Семинар Волейбол 1-mavzu. Voleybol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiyati



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə1/31
tarix19.04.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#106206
növüСеминар
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Семинар Волейбол 1-mavzu. Voleybol o‘yinida tayyorgarlik turlari (1)




Спорт- педагогик махоратини ошириш курси буйича 1-семинар
Волейбол


1-mavzu. Voleybol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiyati.
Voleybol o‘yinida nazariy tayyorgarlik, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik va ruhiy tayyorgarlik turlariga oid mashqlar orqali sport mahoratini oshirish bo‘yicha nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
1. Jismoniy tayyorgarlikning umumiy asoslari
2. Jismoniy tayyorgarlikning vazifalari va mazmuni
3. Jismoniy tayyorgarlikning vositalari va uslublari
4. Umumiy jismoniy sifatlarni tarbiyalash. Tezkorlikni. Kuchni. Chaqqonlikni.
Chidamkorlikni. Egiluvchanlikni tarbiyalash
5. Maxsus jismoniy sifatlarni tarbiyalash Maxsus kuchni. Sakrovchanlik. Maxsus tezkorlik . Maxsus chidamkorlik. Tezkor va tezkor-kuch chidamkorligi. Sakrash chidamkorligi. O‘yin chidamkorligi. Maxsus chaqqonlik. Maxsus egiluvchanlikni rivojlantirish
6. Maxsus jismoniy sifatlarini baholash testlari va mezonlari
2. texnik-taktik tayyorgarlik asoslari
3. psixologik tayyorgarlik



1-mavzu. Voleybol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiyati0
JISMОNIY TАYYORGАRLIK
Bugungi voleybol o‘yinining mohiyati, jumladan texnik-taktik harakatlarining ijro etilishi aksariyat «havoda», ya’ni tayanchsiz holatda amalga oshirilishi bilan farqlanadi. Sakrab zarba berish, to‘siq qo‘yish, to‘p uzatish, yiqilib to‘p qabul qilish, to‘p kiritish bunga yaqqol misol bo‘laoladi. So‘nggi yillarda o‘yin qoidalarining keskin o‘zgarishi (tanani barcha qismi bilan to‘p qabul qilish, hisobni tay-breyk tizimida olib borilishi, «libero» o‘yinchisining joriy etilishi, o‘yinchi almashinuvining to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirilishi, to‘rning pastki qismiga tegishga ruxsat berilishi va h.k.) o‘yin sur’atini yanada jadallashishiga olib keldi. Mutaxassislar tomonidan aniqlanganki, har bir musobaqa o‘yinida voleybolchilar 300-600 marta, hatto undan ko‘p sakrab ijro etiladigan texnik-taktik malakalarni bajarar ekanlar. Agar o‘yindan oldingi «razminka» davomidagi sakrashlar, o‘yin vaziyatlarida to‘psiz ijro etiladigan chalg‘ituvchi sakrashlar e’tiborga olinsa, qayd etilgan sakrashlar hajmi yanada ortadi. Bordi-yu bu sakrashlarning yillik hajmi nazarda tutilsa, zamonaviy voleybolda yuksak natijaga erishish qanchalik jismoniy imkoniyatlarga bog‘liq ekanligi ayon bo‘ladi.
Demak, jismoniy tayyorgarlik texnik-taktik tayyorgarlik bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, yuksak sport mahoratini ta’minlanishida poydevor sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə