Семинар Волейбол 1-mavzu. Voleybol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiyati



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə21/31
tarix19.04.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#106206
növüСеминар
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Семинар Волейбол 1-mavzu. Voleybol o‘yinida tayyorgarlik turlari (1)

Texnik tayyorgarlik – bu ko‘p yillik faoliyat bo‘lib, ma’lum harakatlar majmuasini texnik jihatdan ma’lum maqsadli tartibda, vaziyatga muvofiq barqaror, mukammal va samarali bajarilishini ta’minlovchi pedagogik jarayondir. Mazkur jarayon sport tayyorgarligini asosiy va ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
Texnik tayyorgarlikning so‘nggi maqsadi harakat yoki harakatlar majmuasini texnik tomondan har qanday vaziyatlarda va qarshi ta’sirlar sharoitida barqaror va samarali ijro etilishidan iboratdir.
Texnik tayyorgarlikning pedagogik natijasi va uni sportchilar faoliyatida namoyon bo‘lishi sportchilarning mahorati deb ataladi. Bu sifat ma’lum rejaga asosan bosqichma-bosqich nazorat mashqlari (testlar) va yozma kuzatuv uslublari yordamida mashg‘ulotlar hamda musobaqalar jarayonida baholanib turiladi.


Texnik tayyorgarlikning vazifasi, bosqichlari,uslublari va vositalari
Texnik tayyorgarlikning asosiy vazifasi – o‘yin texnikasining biomexanik qonuniyatlarini o‘zlashtirish va harakat yoki harakatlar majmuasini texnik tomondan maqsadga muvofiq barqaror va mukammal takomillashtirishdir.
Yangi harakat texnikasini o‘rganish, o‘zlashtirish mavjud harakat tajribasiga asoslanadi.
Harakat yoki harakatlar majmuasining texnikasini o‘zlashtirish shug‘ullanuvchida kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni yetarli darajada rivojlantirishni taqozo etadi. Bu sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarni bajarilishi tartibi va yo‘nalishi o‘rgatiladigan (o‘zlashtiriladigan) o‘yin malakasining texnikasiga mos bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Harakatlar texnikasiga o‘rgatish jarayonida quyidagi uslubiy tavsiyalarga rioya qilish lozim:
- Birinchidan, ma’lum harakat texnikasini (agar noto‘g‘ri o‘rgatilgan bo‘lsa) qaytadan o‘rgatish holiga chek qo‘yish maqsadida o‘rgatish jarayonini boshlanishidayoq to‘g‘ridan-to‘g‘ri harakat texnikasini eng samarali nusxasiga o‘rgatish zarur;
- Ikkinchidan, o‘rgatish jarayonida nazariy mashg‘ulotlarga alohida e’tibor berilishi zarur, toki o‘rganuvchi o‘rgatilayotgan harakat texnikasining ijro etish tartibini fikran to‘liq anglasin, xotirada yaxshi eslab qolsin va tafakkurida to‘g‘ri bajara olsin;
- Uchinchidan, o‘rgatish jarayonida o‘rganuvchi o‘rgatilayotgan harakat texnikasini har xil vaziyatda, har xil tezlikda, aniq va maqsadga muvofiq bajarilish imkonini ta’minlovchi yetarli rivojlangan jismoniy sifatlar poydevorini yaratishi shart. Chunki o‘rganuvchi jismonan zaif bo‘lsa o‘rgatilayotgan harakat texnikasi xatolar bilan ijro etiladi, samara bo‘lmaydi, o‘rgatish yo‘nalishini maqsadga muvofiq tomonga burish imkoni chegaralanadi, hatto yo‘qoladi.
Texnik tayyorgarlikni amaliyotga joriy etish o‘rgatish va takomillashtirish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:
1-bosqich. Harakat texnikasi, uni ijro etish tartibi haqida ilk bor tushuncha hosil qilish va o‘rgatiluvchini ruhiy jihatdan mazkur harakat texnikasini o‘zlashtirishga tayyorlash.
2-bosqich. Harakat texnikasiga o‘rgatish jarayonida boshlang‘ich ko‘nikma malakalarini hosil qilish, tarbiyalash, o‘zlashtirishni sekin-asta murakkablashtirish.
3-bosqich. Harakat texnikasini to‘liq va mukammal bajarish. Ortiqcha harakatlardan xalos bo‘lish.
4-bosqich. Harakat texnikasini barqaror, to‘liq va tez bajarish.
5-bosqich. Harakat texnikasini turli o‘zgaruvchan vaziyatlarda maqsadga muvofiq bajarish.
6-bosqich. «Chuqurlashtirilgan» – murakkablashtirilgan o‘rgatish va takomillashtirish jarayoni.
7-bosqich. O‘rgatilgan malakalar texnikasining mukammalligini ta’minlash, saqlash va ularning ijro usullarini kengaytirish, boyitish va takomillashtirish.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə