog’imga  maysalar  hidi  urildi  –  ular  bir  oz  avval  to’xtagan  yomg’ir  zaxini 

havoga  bug’lantirib  berardi.  Poyabzalim  tagligi  yupqa  bo’lganidan,  yo’lakdagi  bo’rtma 

toshlarni  oyog’im  bilan  his  qilib  borardim.  Daraxtlar  orasidan  ba’zida  quyosh  ko’rinib 

qolar,  uning  nurlari  ko’zimni  og’riqli  qamashtirardi. 

Bir  payt  yo’lak  chetida  o’sib  turgan  ajoyib  gulga  ko’zim  tushdi.  Uning  tanasi  va 

yaproqlari  och  yashil  rangda  edi.  Eng  hayajonlisi,  gulning  boshi  turli  xil  rangda 

tovlanardi.  Gulning  chiroyiga  mahliyo  bo’lib  turdim-u,  uni  uzib  olib  ketish  niyati 

uyg’ondi.  Ammo  uning  navdasiga  qo’lim  tegishi  bilan,  uning  tanasidan  nishdek  o’tkir 

tikonlar  o’sib  chiqdi-da,  barmoqlarimga  sanchildi.  Tanimga  tikon  kirganidan  kelgan 

og’riqni  shu  qadar yaqqol  his  qildimki,  bu haqiqatdan  ro’y  berayotganiga  ishondim… 

Tushimning  davomini  eslay  olmayman.  Ammo  uyg’onganimda  barmoqlarim 

uchida  hali  ham  og’riq  bor  edi.  Bu  tush  shu  qadar  asl  hayotga  o’xshardiki,  uning  tush 

ekanini  aslo  sezib  bo’lmasdi.  Unda  biz  hayotda  his  qiladigan  hamma  narsani  his  qilish 

mumkin  edi.  Tushda  ham  ko’rishim,  eshitishim,  his  qilishim  mumkin  edi.  Tush 

bo’lishiga  qaramay,  gulning  tikonlari  menda  og’riq  hissini  paydo qila  oldi. 

Tush  ko’rganda  siz  buning  tushligini  bilmaysiz  va  uning  voqealariga  to’liq  tobe 

bo’lasiz.  Shuning  uchun  sizni  quvgan  itdan  rostdan  qo’rqib  qochasiz.  Tushungizda 

nafaqat  qo’rqishingiz,  balki  sevinishingiz,  baxtli  bo’lishingiz,  o’zingizni  xotirjam  his 

qilishingiz,  hayajonlanishingiz  va hatto  sevib  qolishingiz  ham  mumkin. 

Ammo  ba’zida  siz  tushingiz  tush  ekanini  anglab  qolasiz.  Bu  juda  kamdan  kam 

bo’ladigan  holat.  Bunda  siz  tush  ko’rayotganingizni  bilib  qolib,  tushning  ssenariysiga 

bo’ysunmay  qo’yasiz.  Sizni  quvib  kelayotgan  itga  qo’rqmay  qarab  turaverasiz  va  u  o’z-

o’zidan  g’oyib  bo’ladi. 

Tushining  ichida  uyg’onib  qolgan  odam  bu  narsalar  xayoliy  ekanini,  u  aslida  o’z 

to’shagida  uxlab  yotganini,  bularning  barini  tushida  ko’rayotganini  anglab  qoladi.  Ba’zi 

uddaburonlar  o’z  tushlari  ichida  uyg’onib  olib,  sayohat  qilib  yurishadi  hatto. 

Endi  sizga  savol.  Siz  hozir  uyg’oqmisiz?  Javob  berishga  shoshilmang.  Siz 

uyg’oqlik  deb  nomlaydigan  hayot  tush  emasligiga  kim  kafolat  beradi.  O’zingiz  o’ylab 

ko’ring,  atrofingizdagi  dunyo  xayoliy  emasligini  qanday  isbotlaysiz?  Siz  aytasiz: 

“Mana,  mening  qo’llarim  shu  kitobni  ushlab  turganini  sezib  turibman.  Kitob  haqiqiy. 

Atrofdagi  tovushlarni  eshityapman  –  ular  ham  haqiqiy.  Atrofimdagi  narsalarni  ko’rib 

turibman.  Demak,  ular  ham  haqiqiy.  Juda  bo’lmasa,  o’zimni  chimdib  qo’yaman  –  agar 

og’riq  his  qilsam,  men  uyg’oqman“. 



 

30 

Biroq  tushda  ham  siz  ushlagan  narsangizni  sezasiz,  ko’rasiz,  eshitasiz,  hid  bilasiz 

– va hatto  og’riq  his  qilasiz.  Xo’sh,  hozirgi  holatingiz  tush  bo’lsa-chi? 

Albatta,  men  sizni  biz  tush  ichida  yashayapmiz  deb  ishontirmoqchi  emasman. 

Ammo  biz,  har holda,  uyg’oq, sergak emasmiz

Sergaklik  deganda  men  nimani  nazarda  tutyapman?  Sergaklik  –  atrof  dunyodagi 

jarayonlarga  sergak  baho  bera  olish  darajasida  o’z  idrokini  boshqarish  demakdir. 

Masalan,  xayolga  berilib  ketgan  odamni  uyg’oq  deb  bo’lmaydi  –  u  xonaga  birov 

kirganini  yoki  undan  biror  nima  so’rashganini  payqamay  qolishi  mumkin. 

Xayollar  –  bizni  eng  oson  uxlatib  qo’yadigan  uyqu  dorisi.  Aqlning  fikrlash 

jarayonini  to’xtatish  imkonsiz.  Aql  tinimsiz  o’zi  bilan  o’zi  gaplashib,  ongingizdagi 

sukunatni  buzib  turadi.  U  doim  o’tgan  voqealarni  qayta  tahlil  qilish  yoki  kelajakka 

rejalar  tuzish  bilan  ovora  bo’ladi.  O’y-fikrlaringizni  kuzatib  ko’ring  –  bunga  o’zingiz 

amin  bo’lasiz. 

Siz  hozir  xayollaringizni  bir  oz  to’xtating-da,  atrofingizga  nazar  tashlang.  Yer 

tortish  kuchini  his  eting,  havo  haroratiga  e’tibor  bering.  Nimalarning  tovushi 

eshitilyapti,  qayerdan  qanday  yorug’lik  tushyapti? 

Hozirgi  lahzada  nimani  his  etayotganingizga  e’tibor  berdingizmi?  Aynan  hozir 

bor  narsani  tuya  oldingizmi?  Ana  endi  siz  uyg’oqsiz.  Endi  takabbur  aqlingiz  irodangiz 

va qarorlaringiz  ustidan  to’liq  nazoratga  ega emas. 

Siz  yashab  turgan  lahzadagi  qalb  kechinmalaringizga  quloq  sola  bilsangiz  –  aql 

sizga  bergan  g’aflat  dorisining  ta’siridan  xalos  bo’lasiz.  Shundagina  siz  sergak  qarorlar 

qabul  qilishingiz  va  muhimlikka  berilishdan  tiyilishingiz  mumkin.  Aql  shaxsiy  va  tashqi 

muhimlikni  sun’iy  ravishda  oshiradi.  U  sizga  tinimsiz  muhimliklardan  tuzoq  qo’yib 

yuradi  –  u  buni  sizga  yomonlik  istaganidan  qilmaydi.  Shunchaki,  u  o’z  maqsadlariga 

erishishning  boshqa  yo’llarini  bilmaydi  –  u  bir  narsa  yoki  vaziyatni  muhim  deb 

ko’rsatibgina  unga  sizning  e’tiboringizni  jalb  qilishi  mumkin. 

Usta  psixolog  va  gipnozchilar  odam  aqlining  muhimlikka  tobeligida  o’ynaydilar 

va  inson  irodasini  o’zlariga  to’liq  bo’ysundira  oladilar.  Ammo  boshqa  odamning 

muhimligiga  bosim  o’tkazib,  uni  boshqarish  oddiy  odamning  ham  qo’lidan  keladi.  Sizni 

birov  maqtasa  va  sizning  fikrlaringizga  qo’shilsa,  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usiga  ergashib 

u  odam  istagan  ishni  siz  jon  deb  qilasiz.  Yoki  kimningdir  g’ururida  o’ynab,  uni  biror 

ishni  qilishga  majburlash  mumkin. 

Masalan,  yosh  o’smir  yigitga:  “Hali  yosh  bo’la  turib,  kattalarga  o’xshab  fikr 

yuritar  ekansiz.  Menimcha  sizga  bir  mas’uliyatli  ishni  topshirsa  bo’ladi”  deyilsa,  uning 

shaxsiy  muhimlik  tuyg’usi  ustun  kelib,  “mas’uliyatli  ish”ni  qilishga  so’zsiz  rozi  bo’ladi. 

Tashqi  muhimlik  tuyg’usi  yordamida  ham  odamni  boshqarish  mumkin.  Misol 

uchun,  sizni  sevgan  odamingiz  tashlab  ketdi.  Sizga  kimdir  shunday  deydi:  “Uni  unut.  U 

sensiz  bir  baxtli  bo’lib  ko’rsin.  Sen  uni  o’ylab  qiynalib  yurmagin-da,  o’zingga 

boshqasini  topib  ol.  Yangi  sevging  bilan  shunaqangi  baxtli  yashaginki,  avvalgi 

sevgiling  buni  ko’rib,  sendan  kechganiga  afsuslansin”.  Siz  uchun  sizni  tashlab  ketgan 

odamga  usiz  ham  baxtli  bo’la  olishingizni  isbotlash  o’ta  muhim  bo’lsa,  bu  maslahatga 

ko’nishingiz  tayin. 

Muhimlikdan  qutulishning  yagona  yo’li  – sergaklik. 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə