Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/32
tarix29.09.2017
ölçüsü0,77 Mb.
#2321
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32

 

25 

Agar  siz  shunday  holatga  tushib  qolgan  bo’lsangiz  –  darhol  o’zingizga  chin  do’st 

toping.  Bunday  do’stni,  imkoni  bo’lsa,  sizni  tanimaganlar  orasidan  axtaring.  U  haqiqiy 

do’st  kabi  achitib  gapiradigan,  sizning  e’tiboringiz  va  mehringizdan  umidvor  bo’lmagan 

odam  bo’lsin.  Siz  ham  avvalgi  ergashuvchilaringizdan  kutgan  maqtov  va  ta’riflarni 

undan  kutmang.  U  sizni  boringizcha  ta’riflaydigan  odam  ekanini  tan  oling  va  keskin 

tanqidlarga  tayyor  turing.  Ana  shunday  do’st  topa  bilsangiz  va  u  bilan  chin  yurakdan 

do’stlasha  olsangiz  – shaxsiy  muhimlik  tuyg’usi  ortiq  baxtingizga  xavf  solmaydi. 

Barcha  falsafa  va  din  yo’nalishlari  odamni  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usidan  xalos 

bo’lishga  undaydi.  Har  bir  din  buyuk  Yaratuvchi  oldida  inson  juda  ojiz  mavjudot 

ekanini  ta’kidlaydi.  Faqat  biz  bu  haqiqatlarni  tushunmaymiz  yoki  ularga  quloq 

solmaymiz. 

Shaxsiy  muhimlik  tuyg’usini  yengib  o’tishda  hazilkashlik  juda  qo’l  keladi.  Siz 

o’zingiz  ustingizdan  kula  olasizmi?  Yaqin  do’stlarimiz  davrasida  bizga  nisbatan  beozor 

hazil  qilinadi.  Ammo  bu  narsa  juda  ko’p  hollarda  bizda  salbiy  munosabat  uyg’otadi  – 

biz  darhol  o’zimizni  himoya  qilishga  yoki  bizga  hazil  qilgan  odamga  javob  hazil  qilib, 

unga  o’z  o’rnini  ko’rsatib  qo’yishga  harakat  qilamiz. 

Masalan,  sizni  kimdir  qo’rqoq  deb  hazillashdi.  Hazil  juda  kulgili  chiqdi  va  gurros 

kulgiga  sabab  bo’ldi.  Bunda  na  hazillashgan  odam  va  na  davradagi  boshqa  odamlar 

sizni  rostdan  ham  qo’rqoq  deb  o’ylamaydilar.  Ular  bu  narsa  hazil  ekanini  bilib 

turishgani  uchun  kuladilar.  Ammo  siz,  nimagadir,  buni  ayblov  yoki  masxara  deb  qabul 

qilasiz  va  darhol  qarshi  hujumga  o’tasiz  yoki  jimgina  ichingizda  xafa  bo’lib  qo’yasiz. 

Siz  o’zingiz  o’zingizni  qo’rqoq  ekaningizga  ishonib  qolasiz  va  bunday  emasligini 

boshqalarga  isbotlab  berish  istagi  paydo  bo’ladi.  Esingizda  bo’lsin  –  aybsiz  odam  o’zini 

hech  qachon  oqlamaydi,  chunki  uni  “oqlaydigan”  hech  bir “qora”  dog’i  bo’lmaydi. 

O’zining  ustidan  ayovsiz,  boshqalar  ustidan  beozor  kula  olish  qobiliyati  shaxsiy 

muhimlik  tuyg’usining  ildizini  quritadi.  Sizning  ustingzidan  hazil  qilishsa  –  hammaga 

qo’shilib  maza  qilib  kuling,  Bu  bilan  siz  bu  narsaning  haqiqatligini  tan  olgan  emas, 

buning  hazil  ekanini  tasdiqlagan  bo’lasiz. 

Umuman,  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usi  –  juda  makkor  dushman.  U  sizni  doim  nozik 

yeringizdan  tutish  yo’lini  topadi.  Unga  qarshi  bir  mukammal  qurol  bor.  Ammo  bu 

qanday  qurol  ekanini  shaxsiy  muhimlik  tuyg’usining  inisi  bo’lgan  tashqi  muhimlik 



tuyg’usi haqidagi  suhbatdan  so’ng  bayon  qilaman. 

Faqat,  tag’in  sizga  bir  soat  dam  olish  uchun  vaqt  –  busiz  davom  ettirsak 

bo’lmaydi.  Shirin  taomni  tanavvul  qilgandan  keyin  uni  asta-sekin  hazm  qiladilar. 

Shunday  ekan, o’qigan  narsalaringizni  idrokan  hazm  qilib  olishingiz  lozim. 

Sizni  bir  soatdan  so’ng  shu  yerda  kutaman. 

 

Hayot-mamot masalalari 

Keling,  sizga  yana  bir ertak aytib  beray. 

Qadim  o’tgan  zamonda  bir  baland  tog’  bo’lgan  ekan.  Uning  janubiy  poyonlarida 

bir  xalq,  shimoliy  yonbag’irlarida  boshqa millat  yashar  ekan. 

Bir  kuni  Shimoliy  o’lkadan  bir  yigit  tog’ga  ov  ilinjida  chiqibdi.  Shu  kuni  Janubiy 

o’lkadan  bir  suluv  qiz  ham  dorivor  giyoh  tergani  tog’ga  chiqqan  ekan. 



 

26 

Yigit  bir  arxarning  ortidan  uzoq  poylab  boribdi.  Axiri  bir  joyda  uni  paytini  poylab 

nishonga  olibdi.  Yigit  kamonini  tarang  tortib  jadal  o’q  uzibdi.  Ammo  arxar  sezgirlik 

qilib,  o’qqa  epchillik  bilan  chap  berib,  qochib  ketibdi.  Yigit  otgan  paykon  to’g’ri  borib, 

shifobaxsh  maysa  ustida  egilib  turgan  qiz  boshi  ustidan  uchib  o’tibdi-da,  katta 

harsangga  urilib,  yerga  tushibdi. 

Cho’chib  ketdan  qiz  o’rnidan  sakrab  turib,  hayron  bo’lib,  o’q  kelgan  tomonga 

qarabdi.  Yigitning  nigohi  qizning  qo’rquvdan  dokadek  oqarib  ketgan  ruxsoriga  tushibdi-

yu  – es-hushini  yo’qotib  qizga  oshiq  bo’lib  qolibdi. 

Yigit  anchagacha  qizning  ortidan  yurib  undan  uzr  so’rabdi,  qizning  kiyim-boshi 

tog’  maysalariga  o’xshash  rangda  bo’lgani  uchun  uni  payqamay  qolganini  tushuntiribdi. 

U  ichida  shunday  go’zal  qizni  mayib  qilishiga  bir  baxya  qolganidan  ming  pushaymon 

bo’libdi. 

Ammo  qiz  araz  otidan  tushmabdi  –  u  yigitning  uzrlariga  e’tibor  bermay,  o’z 

qishlog’i  tomon  ketaveribdi. 

Umidsizlikdan  yurak-bag’ri  ezilgan  yigit  ham  achchiq  nadomat  bilan  o’z  yurtiga 

qaytibdi.  Ammo  ancha  vaqt  o’tsa  ham  o’sha  gulyuz  qizni  unuta  olmabdi.  O’ylab-o’ylab, 

qizga  sovchi  qo’yishga  qaror qilibdi. 

Sovchilar  qirq  kun  tog’ning  u  tomoniga  qatnabdilar.  Qiz  ularni  rad  javobi  bilan 

qaytaraveribdi.  Qirq  birinchi  kuni  qiz  nihoyat  g’ururidan  tushib,  rozilik  beribdi. 

Bu  xabarni  eshitgan  yigit  quvonchi  ichiga  sig’may  to’y  taraddudini  ko’ra 

boshlabdi.  U  shu  qadar  qiynalib  erishgan  mahbubining  ko’nglini  olish  uchun  to’yga  bor 

bisotini  sarflabdi.  U  hatto  to’ydan  avvalgi  kecha  o’z  uyidan  to  yorining  mamlakati 

chegarasigacha  bo’lgan  yo’lga  suv  septirib  chiqibdi. 

Ertasi  kuni  yigit  ming  hayajon  va  intiqlik  bilan  yangalar  qizni  olib  kelishini  kuta 

boshlabdi.  Ammo  kun  botishga  yaqin  kelsa  ham,  qiz  yurtidan  sahar  tong  yo’lga  chiqqan 

kelin  karvoni  yetib  kelmabdi. 

Yigit  qattiq  qayg’uga  botibdi.  Mahbubasidan  xavotirlanib,  hastalanib  qolibdi. 

Uning  qishloqdoshlari  tog ‘-u  toshni  kezib,  kelin  bo’lmish  qizning  qonga  belangan 

jasadini  topib  kelishibdi.  Keyin  bilishsa,  yigit  suv  septirgan  tog’  so’qmog’i  ayozli  tunda 

muzlab  qolgan,  kelin  mingan  ot  shu  so’qmoqda  sirpanib  ketib,  kelin  bilan  birga  chuqur 

jarga  qulab  tushgan  ekan.  Kelinni  qutqarmoqchi  bo’lgan  yangalar  ham,  ular  yetaklagan 

sovg’a-salom  ortilgan  xachirlar  ham  jarga  qulab  halok  bo’libdilar.  Yigit  esa  uzundan 

uzoq  – biroq  afsus  va alamga  to’la  so’qqabosh  hayotni  yashab  o’tibdi… 

Yana  bir  g’amgin  ertak.  Ammo  bunisi  ham  avvalgisi  kabi  juda  ibratli.  Ertaklar 

nega  ibratli  bo’lishini  bilasizmi?  Chunki  ular  bizga  o’zgalarning  xatosi  haqida 

so’zlaydi.  Odamzod  har  doim  o’zgalarning  xatosidan  yaxshi  saboq  oladi  –  o’z  xatolarini 

esa ko’ra bilmaydi  yoki  ko’rsa ham,  tan  olmaydi. 

Yuqoridagi  qissadan  hissa  shu  –  kimki  hayotidagi  biror  shaxs  yoki  vaziyatning 

muhimligini  haddan  ziyod  oshirib  yuborsa,  o’z  istaklariga  erisha  olmaydi.  Ertakdagi 

yigit  o’z  mahbubasini  va  u  bilan  bo’lajak  to’yini  shu  darajada  ahamiyatli  qilib 

yubordiki,  dunyo  uni  ikkisidan  ham  benasib  qilib  qo’ydi. 

Bizni  o’rab  turgan  dunyoda  biror  voqea,  holat,  shaxs  yoki  narsaga  ortiqcha 

ahamiyat  berib  yuborishimiz  shu  muhim  deb  hisoblangan  voqea  biz  istamagan  yo’sinda 




Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə