Sirtqi” fakultet “Bank ishi” yo’nalishi mavzu: “Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishi va uni takomillashtirish.” mavzusidagi kurs ishi



Yüklə 278,5 Kb.
səhifə5/10
tarix19.12.2023
ölçüsü278,5 Kb.
#151090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
24tayyor

mas’ul ijrochi buxgalter — mijozlarning to‘lov hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi va bank operatsiyalarining qonuniyligini dastlabki nazoratdan o‘tkazib, ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlovchi buxgalter;
(5-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 24-yanvardagi 1/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-10, 27.02.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2023-y., 10/23/1834-10/0116-son)
Bank xizmatlari ofisi — bank filiali binosidan tashqarida joylashgan va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq faoliyat yurituvchi bank filialining tarkibiy tuzilmasi. Bank xizmatlari ofisi turli xil nomlanishi (“Minibank”, “Chakana xizmatlar markazi”, “Bank xizmatlari markazi” va boshqalar) mumkin;
(5-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 13-iyuldagi 15/10-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-8, 12.08.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/1834-8/3552-son)
Nazoratchi buxgalter — mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tkazilgan barcha bank operatsiyalarini joriy nazoratdan o‘tkazib amalga oshiruvchi buxgalter;
Front-ofis — bankning tarkibiy qismi bo‘lib, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan bank operatsiyalarini amalga oshirishda bank mijozlari bilan bevosita muloqotda bo‘lgan holda ularga barcha bank xizmatlari ko‘rsatuvchi xodimlar guruhi. Ushbu guruhga Front-ofis boshlig‘i rahbarlik qiladi.
(5-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Front-ofisning asosiy vazifasi mijozlar topshirig‘i hamda bank ichki faoliyati bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan operatsiyalarning qonunchilikka mos ekanligini aniqlash va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga tayyorlashdan iborat;

Yüklə 278,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə