Семинар Волейбол 1-mavzu. Voleybol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiyati


Texnik tayyorgarlikni maqsad va vazifalarini



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə22/31
tarix19.04.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#106206
növüСеминар
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Семинар Волейбол 1-mavzu. Voleybol o‘yinida tayyorgarlik turlari (1)

Texnik tayyorgarlikni maqsad va vazifalarini amaliyotga joriy etish ixtisoslashtirilgan vositalar (mashqlar) yordamida amalga oshiriladi. Aslida «vositalar» keng ma’noga ega bo‘lib, ularning turlari xilma-xildir. Asosiylari, tabiiyki, yondashtiruvchi mashqlar, texnikaga oid mashqlar (yoki asosiy mashqlar) va ikki tomonlama voleybol o‘yini bo‘lib hisoblanadi. Lekin masalani muvaffaqqiyatli va samarali hal etish uchun o‘rgatish va takomillashtirish jarayonida tayyorlov mashqlari va taktikaga oid mashqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Boshqacha qilib aytganda, jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi va taktikaga oid mashqlarni texnikaga o‘rgatish jarayonida qo‘llab borish, o‘yin jarayonida voleybolchiga o‘z texnik imkoniyatidan foydalanish darajasini orttiradi. Demak, texnik tayyorgarlik jismoniy va taktik tayyorgarlik bilan uzviy va chambarchas bog‘liqdir.
Yuqorida qayd etilgan vositalar ma’lum uslublar asosida qo‘llaniladi. Uslublar – bu murabbiyni o‘rgatish jarayonida (texnik tayyorgarlikda) beradigan mashqlarni (vositalarni) qo‘llash texnologiyasidir.
Uslublar shartli ravishda 3 turga bo‘linadi: tushuntirish, ko‘rgazmali va amaliy.
Texnik tayyorgarlik jarayonida shug‘ullanuvchilarni yoshiga, imkoniyatlariga, o‘rgatish bosqichiga qarab u yoki bu uslublarni ustunligi bo‘lishi mumkin.
Tushuntirishga oid uslublar o‘z ichiga so‘zlab berish, suhbat, ko‘rsatma, taxlil va muhokama kabilarni oladi.
Ko‘rgazmali uslublar: o‘quv filmlari, tasviriy filmlar, suratlar, texnikani murabbiy tomonidan namoyish qilinishi, o‘yinlarni kuzatish va hokazo.
Amaliy uslublar:
1. Harakat texnikasini to‘liq holda o‘rgatish;
2. Harakat texnikasini qismlarga bo‘lib o‘rgatish;
3. Boshqaruv uslubi;
4. Harakatli ko‘rgazma uslubi;
5. Qaytarish uslubi;
6. Murakkablashtirish uslubi;
7. Charchoq holatida o‘yin malakalarini bajarish uslubi;
8. Qo‘shma uslub;
9. Aylanma usulida mashq bajarish;
10. O‘yin uslubi;
11. Musobaqa uslubi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə