Sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti pulatova muhabbat egamberdievna



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə3/12
tarix21.01.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#98922
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Автореферат М.Пулатова

X.I.Ibraimov
Ilmiy darajalar beruvchi
ilmiy kengash raisi, p.f.d., prof.
Sh.R.Urakov
Ilmiy darajalar beruvchi
ilmiy kengash ilmiy kotibi,
p.f.f.d.,(PhD).
N.Sh.Shodiev
Ilmiy darajalar beruvchi
ilmiy kengash qoshidagi ilmiy
seminarraisi, p.f.d., prof.



K IRISH (doktorlik (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati. Jahonda yuz berayotgan ta’lim qadriyatlariga bo‘lgan yondashuvning o‘zgarib borishi sharoitida o‘qituvchilarning kasbiy sifatlariga nisbatan talablarning kuchayishi ularning kasbiy mahoratini oshirish uzluksizligiga erishish va innovativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga etiborni dolzarblashtiradi. Bu o‘z navbatida, o‘qituvchida yangiliklarga ochiqlik, ijodiy fikrlash va faollik, jamoada ishlash, tizimli tahlil, to‘yingan axborot muhitida eng muhimlarini ajratish, muammoni aniqlash, tushunish, yechim topish, o‘quvchilarning tafakkurini shakllantirish va tashabbuskorligini ro‘yobga chiqarish salohiyatini ifodalovchi innovatsion kompetensiyaga ega bo‘lish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Xalqaro miqyosda o‘qituvchining nazariy va amaliy tayyorgarligi mushtarakligini ta’minlash, ta’lim va tarbiya amaliyotida ro‘y beradigan yangiliklar asosida kasbiy faoliyatini samarali yuritish qobiliyatini rivojlantirish, o‘qitish jarayonini individuallashtirish, tabaqalashtirish, uyg‘unlashtirish, faollashtirish, qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muhitida innovatsion faoliyatni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Sohada innovatsion jarayonlarning kiritilishi ta’lim-tarbiya mazmunini tizimli yangilab borish, erishilgan natijalarni refleksiv tahlillash, o‘qitishning yangi texnologiyalari, metodikalarini ishlab chiqish, o‘qituvchining innovatsion faoliyati va kompetensiyasini ilmiy tadqiq qilishni taqozo qiladi.
Mamlakatimizda ta’lim berish va olish sifatini yaxshilash, o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirishning natijador texnologiyalarini joriy qilish, pedagoglar bilimi, mahoratini baholash, ularni rag‘batlantirish, ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda o‘qitish samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda o‘qituvchilarda kasbiy, shuningdek, innovatsion kompetensiyani rivojlantirish orqali ta’lim muhitini rivojlantirish ehtiyoji mavjud. O‘zbekiston Respublikasining yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida “...mamlakat taraqqqiyoti uchun yangi tashabbus va g‘oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo‘lgan, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash”1 vazifasi belgilanganligi ta’lim tizimida yangiliklarga ochiqlik, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish, ilmiy-metodik maydonchalar yaratish, uzluksizlik va individuallashtirish asosida o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish uchun qulay sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5712-son, 2022 yil 28 yanvardagi “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–60-son, 2022 yil 11 maydagi “2022–2026 yillarga xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–134-son Farmonlari, 2022 yil 21 iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–289-son Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 yanvardagi “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 25-son qarori hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə