Семинар Волейбол 1-mavzu. Voleybol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiyati


Jismoniy tayyorgarlikning umumiy asoslari



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə2/31
tarix19.04.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#106206
növüСеминар
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Семинар Волейбол 1-mavzu. Voleybol o‘yinida tayyorgarlik turlari (1)

1. Jismoniy tayyorgarlikning umumiy asoslari
Inson bolalikdan turli yo‘nalishdagi harakat malakalarini ongsiz va ongli tarzda bajaradi. Natijada shu harakatlar ma’lum jismoniy sifatlar (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik) tusida rivojlana boradi. Sekin-asta hayotiy zarur harakat malakalari (yurish, yugurish, sakrash, to‘xtash, osilish va h.k.) sayqal topadi.
Mutaxassislarning fikricha, asosan shu jismoniy sifatlar va hayotiy zarur harakat malakalari, o‘yinlar yordamida yanada samaraliroq rivojlanishi isbotlab berilgan.
Oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida, turli bosqichdagi ta’lim maskanlarida ushbu muammoga har doim ham rejali va ilmiy jihatdan yondoshilmaydi.
Jismoniy mashqlarni to‘g‘ri qo‘llash, ularni bolalar qanday o‘zlashtirayotganligini nazorat qilib borish, shu bolalardagi jismoniy sifatlarni, uning qaddi-qomati, jismoniy va funksional taraqqiyoti to‘g‘ri yo‘nalishda tarbiyalanib borishiga imkon yaratadi.
Ma’lumki, insonning jismoniy sifatlari uning tug‘ilishidan boshlab shakllana boradi. Lekin, uning bolaligida shu sifatlar qanday darajada shakllanishi, oddiy yoki murakkab harakatlarni o‘zlashtirib olishi nafaqat uni o‘sib, yashab kelayotgan muhitga bog‘liq, balki bolaning muayyan sifatini qanday vositalar yordamida rivojlantirilishi bilan belgilanadi. Shu bilan bir qatorda harakatni turi, yo‘nalishi va qanday maqsadga qaratilganligiga (kasb, ro‘zg‘or ishi, sport, harbiy faoliyat va h.k.) qarab, har bir jismoniy sifatni shu harakat ijrosidagi o‘rni turlicha bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, turli kasb faoliyatlarida yoki sport turlarida shu jismoniy sifatlarning integral ahamiyati o‘ziga xos ulushga ega bo‘ladi. Ammo qanday bo‘lmasin, ko‘pgina tadqiqotchilarning fikricha, barcha harakat faoliyatida ayrim jismoniy sifatlarning ustuvorligi darhol ko‘zga tashlanadi.
Zamonaviy sport amaliyotida yuqori natijalarga erishish sportchining uzoq muddat davomida yuqori sifatli va samarali ish qobiliyatini saqlay olish imkoniyati bilan bog‘liqdir.
Har xil sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalar muddati halqaro musobaqalar qoidalari bilan belgilanadi. Shu musobaqalar muddatida qaysi sportchi o‘z ish qobiliyatini sifati va samaradorligi jihatidan qanchalik uzoq vaqt saqlay olsa yoki uni oshira olish «kuchi»ga ega bo‘lsa, unga muvaffaqiyat shunchalik «kulib» boqishi muqarrar. Boshqacha qilib aytganda, ish qobiliyatining sifat va samaradorlik darajasini ko‘p yoki kam vaqt davomida saqlanishi umumiy va maxsus chidamkorlik sifatlarining turlari (tezkorlik, kuch, tezkor-kuchga bo‘lgan chidamkorlik, sakrashga bo‘lgan chidamkorlik, texnik-taktik chidamkorlik va h.k.) qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Ma’lumki, ish qobiliyati haqida gap ketganda, ayniqsa so‘z uning sifati va samaradorligiga tegishli bo‘lsa, masalaning mohiyati va pirovard «mag‘izi» boshqa jismoniy sifatlarning shakllangan yoki shakllanmaganligiga borib taqaladi. Ya’ni samarali natijaga mos umumiy va maxsus chidamkorlik, kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik sifatlarini o‘zida mujassam qilgan bo‘ladi. Ushbu sifatlarning o‘zaro uzviy bog‘liqligi va ularning yuksak darajadagi integral natijasi mahoratning muayyan taqdirini belgilab beradi.
Jismoniy tayyorgarlik – tayyorgarlik turlaridan biri bo‘lib, voleybolchining organizmini rivojlantirish, uning jismoniy sifat va qobiliyatlarini takomillashtirishga, hamda o‘yin faoliyatini samarali amalga oshirilishini ta’minlovchi mustahkam poydevor yaratishga qaratilgandir.
Zamonaviy voleybol shug‘ullanuvchilardan nihoyatda katta kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik va egiluvchanlik sifatlarini talab qiluvchi sport o‘yinlari turiga mansubdir. O‘yinning mohiyati o‘yinchi harakatining turli yo‘nalish va o‘zgaruvchan vaziyatda o‘ta tezkor, aniq hamda qisqa vaqt ichida ijro etilishi bilan ta’riflanadi. Voleybolchining har bir o‘yin davomida ko‘pdan ko‘p to‘siq qo‘yish, zarba berish va to‘p kiritish uchun sakrashlari, yiqilishlar, yugurish, to‘xtash, burilish, egilish va boshqa harakatlarni yuqori tezlikda ijro etilishi katta jismoniy kuch, o‘ta chaqqonlik, mustahkam chidamkorlik va ruhiy uyg‘unlikni talab qiladi. Binobarin, ushbu yuklama (nagruzka) ta’siri shug‘ullanuvchi organizmining funksional jihatdan mukammal shakllangan bo‘lishini taqozo etadi.
Bugungi voleybolchi bo‘yi jihatdan 185-195 sm. va undan katta uzunlikka ega bo‘lib, harakatchan, tezkor, sakrovchan, ziyrak, zukko, tez fikrlovchi, o‘tkir zehnli, maydonda ro‘y beradigan vaziyatni tez fahmlab «foydali» javob qaytara oladigan ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kerak. Sportchilarning yoshiga, tayyorgarligiga, malakasiga, hamda sport trenirovkasi davriga va vazifalariga qarab jismoniy tayyorgarlikni mazmuni, hajmi va shiddati turlicha bo‘ladi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə