See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 5,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/225
tarix28.11.2023
ölçüsü5,35 Mb.
#134458
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   225
30 06 2022

Iqtisodiy xavfsizlik darajalari 
 


38 
6)
7)
2.3-rasm. Iqtisodiy xavfsizlik darajalari.
1.
 
Daraja. 
Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyotning 
shunday holatiki, unda mamlakatlar xo‗jalik yuritishda milliy va 
global muammolarni hal etishda o‗zaro manfaatli hamkorlik 
faoliyatini, xalqaro mehnat taqsimotida ishtiroki erkin tanlov 
asosida amalga oshadi. Mamlakatlar o‗rtasida maxsus xalqaro 
tashkilotlar tashkil etilgan bo‗lib, ular yordamida xalqaro 
xavfsizlik ta‘minlanadi. Masalan, Umumjahon savdo tashkiloti, 
Xalqaro valyuta fondi, kapitalni, tovar va xizmatlarni erkin 
harakati bo‗yicha xalqaro kelishuvlar ham muhim rol o‗ynaydi.
Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik bu har bir davlatning ichki va 
tashqi tahdidlardan himoya etuvchi xalqaro tizimni barqaror holati 
sifatida baholash mumkin. Ularga: 

iqtisodiy rivojlanishning erkin yo‗nalishlari; 

xalqaro huquqiy tasdiqlangan harbiy tahdidlardan 
himoya; 

global iqtisodiy inqirozlarga nisbatan barqarorlik. 
Xalqaro xavfsizlikni ta‘minlovchi xalqaro tashkilot sifatida 
Birlashgan millatlar tashkiloti hisoblanadi.
Xalqaro daraja 
Milliy daraja 
Global xavfsizlik 
Mintaqaviy 
xavfsizlik 
Davlat xavfsizligi 
Jamiyat xavfsizligi 
Mintaqa 
xavfsizligi 
Xususiy 
Firma xavfsizligi 
Shaxs xavfsizligi 


39 
2.
 
Daraja. 
Milliy xavfsizlik – bu mavjud kengaytirilgan 
takror ishlab chiqarish, barqaror pul muomalasi, tashqi savdoning 
samarali tarkibiy tuzilmasi, ilmiy salohiyatning yuqori darajasi, 
aholini yetarli turmush darajasini ta‘minlash va jamiyatni 
kriminallashuvini oldini oladigan huquqiy va iqtisodiy shart-
sharoitlar yaratadigan iqtisodiy tizim sifatida tavsiflanadi. 
Davlatning xavfsizligi birinchi navbatda ishlab chiqarish 
kuchlarining holati, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, mamlakat 
xalq xo‗jaligida ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalanish 
ko‗lamlari, tashqi iqtisodiy aloqalarning tarkibiy tuzilmasi bilan 
belgilanadi. 
Shuning 
uchun 
ham 
davlatning 
iqtisodiy 
xavfsizligining moddiy asosi bo‗lib fuqarolarning madaniylashgan 
turmush tarzi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni 
ta‘minlovchi kuchlarining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi 
deb ta‘kidlash mumkin. 
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi iqtisodiyotning ―rivojlanish‖ 
va ―barqarorlik‖ tushunchalari bilan juda yaqin bog‗liq. Milliy 
xo‗jalikni rivojlanishi – iqtisodiy xavfsizlikning komponentlaridan 
biri bo‗lib hisoblanadi. Agarda iqtisodiyot rivojlanmasa unda 
davlatning tashqi va ichki noxush salbiy ta‘sirlarga nisbatan 
qarshilik ko‗rsatish imkoniyatlari kamayib boradi. Mamlakat 
milliy xo‗jaligining barqarorligi, yagona tizim sifatida uning 
elementlari 
o‗rtasidagi iqtisodiy va tashkiliy aloqalarni 
mustahkam va ishonchliligini, tashqi hamda ichki tahdidlarga 
nisbatan bardoshliligini ko‗rsatadi. Shu bilan birga, mamlakatning 
iqtisodiy xavfsizligining asosiy omillarini: uning geografik 
joylashuvi; tabiiy resurslar zaxirasi; sanoat va qishloq xo‗jalik 
salohiyati; ijtimoiy-demografik rivojlanish darajasi va yakunida 
davlat boshqaruvi sifati tashkil qiladi.

Yüklə 5,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə