Shavkat mirziyoyev



Yüklə 1,56 Mb.
səhifə7/135
tarix13.06.2023
ölçüsü1,56 Mb.
#116933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   135
Мilliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Шавкат Мирзиёев 2020

2 - SH. Mirziyoycv. 4-jild
Bank tizimida tadbirkorlami qo‘llab-quwatlaydigan «loyihalar fabrikasi» faoliyatini yo‘lga qo‘yishimiz lozim.
Banklarimiz xalqaro moliya bozorlariga chiqib, arzon va uzoq muddatli resurslar olib kelishi zarur. Milliy bank va Ipoteka bank bu yil o‘z yevrobondlarini chiqarishi maqsadga muvofiqdir.
Davlat ulushiga ega bo‘lgan banklar bosqichma-bosqich strategik investorlarga sotiladi.
Bank sohasidagi islohotlarning asosiy maqsadi - tijorat banklarini mijoz uchun ishlashga o‘rgatishdan iborat.
Soha uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash maqsadida Bank- moliya akademiyasi xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda to‘liq qayta tashkil etiladi. Shuningdek, davlat banklarida zamonaviy bank amaliyoti, menejmenti va xizmatlarini joriy etish uchun rahbarlik lavozimlariga xorijiy yetakchi moliya institutlarining malakali mutaxassislarini jalb etish boshlandi va bu jarayon izchil davom etadi.
Banklarda axborot texnologiyalarini keng tatbiq etish orqali ulaming dasturiy ta’minotini tubdan yangilash lozim. Shu yil 1-iyulga qadar «kredit tarixi» axborot tizimini to‘ liq ishga tushirish zarur.
Aholida bank tizimiga nisbatan ishonchni shakllantirish va bank­lar faoliyatiga chetdan aralashishga chek qo‘yish kerak.
Tb‘rtinchidan, barqaror iqtisodiy o‘sishning eng muhim garovi - raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarish, ular uchun yangi xalqaro bozorlar topish va eksportni ko‘paytirish, tranzit salohiyatidan to‘liq foydalanish hisoblanadi.
Bu yil eksportyorlarga kafillik beradigan va xarajatlaming bir qismini qoplaydigan — Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda eksportni oldindan moliyalashtirish uchun - Eksport-kredit agentligi tashkil etiladi. Shuningdek, eksport qilishda zamonaviy sug‘urta xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi, avtomobil va havo transport! xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplab berish mexanizmi jo­riy qilinadi.
Tashqi savdo bilan bog‘liq nazorat tizimi va infratuzilmani yaxshilash zarur. Jumladan, xorijiy tajribadan kelib chiqib, bojxona postlarida nazoratni amalga oshiradigan bojxona, sanitariya, karan- tin, vetcrinariya va boshqa idoralar faoliyatini isloh qilish lozim.
2020-yilda 3 mingga yaqin standartlami qabul qilish, ulaming sonini 10 mingtaga va xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashish darajasini 40 foizga yetkazish darkor. Andijon, Termiz va Qo4ng‘irot tumanlarida erkin savdo zonalarini tashkil etib, ular orqali chegaraoldi savdosini rivojlantirish zarur.
Xaridorgir mahsulotlar turlarini aniqlash, ularga bozor topish va sotish bilan xususiy treyding kompaniyalari shug‘ullanishi, bo­ning uchun esa, savdo faoliyatini tartibga soladigan qonun loyihalari to‘plamini ishlab chiqish lozim. Bu tashqi savdo bilan bir qatorda, ichki bozorga ham tegishli.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish konsepsiyasini ishlab chiqsin hamda ana shu vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli qarorlami tayyorlasin.
Mahsulotlarimizni ichki va tashqi bozorlarga yetkazish, ulaming tannarxini tushirish uchun transport-logistika sohasini rivojlantirishimiz zarur.
Temiryo‘1 sohasida yoTovchi va yuk tashish, ekspluatatsiya va xizmat ko‘rsatishni bir-biridan ajratish, ya’ni, tabiiy monopo- liya qismini alohida, xususiy sektomi jalb qilish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlami alohida rivojlantirish lozim.
Xalqaro ekspertlaming xulosasiga ko‘ra, infratuzilmani yaxshi- lash, moslashuvchan tariflar qo'llash va yangi istiqbolli yo‘nalish- lami shakllantirish hisobidan bizda tranzit salohiyatini hozirgi 7 mil­lion tonnadan 16 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud.
Yana bir muhim masalaga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Aholi daromadlarini oshirish, qo'shimcha ish o‘rinlari yaratish, mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun bizga yangi-yangi bozorlar kerak. Buning uchun bozor iqtisodiyoti va davr talablariga mos ko‘plab qonun va qarorlami qabul qilyapmiz. Lekin, afsuski, ulami ijro etadigan ko'pgina amaldorlar hali ham eskicha ish uslubi, rasmiyatchilik va befarqlikdan qutulgani yo q.
Ochiq bozor mahsulot sifatini oshirish, tannarxni pasaytirish, yangi texnologiyalar olib kelishga majbut qiladi, bozot islohotlaiini jadal rivojlantiradi. Soddaqilibaytsak,jahon ishlabchiqai ish tizimiga. dunyo bozori talablariga va iqtisodiy integratsiya jarayonlariga
hamohang bo‘lishimiz lozim. Muloqot va raqobatga tayyor bo‘lish uchun tarmoq rahbarlari o‘z ustida tinimsiz ishlashi shart.
Mana, nima uchun bizga iqtisodiy integratsiya kerak!
Bizning tashqi savdoga chiqadigan yuklarimizning 80 foizi Qo- zog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaning tranzit yo‘laklari orqali o‘tadi. Shuningdek, tayyor mahsulotlarimiz eksportining 50 foizi, ayrim tovarlar bo‘yicha esa 80 foizi Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘izis- ton hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ana shu omillami inobatga olib hamda Rossiya va Qozog‘istonga ishlash uchun borgan fuqarolarimizga qulay shart-sharoit yaratish maqsadida bugungi kunda O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy it- tifoqi bilan hamkorlik qilish bilan bog‘liq masalalar o‘rganilmoqda. Biz, albatta, ushbu jiddiy masalada, eng avvalo, xalqimizning manfaatlaridan kelib chiqib, uning xohish-irodasiga tayanamiz.
Shuning uchun xalq vakillari bo‘lgan deputat va senatorlarimiz parlament palatalarida mazkur masalani atroflicha muhokama qilib, o‘z zimmalariga mas’uliyatni olgan holda, asoslangan xulosalarini aytishlari kerak.
Vazirlar Mahkamasi ushbu yo‘nalishdagi tahliliy va kompleks baholash ishlarini yakunlab, tegishli xulosa va takliflami Oliy Majlis palatalariga taqdim etsin.
Shu bilan birga, biz Jahon savdo tashkiloti bilan boshlangan muloqotimizni hamda Yevropa Ittifoqi bilan Hamkorlik va sherik- lik to‘g‘risidagi yangi bitimni tuzish bo‘yicha ishlami izchil davom ettiramiz. Shuningdek, biz boshqa xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlardagi ishtirokimizni yanada kuchaytiramiz.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə