Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32

 

52 

va  u  sizni  g’ashlik  va  sababsiz  xavotir  hissi  bilan  ogohlantirmoqchi  bo’ladi.  Ammo 

o’z  muhimligiga  o’ralashib  qolgan  aql  qalbning  bu  ishoralarini  ko’ra  bilmaydi  –  u  doim 

o’z ishlari  bilan  band  va tuyg’ularga  quloq  solishga  vaqti  yo’q. 

Dunyo  sizni  har  qanday  xavfdan  avvaldan  ogoh  qilishga  intiladi.  Bu  ham  bo’lsa  u 

sizga  g’amxo’r  ekanidan.  Faqat,  uning  ogohlantirishlarini  biz  juda  ko’p  hollarda 

eshitmay  qolamiz.  Bunda  tag’in  jabr ko’rsak, dunyodan  xafa  ham  bo’lamiz. 

Tabiiy  qo’rquvlarning  eng  kuchlisi  –  bu,  albatta,  o’limdan  qo’rqish.  Bu  qo’rquvga 

deyarli  hamma  tobe.  “Deyarli”  deganimning  sababi  juda  kamdan-kam  kuchli  shaxsiyat 

egalari  bu qo’rquvdan  xalos  bo’lishga  erishgan. 

O’z-o’zicha  o’limdan  qo’rqish  zararli  tuyg’u  emas.  Uning  ikkilamchi  ko’rinishlari 

ko’proq  xavfli.  Kasalliklardan,  tabiiy  ofatlardan,  falokatlardan,  hashoratlardan  qo’rqish 

kabilar  o’limdan  qo’rqishning  asoratlari. 

Agar  bu  qo’rquvlar  rivojlantirib  yuborilsa,  ular  odamning  hayotini  muttasil 

kurashga  aylantirib  qo’yadi  –  kishi  ko’ngil  xotirjamligidan  mahrum  bo’ladi  va  bor 

hayotiy  quvvatini  o’zini  himoya  qilishga  sarflab  qo’yadi.  Bunday  odamning  baxtli 

bo’lishi  dargumon. 

Mana  sizga  tabiiy  qo’rquvlarni  yengib  o’tishning  asosiy  siri:  har  qanday  tabiiy 

qo’rquvning  davosi  –  ishonchdir.  Avvalo,  sizni  o’rab  turgan  dunyo,  uning  tarkibiy 

qismlari  va  undagi  sizdan  boshqa  mavjudotlarga  ishonib  yashang.  Axir,  dunyoning 

yagona  vazifasi  –  sizning  xohish-istaklaringizni  bajarish.  Unga  bu  istaklarni  esa  faqat 

siz  ayta olasiz.  Shunday  ekan, qo’rqishga  hojat  yo’q. 

Bundan  tashqari,  siz  o’z  organizmingizga  ishoning.  Tabiat  uni  turli  xastalig-u 

jarohatlarga  chidamli  qilib  yaratib  qo’ygan  –  bu  ne’matni  shubha  ostiga  qo’yish  va  unga 

ishonmaslik  kamida  noshukrlik. 

Butun  jahon  olimlari  to’kis  salomatlik  sirini  izlash  bilan  ovora.  Ammo,  har 

doimgidek,  eng  katta  haqiqat  shundoqqina  ko’z  o’ngimizda  turadi-yu  –  biz  uni  ko’ra 

bilmaymiz. 

Navbatdagi 

olamshumul 

sirdan 

boxabar 


bo’lishga 

tayyormisiz? 



Mustahkam  salomatlikning  siri  –  o’z  organizmiga  to’liq  ishonishda.  Siz  o’z 

tanangiz  turli  xurujlarga  turg’un  ekaniga  ishonasizmi  –  kasalliklar  sizdan  yiroq  yuradi. 

Siz  o’z  immunitetingizga  ishonmaysizmi  – u sizga  pand beradi. 

Tibbiyot  adabiyotlarini  o’qisangiz,  inson  tanasi  imkoniyatlari  qanchalik  cheksiz 

ekanidan  hayron  bo’lasiz.  Misol  uchun,  tanamiz  o’zini-o’zi  kasal  qilish  xususiyatiga 

ega.  Agar  siz  noto’g’ri  ovqatlanish  natijasida  o’z  organizmingizni  turli  zararli  moddalar 

bilan  ifloslantirib  yuborsangiz,  miyangiz  immunitetni  atayin  pasaytiradi  va  tanaga  turli 

viruslar  tushishiga  yo’l  qo’yib  beradi.  Viruslar  aynan  ortiqcha  moddalar  bilan 

oziqlanadi.  Tanangiz  zararli  moddalardan  tozalangach,  miya  “himoya  apparatini”  qayta 

ishga  tushiradi  va viruslarni  qirib  tashlaydi. 

O’z  immunitet  tizimiga  ishonmagan  odam  miyasi  tana  qismlariga  shunday  buyruq 

beradiki,  immunitet  rostdan  ham  kuchsizlanib  ketadi.  Miyangiz  –  organizmingiz  buyruq 

markazi.  Uning  butun  tana  saltanatiga  hukmi  o’tadi.  U  hatto  sun’iy  ravishda  og’riq 

hissini  ham  uyg’otishi  mumkin.  Kimdir  sizga  qo’lini  kesib  olgani  haqida  juda  ta’sirli 

qilib  gapirib  bersa,  bundan  o’z  qo’lingizda  og’riqni  his  etishingiz  mumkin.  Yoki 



 

53 

qo’rqinchli  kino  tomosha  qilsangiz,  undagi  qahramonlar  his  qilgan  og’riqlarni  siz  ham 

his  etishingiz  bunga  yaqqol  misol. 

Ana  shunaqa.  Siz  o’z  imkoniyatlaringizni  to’liq  bilmaysiz  –  shuning  uchun  ham 

qo’rqasiz.  Bu  qo’rquvni  ishonchga  almashtirib,  siz  juda  kutilmagan  natijalarga 

erishishingiz  mumkin. 

Sizga  ko’z  tikib  turgan  boshqa  xavf-xatarlardan  sizni  himoya  qilishni  dunyoga 

ishonib  topshiring.  Bir  jihatdan  bu  Xudoga  tavakkal  qilib  yashashga  o’xshaydi.  Ammo 

tavakkalchilarning  bir  odati  bor  –  ular  o’z  xatti-harakatlari  uchun  javobgarlikni 

kimgadir  yoki  nimagadir  yuklab  qo’yadilar.  Siz  bilan  men  yaxshi  bilamizki,  biz  bilan 

nimaki  sodir  bo’lmasin  –  bari  aynan  bizning  qarorlarimiz  natijasi.  Biz  qo’rqqan  voqea 

sodir  bo’lishiga  ham,  biz  kutgan  baxt  kelishiga  ham  dunyoga  bergan  buyurtmamiz  sifati 

va  uning  qanchalik  ko’ngildan  chiqqanligi  sabab.  Sizning  tavakkal  qilib  yashashingizga 

ehtiyoj  yo’q  –  sizda  ishonch  degan  kuchli  qurol  bor.  U  bilan  siz  hech  narsadan 

qo’rqmaysiz. 

 

Ishonch 

Ishonch  –  shunday  oliy  kuchki,  unga  alohida  bob  bag’ishlamasam  bo’lmaydi.  Har 

birimiz  nimagadir  ishonib  yashaymiz  –  bu  odamning  eng  katta  ehtiyojlaridan  biri. 

Odamga  idrok  bitishi  bilan  unda  ishonchga  ehtiyoj  boshlangan  –  chunki  aql  hamma 

narsani  tushuntirib  berolmaydi.  U  ba’zi  narsalarni  unday  yoki  bunday  ekaniga  ishonib, 

tan  olishga  majbur.  Biz  osmonlarga  ko’targan  ilm-fan  ham  isbot  talab  etilmaydigan 

haqiqatlar  (aksiomalar)  ustuga  qurilgan.  Xo’sh,  ularga  nega  isbot  talab  qilinmaydi? 

Chunki  inson  aqli  ularni  isbotlab  bera  olmaydi  –  shunday  ekan,  ular  aytgan  haqiqatga 

isbotsiz  ishoniladi. 

Ishonch  tabiatimizga  shu  darajada  singib  ketganki,  uning  xatti-harakatlarimiz  va 

umuman,  hayotimizga  ko’rsatadigan  ta’siri  beqiyos.  Biz  biror  ishni  uning  foydali  yoki 

zarurat  ekaniga  ishonganimiz  uchun  qilamiz.  Bugun  baxtli  bo’lmasak  –  erta  baxtli 

bo’lishimizga  ishonamiz.  Ishonadigan  va  ishonmaydigan  narsalar  ro’yxati  taxminan 

cheksiz. 

Men  sizga  seshanba  kuni  hayotiy  quvvat  haqida  aytgan  edim.  Ishonch  ana  shu 

quvvatni  boshqarish  vositasidir.  Hayotiy  quvvatni  biz  o’z  maqsadlarimizga  erishish 

uchun  shijoat,  g’ayrat  kabi  bunyodkor  kuchga  aynan  ishonch  yordamida  aylantiramiz. 

Siz,  balki,  ishonchning  mo’jizakor  kuchi  haqidagi  hujjatli  filmlar  va  kitoblar  bilan 

tanishdirsiz.  Ularda  aytilgan  gaplarda  qisman  haqiqat  bor  –  ammo  ular  sizga  eng  asosiy 

gapni  aytmaydilar.  Ular  bir  narsaga  kuchli  ishonilsa,  u  so’zsiz  amalga  oshishini 

ta’kidlaydi.  Ammo  bu har doim  ham  o’z tasdig’ini  topavermayd i. 

Niyatga  erishish  uchun  ishonch  kerakligi  to’g’ri.  Ammo  orzularga  erishishning 

asosiy  siri  boshqa  narsada:  hayotiy  quvvat  to’g’ri  yo’naltirilgan  maqsadlargina 



amalga  oshadi. 

Hammamiz  yaxshilikka  ishonamiz  –  katta  niyatlar  qilamiz.  Ammo  hamma  ham 

ularga  erishavermaydi.  Nega?  Maqsadiga  erishmaganlar  kamroq  ishonganmi?  Yo’q  – 

ular,  shunchaki,  noto’g’ri  ishongan.  Noto’g’ri  deyish  o’rinsiz,  aslida  –  odam  ishonchi 

to’g’ri  yoki  xato  bo’lmaydi.  Aniqroq  qilib  aytganda,  ular  betaraf  ishongan.  Juda  mujmal 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə