Sirtqi” fakultet “Bank ishi” yo’nalishi mavzu: “Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishi va uni takomillashtirish.” mavzusidagi kurs ishi


Buxgalteriya hisobi registrlari va ularni yuritish



Yüklə 278,5 Kb.
səhifə7/10
tarix19.12.2023
ölçüsü278,5 Kb.
#151090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
24tayyor

Buxgalteriya hisobi registrlari va ularni yuritish
Banklarda jamlanma va tahliliy hisob operatsiyalari alohida buxgalteriya registrlarida qayd etiladi. Sintetik hisob yuritishda Bosh kitobdan va analitik hisob yuritishda Yordamchi kitoblardan foydalaniladi.
Bosh kitobda bank operatsiyalarini hisobini yuritish, guruhlash va ularga doir hisobotlarni tuzishda qo‘llaniladigan jamlanma ma’lumotlar qayd etiladi. Unda har bir hisobvaraq bo‘yicha kun boshiga qoldiq, kun davomida amalga oshirgan operatsiyalarning aylanmasi va kun oxiriga qoldiq summalari aks ettiriladi.
Yordamchi kitoblarda buxgalteriya operatsiyalari batafsil va to‘liq aks ettiriladi. Yordamchi kitoblarning shakli va turlari har bir bank tomonidan mustaqil belgilanadi.
Bosh kitob va Yordamchi kitob hisobvaraqlarida hisob operatsiyalari albatta ikkiyoqlama yozuv qoidasiga amal qilgan holda qayd etish yoki ushbu hisobvaraqlar bilan korrespondensiya bo‘lgan hisobvaraqlar raqamlari ko‘rsatilishi shart.
Yordamchi kitob hisobvaraqlariga nisbatan olganda Bosh kitob hisobvaraqlari nazorat hisobvaraqlari hisoblanadi. Yordamchi kitobdagi yakuniy summalar har bank ish kunining oxirida, shuningdek oy oxirida, yangi oyning birinchi kuni holatiga ko‘ra ularning Bosh kitobdagi nazorat summasi balansdagi summa bilan bir xil bo‘lishi lozim.
Xorijiy valyutadagi operatsiyalar bo‘yicha Bosh va Yordamchi kitoblar har bir valyutaning turi bo‘yicha alohida-alohida yuritiladi.
Ko‘p valyutali buxgalteriya hisobi tizimida bankning asosiy vositalari, kapitali, daromadlari va xarajatlarining hisobi faqat milliy valyutada yuritiladi.
Bank operatsiyalarini hisob registrlarida qayd etish dasturiy yo‘l bilan amalga oshiriladi.
Bank tomonidan amalga oshiriladigan birlamchi operatsiyalarning hisobi dastlab shaxsiy hisobvaraqlarda (kartochkalar, kitoblar, jurnallarda) aks ettiriladi.
Shaxsiy hisobvaraqlarga yozuvlar faqat tegishlicha rasmiylashtirilgan boshlang‘ich hujjatlari asosida kiritiladi. Shaxsiy hisobvaraq quyidagi rekvizitlardan iborat:

  • shaxsiy hisobvaraqning nomi;

  • chiqish shaklining raqami;

  • shaxsiy hisobvaraqni chop etish tartib raqami (ya’ni kompyuter qo‘ygan raqam);

  • shaxsiy hisobvaraqni tuzgan bank kodi va nomi;

  • shaxsiy hisobvaraqning raqami va uning nomi;

  • hisobvaraqqa xizmat ko‘rsatuvchi buxgalterning raqami, uning familiyasi, ismi, otasining ismi;

  • ishlov berish sanasi;

  • hisobvaraqdagi so‘nggi harakat sanasi;

  • kun boshidagi qoldiq summasi;

  • kun oxiridagi qoldiq summasi;

  • buxgalteriya yozuvlarining tartibi bo‘yicha raqami;

  • hujjat turi;

  • hujjat raqami;

  • hujjat turi (toifasi);

  • vakil bankning kodi va nomi;

  • debet bo‘yicha aylanmalar summasi;

  • kredit bo‘yicha aylanmalar summasi;

  • debet bo‘yicha aylanmaning umumiy summasi;

  • kredit bo‘yicha aylanmaning umumiy summasi.

  • korrespondensiyalanuvchi hisobvaraq raqami va nomi;

  • to‘lovning maqsadi.

Yordamchi kitobdagi ma’lumotlar Bosh kitobda jamlanadi. Bosh kitob ma’lumotlari asosida quyidagilar tuziladi:

  • balans hisobvaraqlarining kunlik qoldiq summalari — kunlik balans;

  • balans hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va kun boshiga va oxiriga qoldiq summalari — aylanma-qoldiq summalari qaydnomasi;

  • oylik, choraklik va yillik aylanma-qoldiq summalari qaydnomalari.

Bosh buxgalterning xohishiga ko‘ra, emissiya-kassa operatsiyalari, xorijiy operatsiyalar, shuningdek “Balansdan tashqari” hisobvaraqlari bo‘yicha jamlanma kartochkalar yuritilishi mumkin. Kassa jurnallari dasturiy yo‘l bilan kassa kirimi va chiqimi bo‘yicha alohida ikki nusxada tuziladi hamda balans hisobvaraqlari va butun jurnal bo‘yicha yakunlar chiqariladi. Yakunlar kassa bilan taqqoslangandan so‘ng, birinchi nusxalar Yordamchi kitob ma’lumotlarini Bosh kitob ma’lumotlari bilan taqqoslash, shuningdek kirim-chiqim hujjatlarini taqqoslash va yig‘majildga tikish hamda har kuni kompyuterda arxivatsiyalash uchun javob beradigan xodimga beriladi.
Har kuni dasturiy yo‘l bilan hisobvaraqlar aylanmalari va qoldiqlari to‘g‘risidagi jamlanma ma’lumotlar olinadi. Ularda balans hisobvaraqlarining raqamlari, hisobvaraqlar nomlari, har bir hisobvaraq bo‘yicha kun boshiga qoldiq summasi, debet va kredit aylanmalari hamda kun oxiriga qoldiq summasi ko‘rsatiladi.
Shaxsiy hisobvaraqlardagi yozuvlarni shu hisobvaraqlarni yuritish topshirilgan buxgalteriya xodimlari nazorat qiladilar. Bunda shaxsiy hisobvaraqlardagi barcha yozuvlar bankning vakolatli xodimlari nazoratidan o‘tgan va operatsiyalar rasmiylashtirilayotganida ular imzolagan tegishli hujjatlarga mosligi, tegishli rekvizitlar va hujjatlarning summalari shaxsiy hisobvaraqlarga to‘g‘ri o‘tkazilganligi tekshiriladi.
Shaxsiy hisobvaraqlar aylanmalardagi har bir debet va kredit bo‘yicha yozuvlar summalarini bankning o‘zi rasmiylashtirgan to‘lov hujjatlari va boshqa banklardan kelgan elektron to‘lov hujjatlaridagi summalari bilan birma-bir solishtirish orqali tekshiriladi.
Shaxsiy hisobvaraqlardagi kun boshidagi qoldiq summalari ularni o‘tgan kundagi shaxsiy hisobvaraqlar qaydnomasining kun oxiridagi qoldiqlar summalari bilan solishtirish orqali tekshirib chiqiladi.
Shaxsiy hisobvaraqlarning kun oxiridagi qoldiqlari kundalik aylanma-qoldiq summalar qaydnomasi bo‘yicha hamda quyidagilar taqqoslash yo‘li bilan tekshiriladi:
hisobvaraq raqami, hisobvaraq nomi va kun oxiridagi qoldiq (bu qoldiq shaxsiy hisobvaraqlardagi qoldiqlar bilan taqqoslanadi).
Bosh kitobning nazorat hisobvaraqlaridagi ma’lumotlar Yordamchi kitobdagi tegishli hisobvaraqlarning yakuniy summalari bilan taqqoslanadi. Agar dastlabki yozuvlarda xato bo‘lmasa, summalar teng chiqadi.
Banklar kunlik bajarilgan buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan shaklda kunlik balans hisoboti tuzadi. Kunlik balans hisoboti Bosh bank tomonidan butun bank bo‘yicha yagona qilib tayyorlanadi.
Bosh bankning Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti (boshqarmasi) tomonidan yagona balans hisobotini tuzish ustidan monitoring o‘rnatiladi.
Yagona balans “Bank binosidan tashqarida joylashgan mas’ul ijrochi buxgalter” qoidasi asosida shakllantiriladi. Bunda, ma’lumotlarni qayta ishlovchi Bosh server Bosh bankda, filiallarda esa yagona lokal hisoblash tarmog‘iga ulangan buxgalter, iqtisodchi, filial rahbariyati va boshqa xodimlarning ishchi stansiyalari joylashgan bo‘ladi.
Filiallarda barcha to‘lov hujjatlari (to‘lov topshiriqnomasi, to‘lov talabnomasi, inkassa topshiriqnomasi, akkreditivga ariza, memorial orderlar, inkasso qilingan pul tushumlariga ilova ro‘yxati, e’lonnoma va pul cheklari) asosida amalga oshirilayotgan operatsiyalar maxsus o‘rnatilgan belgilar sifatida Bosh serverga avtomatik uzatiladi va shu zahoti Bosh serverda aks ettiriladi.
Har ish kuni oxirida Bosh bankda kun davomida amalga oshirilgan operatsiyalarning banklararo, filiallararo va ichki bank operatsiyalariga bo‘lingan holdagi ro‘yxati tayyorlanadi. Bu operatsiyalarning jamlanma summasi kun mobaynida amalga oshirilgan butun bank operatsiyalari summasiga teng bo‘lishi lozim.
Bosh bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning Axborotlashtirish bosh markazidan END faylni olgandan so‘ng, kun yopish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha operatsiyalarni bajaradi va shu zahoti o‘zining filiallariga kun davomida amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risida END faylga mos bo‘lgan nazorat faylini yuboradi.
Bank filiallari o‘rnatilgan tartibda kunlik buxgalteriya hujjatlarini yig‘majildga tikishlari va ularni balans ma’lumotlari bilan solishtirishlari lozim.
Har bir hisobot shakli filial rahbari va bosh buxgalteri tomonidan sinchiklab tekshiriladi. Bosh bank rahbarlari balans bo‘lmagan, hisobda tartibga solinmagan tafovutlar chiqqanda va bir kun davomida mijozlarga xizmat ko‘rsatilishi ta’minlanmagan hollarda bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur barcha chora-tadbirlarni ko‘rishi lozim.
Bank filiallari rahbarlari va bosh buxgalterlari balans chiqmaganligi haqida belgilangan muddatda Bosh bankka xabar qilmasalar, ularga nisbatan egallab turgan lavozimlaridan ozod qilishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.
Balansning to‘g‘ri tuzilganligi quyidagi tartibda tekshiriladi:

  • kunlik balansning aktiv va passivlarning qoldiqlar bo‘yicha yakunlari tengligi (aktiv hisobvaraqlari qoldiqlarining majburiyatlar hisobvaraqlari qoldiqlari plyus kapital hisobvaraqlari qoldiqlariga tengligi);

  • “Balansdan tashqari” hisobvaraqlari qoldiqlari yakunining to‘g‘riligi, shu hisobvaraqlar bilan ularga tegishli kontr-hisobvaraqlar qoldiqlarining o‘zaro tengligi;

  • aktiv hisobvaraqlarda kredit qoldiq (kontr-aktiv hisobvaraqlardan tashqari), passiv hisobvaraqlarda debet qoldiq (kontr-passiv hisobvaraqlardan tashqari) bo‘lmasligi;

  • aktiv hisobvaraqlarga ochilgan kontr-aktiv hisobvaraqlar qoldig‘i shu aktiv hisobvaraq qoldig‘idan ortiq bo‘lmasligi, passiv hisobvaraqlarga ochilgan kontr-passiv hisobvaraqlar qoldig‘i shu passiv hisobvaraq qoldig‘idan ortiq bo‘lmasligi;

  • Bosh bankda ochilgan 16100 va 22200-hisobvaraqlari qoldiqlari hamda ular bo‘yicha ochilgan ikkinchi tartibli mos hisobvaraqlarning qoldiqlari o‘zaro teng bo‘lishi;

  • asosiy vositalar, daromadlar va xarajatlar hamda bank kapitali hisobi faqat milliy valyutada yuritilishini ta’minlash va balansning rezident va norezident ustunlarini shunga mos ravishda to‘ldirilganligi.

Balansning to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng bank (filial) tomonidan kunlik buxgalteriya hisoboti sifatida bir nusxada balans chop etiladi va kunlik yig‘majildga tikiladi.

1-ILOVA























Forma №_________

Kirim kassa jurnali

_________bank_kodi



















Sana

Mijoz hisob raqami

Kirim kassa hujjati

Hisobot ramzi

Summa

Nazoratchi imzosi

Kassir imzosi

sanasi

seriyasi

raqami




























Sana

Mijoz hisob raqami

Kirim kassa hujjati

Hisobot ramzi

Summa

Nazoratchi imzosi

Kassir imzosi

sanasi

seriyasi

raqami




























Sana

Mijoz hisob raqami

Kirim kassa hujjati

Hisobot ramzi

Summa

Nazoratchi imzosi

Kassir imzosi

sanasi

seriyasi

raqami




























Sana

Mijoz hisob raqami

Kirim kassa hujjati

Hisobot ramzi

Summa

Nazoratchi imzosi

Kassir imzosi

sanasi

seriyasi

raqami




























Sana

Mijoz hisob raqami

Kirim kassa hujjati

Hisobot ramzi

Summa

Nazoratchi imzosi

Kassir imzosi

sanasi

seriyasi

raqami




























Sana

Mijoz hisob raqami

Kirim kassa hujjati

Hisobot ramzi

Summa

Nazoratchi imzosi

Kassir imzosi

sanasi

seriyasi

raqami




























Sana

Mijoz hisob raqami

Kirim kassa hujjati

Hisobot ramzi

Summa

Nazoratchi imzosi

Kassir imzosi

sanasi

seriyasi

raqami

















































Forma №_________

Chiqim kassa jurnali

_________bank kodi



















Sana

Mijoz hisob raqami

Chiqim kassa hujjati

Hisobot ramzi

Summa

Nazoratchi imzosi

Kassir imzosi

sanasi

seriyasi

raqami




























Sana

Mijoz hisob raqami

Chiqim kassa hujjati

Hisobot ramzi

Summa

Nazoratchi imzosi

Kassir imzosi

sanasi

seriyasi

raqami




























Sana

Mijoz hisob raqami

Chiqim kassa hujjati

Hisobot ramzi

Summa

Nazoratchi imzosi

Kassir imzosi

sanasi

seriyasi

raqami




























Sana

Mijoz hisob raqami

Chiqim kassa hujjati

Hisobot ramzi

Summa

Nazoratchi imzosi

Kassir imzosi

sanasi

seriyasi

raqami




























Sana

Mijoz hisob raqami

Chiqim kassa hujjati

Hisobot ramzi

Summa

Nazoratchi imzosi

Kassir imzosi

sanasi

seriyasi

raqami




























Sana

Mijoz hisob raqami

Chiqim kassa hujjati

Hisobot ramzi

Summa

Nazoratchi imzosi

Kassir imzosi

sanasi

seriyasi

raqami




























Sana

Mijoz hisob raqami

Chiqim kassa hujjati

Hisobot ramzi

Summa

Nazoratchi imzosi

Kassir imzosi

sanasi

seriyasi

raqami



























O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga


2-ILOVA


Yüklə 278,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə