See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 5,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/225
tarix28.11.2023
ölçüsü5,35 Mb.
#134458
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   225
30 06 2022

3.
 
Daraja. 
Mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlik. 


40 
Mintaqaviy iqtisodiy xavfsizlik – bu mintaqa iqtisodiyotini 
barqaror, doimiy rivojlanishi va takomillashuvini hamda tashqi va 
ichki negativ salbiy ta‘sirlarga nisbatan qarshilik ko‗rsatish 
mexanizmiga ega bo‗lgan kompleks chora-tadbirlar yig‗indisiga 
aytiladi. 
Mintaqa iqtisodiy xavfsizligining ichki tarkibiy tuzilmasidan 
quyidagi muhim uchta bo‗g‗inni ajratish mumkin. 
1. Iqtisodiy mustaqillik, mintaqaning siyosiy-iqtisodiy 
jihatdan markazga va boshqa mintaqalar bilan o‗zaro bog‗liqligi 
sababli uning mustaqilligi nisbiy tavsifga ega bo‗lib hisoblanadi. 
Ushbu sharoitda iqtisodiy xavfsizlik mahalliy hokimiyatni 
mintaqa resurslari ustidan qanchalik darajada nazorat eta olish 
imkoniyatlari (markaz tomonidan berilgan vakolatlar doirasida) 
bilan belgilanadi. Takror ishlab chiqarishni va mahsulot sifati 
samaradorligini yuqori rivojlanish darajasi bu mintaqani 
raqobatbardoshlikda, 
hududlararo 
va 
xalqaro 
savdoda, 
kooperatsion 
aloqalarda 
hamda 
ilmiy-texnik 
yutuqlarni 
ayirboshlashda tenglar qatorida ishtirok etishni ta‘minlay oladi. 
2. Mintaqa iqtisodiyotini barqarorligi va bardoshliligi, barcha 
shakllarda mulkchilikni himoya qilish, tadbirkorlik faolligi uchun 
ishonchli shart-sharoitlarni hamda kafolatlarni vujudga keltirish 
(ijtimoiy tahdidlarni keltirib chiqaruvchi daromadlar taqsimotidagi 
keskin tabaqalanishlarga yo‗l qo‗ymaslik, iqtisodiyotda kriminal 
guruhlarga 
nisbatan 
qarshi 
kurash 
h.k.), 
iqtisodiyotdagi 
nobarqarorlikni keltirib chiqaruvchi holatlarni nazorat qilish va 
to‗xtatish. 
3. O‗z-o‗zini rivojlantirish va taraqqiy ettirish qobiliyati – 
investitsiyalarga 
hamda 
innovatsiyalarga 
nisbatan 
yaxshi 
investitsion 
muhitni 
yaratish, 
ishlab 
chiqarishni 
doimiy 


41 
modernizatsiya qilish, ishchilarning professional, bilim va 
madaniyat darajasini oshirish. 
Tizimni an‘anaviy rivojlanishi (yoki degradatsiya) rejali va 
barqaror iqtisodiy jarayonlar doirasida yaqinlarni lineynilarga 
nisbatan bog‗liqligini yoritishga qaratiladi. Biroq tizimdagi ichki 
va tashqi tahdidlar sharoitida keskin o‗zgarishlar holatida 
inqirozni yuzaga kelish ehtimoli mavjud. Iqtisodiy xavfsizlik 
dasturini ishlab chiqishda nisbatan xilma-xil va turli darajadagi 
xavf-xatarlarga ega bo‗lgan, zamonaviy tahdidlar to‗g‗risida aniq 
tasavvurga ega bo‗lish kerak. Ularning orasidan eng muhimlari 
sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: ishlab chiqarishning 
pasayishi; ilmiy-texnik salohiyatni barbod bo‗lishi, iqtisodiyotni 
dYIndustrializatsiyasi, 
oziq-ovqat 
xavfsizligi 
mustaqilligini 
ta‘minlay 
olmaslik; 
ishsizlikning 
o‗sishi 
va 
mehnat 
motivatsiyasining pasayishi; ichki hamda tashqi qarzning o‗sishi, 
iqtisodiyotni kriminallashuvi, aholini mulkiy tabaqalanishuvi
byudjet taqchilligining o‗sishi. Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini 
shakllantiruvchi kompleks chora-tadbirlarda tug‗ilayotgan xavf-
xatarlar haqida ogohlantirish bo‗lib hisoblanadi. Iqtisodiy 
xavfsizlik pozitsiyasi nuqtayi nazaridan barcha kutilayotgan xavf-
xatarlarni hamda ularning iqtisodiy, noiqtisodiy ta‘sirini baholash 
va uni prognngoz qilish mumkin, eng muhimi – falokatli pasayish 
va uning tahlikali chegarasini aniqlash muhimdir. Prognozli-
analitik tahlil orqali inqirozni vujudga kelishiga yo‗l qo‗ymaslik 
va uning tahlikali chegarani yengib o‗tish uchun chora-tadbirlar 
ishlab chiqish kabi teskari vazifa vujudga keladi. 

Yüklə 5,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə