“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi



Yüklə 184,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix21.10.2023
ölçüsü184,48 Kb.
#129758
  1   2   3   4   5   6   7


A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari 

moduli bo‘yicha 
 
 
“Adabiyot darslarida zamonaviy pedagogik texlogiyaga asoslangan 
noan’anaviy darslarni tashkil etish va didaktik o‘yinlardan
foydalanish usullari”

o‘quv kursining

Noan’anaviy darslarni tashkil qilish usullari
” mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
 
 
 
 
Ma’ruzasi: 
Raxmatova Nilufar Negmatullayevna 
Toshkent 2022 
 
 


3-Mavzu: Noan’anaviy darslarni tashkil qilish usullari
Reja:
1.
 
Noan’anaviy darslarning turlari 
2.
 
Noan’anaviy darslarning ahamiyati 
3. An’anaviy darslar bilan noan’anaviy darslarning farqi 
Noan’anaviy ta’lim usullarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan 
iborat: 
• O‘quvchilarga tayyor o‘quv 
materialini taqdim etmaydi

• o‘quv materiali shunday bayon etiladiki, o‘quvchilar faol bilish va mustaqil 
o‘zlashtirish jarayonida yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar; 
• faol o‘qitishning negizida mustaqil fikrlashga undash yotadi. 
Noan’anaviy ta’lim – o‘quvchilar bilim olishga qiziqtiruvchi, 
bilim 
doiralarini kengaytiruvchi
, ularda hozirjavoblik xususiyatlarini tarbiyalovchi, 
faollashtiruvchi va ularning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi kabi 
didaktik funktsiyalarni bajaradi. Tajribalarda ta’kidlanganidek, agar mashg‘ulot 
odatdagi – faqat tinglab o‘tirishga asoslangan usulda o‘tkazilganda, o‘quvchilar 
axborotning ko‘pi bilan 20 foizini o‘zlashtirgan bo‘lsa, ilg‘or pedagogik usullardan 
foydalanilganda esa, bu ko‘rsatkich 80-90 foizgacha oshganligi tasdiqlangan. 
Noan’anaviy ta’limning samaradorligi 
yana shundan iboratki
, uning 
qatnashchilari yaxlit tizimli bilimga ega bo‘ladi va mustaqil – ijodiy fikrlash 
qobiliyatlari rivojlanishi negizida bo‘lajak kasbiy faoliyatga oid boshlang‘ich 
ko‘nikmalar shakllantirilib, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni amaliyot bilan bevosita 
bog‘lab olib borishni ta’minlaydi. Shuning uchun ham u, rivojlantiruvchi 
o‘qitishning yuqori samarali usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 

Yüklə 184,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə