Sirtqi” fakultet “Bank ishi” yo’nalishi mavzu: “Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishi va uni takomillashtirish.” mavzusidagi kurs ishi



Yüklə 278,5 Kb.
səhifə4/10
tarix19.12.2023
ölçüsü278,5 Kb.
#151090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
24tayyor

Buxgalteriya hisobi registrlari — ikkiyoqlama yozuv usulida operatsiyalar qayd etiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar va tasdiqlangan blanklar;
Bek-ofis — bankning tarkibiy qismi bo‘lib, Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy nazoratdan o‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi.
Bek-ofisning asosiy vazifasi Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tkazilib, ma’qullangan barcha bank operatsiyalarni qaytadan joriy nazoratdan o‘tkazib, ularni ikkiyoqlama yozuv yordamida buxgalteriya registrlarida qayd etish va tegishli hisobotlar tayyorlashdan iborat.
Bek-ofis mijozlar bilan bevosita muloqotda bo‘lmaydi. U, mijozlar operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‘yicha Front-ofis bilan, bankning ichki moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‘yicha bank ma’muriyati bilan aloqada bo‘ladi.
Bek-ofisga Bek-ofis boshlig‘i rahbarlik qiladi va u o‘z navbatida bank rahbariga bo‘ysunadi;
Dastlabki nazorat — Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning qonunchilikka mos ekanligini aniqlash bo‘yicha amalga oshiriladigan nazorat;
Yordamchi kitob — bosh kitob hisobvaraqlariga ochiladigan shaxsiy hisobvaraqlar, shuningdek alohida mablag‘lar turi va qimmatliklar bo‘yicha yuritiladigan kartochka, kitob yoki jurnallar;
Joriy nazorat — Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter ma’qullagan barcha bank operatsiyalarining qonunchilikka mosligini aniqlash maqsadida qaytadan amalga oshiriladigan nazorat. Joriy nazorat to‘lov hujjatlarining asl va elektron nusxalarining bir-biriga mosligini tekshirishni ham o‘z ichiga oladi;
(5-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023-yil 24-yanvardagi 1/7-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1834-10, 27.02.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.02.2023-y., 10/23/1834-10/0116-son)

Yüklə 278,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə