See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 5,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/225
tarix28.11.2023
ölçüsü5,35 Mb.
#134458
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   225
30 06 2022

5.
 
Daraja. 
Shaxsning iqtisodiy xavfsizligi – bu uning 
konstitutsion huquq va burchlarini ta‘minlagan holda, hayotiy 
faoliyatining shunday holatiki, unda shaxsning muhim manfaatlari 
iqtisodiy va huquqiy jihatdan himoyalanadi. Shaxsning iqtisodiy 
xavfsizligi to‗g‗ridan-to‗g‗ri iqtisodiyotning umumiy holati bilan 
bog‗liqdir. 


43 
Inson (shaxs) xavfsizlik tizimi obyekti va subyekti 
bo‗lganligi uchun boshqa xavfsizlik tizimlarida, bazaviy tizimni 
shakllantiruvchi rolini bajaradi. Bundan kelib chiqib, shaxsning 
iqtisodiy xavfsizligi qolgan xavfsizlik shakllarida xavfsizlik 
darajasini ta‘minlashning asosiy shartidir. O‗z navbatida, 
shaxsning xavfsizlik darajasi jamiyatni, davlatni va tabiatni 
rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Shaxs barcha xavf-xatarlar 
fokusida turadi, chunki har qanday buzg‗unchi ijtimoiy-iqtisodiy, 
ekologik, etnik va texnik turdagi xavf-xatarlardan inson aziyat 
chekadi. 
Shaxsning iqtisodiy xavfsizlik obyekti sifatida fuqarolar va 
jamiyat – potensial ish o‗rinlari, ijtimoiy ta‘minot sohasi, moddiy 
ishlab chiqarish turadi. Shaxsning iqtisodiy xavfsizlik sohasida 
davlat faoliyatining predmeti bo‗lib quyidagilar tashkil etadi: 

insonni iqtisodiy xavfsizlik tizimiga ta‘sir etuvchi 
noxush omillarni tahlili va sintezi; 

davlatning iqtisodiy siyosati va institutsional siljishlarini 
shunday amalga oshirish kerakki, unda ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatning nomukammalliklarini berkitib tursin. 
Bugungi jahon hamjamiyatiga ko‗p qutblilik belgilari xosdir. 
Shu bilan birga, jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan jarayonlar, 
global raqobatning keskinlashuvi, yangi iqtisodiy o‗sish va siyosiy 
ta‘sir markazlari tomonidan resurslarni qayta taqsimlash, 
geosiyosiy nobarqarorliklar bilan birga yuz bermoqda. Xalqaro 
huquq, harbiy-siyosiy hamda iqtisodiy sohalarda keskin 
o‗zgarishlar yuz bermoqda. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
davlatining 
zamonaviy 
xavfsizligini baholash maqsadida uning xavfsizlik darajasini 
belgilovchi omillarni bilish va tushunish lozim. Bunday omillarga:


44 

O‗zbekistonning geosiyosiy hamda iqtisodiy-geografik 
holati, shunga bog‗liq holda ishlab chiqarish kuchlarini davlat 
hududlarida joylashuvi, milliy va xorijiy resurslarga bo‗lgan 
egalik; 

davlatning iqtisodiy va harbiy-siyosiy qudrati hamda 
uning strategik ahamiyatliligi va iqtisodiy faoliyat turlariga mos 
xalqaro iqtisodiy konsepsiyalarda raqobatbardoshlik pozitsiyasi; 

mamlakatning institutsional tizimini iqtisodiy xavfsizlik 
darajasiga bog‗liq bo‗lgan iqtisodiyot tarmoqlarini qo‗llab-
quvvatlashga yo‗naltirish; 

davlat va aholining xalqaro standartlari darajasida 
turmush sifatini ta‘minlovchi, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik 
sohalardagi O‗zbekistonning iqtisodiy siyosati ustuvorliklari; 

iqtisodiy xavfsizlikni taqdim etish maqsadida milliy 
iqtisodiyot 
va 
uning 
hududlari 
sohalarining 
strategik 
ahamiyatliligini hisobga olgan holda mintaqa yalpi ichki 
mahsulotning hududiy va tarmoq tarkibiy tuzilmasining 
parametrlari; 

xalqaro savdo tashkiloti tarkibida milliy iqtisodiyotni 
shakllanish tamoyillarini belgilab beruvchi shart-sharoitlar va 
ushbularga bog‗liq holda birinchi hamda yuqori tartibdagi moddiy 
boyliklar, undan tashqari, strategik ahamiyatliligi guruhiga 
kiritilgan nomoddiy aktivlarning eksport va importining tarkibiy 
tuzilmasi;

noaniqlik sharoitida strategik muhim bo‗lgan birinchi va 
yuqori tartibdagi moddiy boyliklarning iqtisodiy xavfsizlikni 
ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan hajmda zaxiralarni ta‘minlash. 
Xuddi 
shunday 
holatlar 
davlatlararo 
munosabatlarni 
keskinlashuvi, harbiy ixtiloflarni, terroristik harakatlar, mamlakat 
ichkarisida va tashqarisida raqobat kurashining keskinlashuvi


45 
muhim resurslarni yo‗qotilishida, stixiyali ofatlarni va ekologik 
falokatlarni paydo bo‗lishi sharoitida ham vujudga kelishi 
mumkin.
Ushbu omillar davlatga nisbatan xavf-xatarlarni keltirishi 
mumkin. Ular tashqi va ichki omillarga bo‗linadi. Ichki 
tahdidlarga – bu o‗z-o‗zini saqlash va rivojlantirish imkoniyatini, 
iqtisodiyotda innovatsion ishlanmalarning yo‗qligi, davlat 
tomonidan 
iqtisodiyotni 
tartibga 
solish 
konsepsiyasining 
samarasizligi, jamiyatni shakllantirishning nisbatan optimal 
yo‗llarini izlab topishda va ziddiyatlarni hal etishda manfaatlar 
o‗rtasidagi balansni topa olmaslik kabilar tashkil etadi. Tashqi 
tahdidlarga, birinchi navbatda, jahon baholari va tashqi savdoning 
konyunkturasini o‗zgartiradi, so‗mning kursi, kapital chetga 
chiqishini uni kirishiga nisbatan yuqori bo‗lsa, davlat qarzlarini 
shakllanishi, importga qaramlik. 
Iqtisodiy xavfsizlikning asosiy xavf-xatarlari va tahdidlariga 
quyidagilar kiradi: 

rivojlangan davlatlar tomonidan ustunlikning asosiy 
omili sifatida texnologiyalarni global raqobat sharoitida 
foydalanilsa; 

jahon 
iqtisodiyotida 
ichki 
nomunatosibliklarning 
kuchayishi, alohida mamlakatlar tashqi qarzining o‗sishi va 
shundan kelib chiqib qator davlatlarning moliyaviy qaramligi; 

O‗zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlariga 
nisbatan diskreminatsion ta‘sirni qo‗llash, xorijiy moliyaviy 
resurslarga va zamonaviy texnologiyalarga nisbatan cheklovlarni 
qo‗yilishi; 

O‗zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlar 
doirasida hamda uning chegaralarida ziddiyatlarning kuchayishi; 


46 

jahon tovar va moliya bozorlarida konyunkturali 
tebranishlarni kuchayishi; 

O‗zbekistonning qazilma boyliklariga nisbatan jahon 
talabining 
tuzilmaviy 
tarkibini 
o‗zgarishi 
va 
yashil 
texnologiyalarni rivojlanishi; 

O‗zbekistonning milliy manfaatlariga katta zarar 
keltirishi mumkin bo‗lgan, savdo va investitsiyaviy munosabat 
sohalarida davlatlararo iqtisodiy birlashmalarni (O‗zbekistonni 
ishtirokisiz) faoliyat yuritishi; 

O‗zbekiston moliya va bank tizimini jahon bozorlari 
tavakkalchiliklariga nisbatan bog‗liqligi, xususan, tizimni axborot 
ta‘minotidagi qaramlik; 

jahonning yetakchi kompaniyalari qatorida O‗zbekiston 
kompaniyalarining yo‗qligi; 

yomon investitsion muhitning mavjudligi natijasida real 
ishlab chiqarishga yo‗naltirilgan investitsiya hajmining pastligi, 
tadbirkorlik faoliyatini yuritishda katta xarajatlar, sezilarli 
darajada ma‘muriy to‗siqlar, mulk huquqlari himoyasining 
samarasizligi; 

O‗zbekiston 
kompaniyalarini 
innovatsion 
texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishda xorijiy 
kompaniyalardan orqada qolishi va mamlakat mutaxassislari 
malakasining pastligi; 

faoliyat yuritayotgan qazilma boylik konlari sonining 
qisqarishi va yangilarini o‗zlashtirish xarajatlarining yuqoriligi; 

tashqi va ichki sabablarga ko‗ra iqtisodiy o‗sish 
sur‘atlarining pasayishi; 
yuqori darajada kriminallashuv va iqtisodiyot sohasida 
korrupsiyani kuchayishi; 

xufyona iqtisodiyotning yuqori ulushini saqlanib qolishi; 


47 

aholi daromadlarini tabaqalashuvini kuchayishi; 

inson potensiali sifatini pasayishi bilan bog‗liq holda 
ta‘lim va tibbiyot sifati pasayishi; 

yuqori malakali kadrlarga nisbatan xalqaro raqobatni 
kuchayishi; 

ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish 
darajasi 
bo‗yicha 
O‗zbekiston Respublikasi mintaqalarini tabaqalanishuvi; 

ekologik xavfsizlik sohasi bo‗yicha ortiqcha talablarni 
qo‗yilishi, ishlab chiqarish va iste‘mol bo‗yicha ekologik 
standartlarni ta‘minlash xarajatlarini o‗sishi. 
Ko‗rsatkichlar 
guruhi 
Ko‗rsatkichlar tavsifi 
Yalpi ichki 
mahsulot 

Yalpi ichki mahsulotning jismoniy hajmi indeksi 

Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 

Jahon yalpi ichki mahsulotida O‗zbekistonning 
ulushi 

Yalpi 
ichki 
mahsulotda 
asosiy 
kapitalga 
investitsiya ulushi 

Yalpi ichki mahsulotning energiya sig‗imkorligi 
Ishlab chiqarish 
jarayoni 

Asosiy fondlarning eskirish darajasi 

Sanoat ishlab chiqarish indeksi 

Mehnat unumdorligi indeksi 

Asosiy 
kapitalga 
investitsiyalarda 
mashina, 
uskunalar 
va 
transport 
vositalariga 
qilingan 
investitsiyalar ulushi 
Pul bozori 

Pul massasi indeksi (pul agregatlari M2) 

Inflatsiya darajasi 

Sof kapitalni chiqishi (kirishi) 

O‗zbekiston Respublikasining oltin zaxiralarining 
import tovarlar hajmiga nisbati 
Moliyaviy 
mustaqillik 

Davlatning tashqi qarzi 

Davlatning ichki qarzi

Byudjet tanqisligi 


48 
Mehnat bozori 
Mehnat bozorining zichligi (напреженност)

koeffitsiyenti 

Daromadlari yashash minimumidan past bo‗lgan 
aholi ulushi 

Mehnatga layoqatli aholida ish haqi hajmi yashash 
minimumidan past bo‗lgan ishchilar ulushi 

Ta‘lim darajasi bo‗yicha band bo‗lganlarning 
iqtisodiyot tarmoqlari bo‗yicha taqsimlanishi 
Tashqi iqtisodiy 
faoliyat 

Eksport va importning jismoniy hajmi indeksi va 
savdo balansi saldosi 

Tovarlar va xizmatlar eksportida innovatsion 
tovarlar va xizmatlar ulushi 
Boshqa 
ko‗rsatkichlar 

Iqtisodiy integratsiya darajasi 

Chakana savdo oboroti 

Iqtisodiyot sohasida jinoyatchilik darajasi 

Detsil koeffitsiyenti 
Ko‗rsatkichlar 
guruhi 
Ko‗rsatkichlar tavsifi 
Yalpi ichki 
mahsulot 

Yalpi ichki mahsulotning jismoniy hajmi indeksi 

Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot 

Jahon yalpi ichki mahsulotida O‗zbekistonning 
ulushi 

Yalpi 
ichki 
mahsulotda 
asosiy 
kapitalga 
investitsiya ulushi 

Yalpi ichki mahsulotning energiya sig‗imkorligi 
Ishlab chiqarish 
jarayoni 

Asosiy fondlarning eskirish darajasi 

Sanoat ishlab chiqarish indeksi 

Mehnat unumdorligi indeksi 

Asosiy 
kapitalga 
investitsiyalarda 
mashina, 
uskunalar 
va 
transport 
vositalariga 
qilingan 
investitsiyalar ulushi 
Pul bozori 

Pul massasi indeksi (pul agregatlari M2) 

Inflatsiya darajasi 

Sof kapitalning chiqishi (kirishi) 

O‗zbekiston Respublikasining oltin zaxiralarini 
import tovarlar hajmiga nisbati 
Moliyaviy 

Davlatning tashqi qarzi 


49 
mustaqillik 

Davlatning ichki qarzi

Byudjet tanqisligi 
Mehnat bozori 

Mehnat 
bozorida 
zichligi 
(напреженност) 
koeffitsiyenti 

Daromadlari yashash minimumidan past bo‗lgan 
aholi ulushi 

Mehnatga layoqatli aholida ish haqi hajmi yashash 
minimumidan past bo‗lgan ishchilar ulushi 

Ta‘lim darajasi bo‗yicha band bo‗lganlarning 
iqtisodiyot tarmoqlari bo‗yicha taqsimlanishi 
Tashqi iqtisodiy 
faoliyat 

Eksport va importning jismoniy hajmi indeksi va 
savdo balansi saldosi 

Tovarlar va xizmatlar eksportida innovatsion 
tovarlar va xizmatlar ulushi 
Boshqa 
ko‗rsatkichlar 

Iqtisodiy integratsiya darajasi 

Chakana savdo oboroti 

Iqtisodiyot sohasida jinoyatchilik darajasi 

Detsil koeffitsiyenti 
O‗zbekiston Respublikasini 2030-yilga qadar ijtimoiy-
iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasida iqtisodiy 
xavfsizlik ko‗rsatkichlari sifatida quyidagilar keltirilgan:
1.
Pul massasi indeksi (pul agregatlari M2). 
2.
Inflatsiya darajasi. 
3.
Sof kapitalning chiqishi va (kirishi). 
4.
Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot. 
5.
Jahon yalpi ichki mahsulotida O‗zbekistonning ulushi. 
6.
Yalpi ichki mahsulotning jismoniy hajmi indeksi. 
7.
Yalpi ichki mahsulotda asosiy kapitalga investitsiya 
ulushi. 
8.
Yalpi ichki mahsulotning energiya sig‗imkorligi. 
9.
Yalpi ichki mahsulotda yuqori texnologik tovarlar va 
xizmatlar ulushi. 


50 
10.
Asosiy kapitalga investitsiyalarda mashina, uskunalar va 
transport vositalariga qilingin investitsiyalar ulushi. 
11.
Asosiy fondlarning eskirish darajasi. 
12.
Sanoat ishlab chiqarish indeksi. 
13.
Mehnat unumdorligi indeksi. 
14.
Inflatsiya darajasi. 
15.
O‗zbekiston Respublikasining oltin zaxiralarini import 
tovarlar hajmiga nisbati. 
16.
Davlatning tashqi qarzi. 
17.
Davlatning ichki qarzi . 
18.
Eksport va importning jismoniy hajmi indeksi va savdo 
balansi saldosi. 
19.
Tovarlar va xizmatlar eksportida innovatsion tovarlar va 
xizmatlar ulushi.
20.
Ta‘lim darajasi bo‗yicha band bo‗lganlarning iqtisodiyot 
tarmoqlari bo‗yicha taqsimlanishi. 
21.
Iqtisodiy integratsiya darajasi. 
22.
Chakana savdo aylanmasi. 
23.
Iqtisodiyot sohasida jinoyatchilik darajasi. 
24.
Detsil koeffitsiyenti. 
25.
Iqtisodiyot sohasida jinoyatchilik darajasi. 
26.
Mehnatga layoqatli aholida ish haqi hajmi yashash 
minimumidan past bo‗lgan ishchilar ulushi. 
27.
Import tarkibida oziq-ovqat tovarlari ulushi. 
28.
Umumiy aholi sonida mehnat resurslarining ulushi. 
Iqtisodiyot ko‗rsatkichlari bilan iqtisodiy xavfsizlikning 
tahlikali chegara ko‗rsatkichlarini qiyoslash asosida uning holatini 
baholash va tahdidlarni bartaraf etishning kompleks chora-
tadbirlarini ishlab chiqish mumkin.


51 
Shunday qilib, iqtisodiy xavfsizlik bu iqtisodiyotning 
shunday holatiki, unda barqaror iqtisodiy o‗sishga erishiladi, 
ijtimoiy ehtiyojlar qondiriladi, samarali boshqaruv, milliy 
iqtisodiyotning o‗ziga xos belgilaridan biriga aylanadi. Iqtisodiy 
xavfsizlik ikki tashkil etuvchidan iborat: ichki va tashqi. Ichki 
tashkil etuvchilarga mamlakatda yuz bershi mumkin bo‗lgan, 
kutilayotgan tahdidlar va stixiyalarga nisbatan iqtisodiyotni, 
jamiyat va davlat institutlarining barqarorligi bilan ifodalanadi. 
Tashqi tashkil etuvchilarga, xorijiy iqtisodiy yoki siyosiy 
subyektlar manbai bo‗lib, kutilmagan yoki ular tomonidan 
rejalashtirilgan tahdidlar bo‗lib hisoblanadi. 

Yüklə 5,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə