Bank ishi va auditi yo‘nalishi “Iqtisodiyotda



Yüklə 121,17 Kb.
səhifə1/4
tarix11.12.2023
ölçüsü121,17 Kb.
#144095
  1   2   3   4
Хakimjonova Mohira 23-5 AKT



60410500-BANK ISHI VA AUDITI YO‘NALISHI
Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar” fanidan
MUSTAQIL ISH
MAVZU: AXBOROT-KOMMUNIKATSION TЕXNOLOGIYALAR VA TIZIMLAR”
FANIGA KIRISH
Bajardi: BD-23/05-guruhi talabasi: Xakimjonova Mohirahon
Qabul qildi: Maxammadiyev Maqsud
TOSHKENT-2023

MAVZU: AXBOROT-KOMMUNIKATSION
TЕXNOLOGIYALAR VA TIZIMLAR” FANIGA KIRISH
R E J А:

  1. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariva tizimlari fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari

  2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining raqamli iqtisodiyotdagi o‘rni va vazifalari

  3. Kompyuter tizimining ishlash blok-sxemasi

XULOSA
    1. Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariva tizimlarifanining mazmuni, maqsadi va vazifalari


Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) samarali foydalanmasdan turib, innovatsion iqtisodiyotni rivojlan-tirishni tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Iqtisodiyotida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darajasi iqtisodiy o‘sish, samaradorlik, bandlik va biznes samaradorligini belgilaydi. Yagona axborot makonini tashkil etuvchi AKT ta’sirida axborot globallashuvi sharoitida sanoat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi omillari o‘zgarib, yangilari bilan to‘ldirilmoqda.
Rivojlanishning ushbu bosqichida O‘zbekiston texnologik rivojlanish darajasiga va ishbilarmonlik amaliyotiga AKTni joriy etish bo‘yicha loyihalarni yaxshiroq rejalashtirishga bog‘liq ravishda ishlab chiqarilgan samaradorlikni va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarni amaliy namoyish etish uchun yuqori salohiyatga ega. AKT sohasini ilg‘or rivojlantirish O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nali-shlaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatidaquyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: “Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og‘ir illat –korrupsiya balosini yo‘qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor. Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so‘z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin”1
Zamonaviy dunyoda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘tgan yillarda O‘zbekiston rahbariyati tomonidan axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish



1review.uz/uz/post/uzbekiston-respublikasi-prezidenti-savkat-mirzieevning-olij-mazlisga- murozaatnomasi.
va rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan ishlar allaqachon o‘z samarasini bermoqda. 2020-yil AKT sohasi uchun, shubhasiz, sermahsul bo‘ldi. O‘tgan yilda AKT sohasida keng ko‘lamli ishlar va qator yirik loyihalar amalga oshirildi.
Optik tolali aloqa liniyalarini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qator ishlar olib borilib, optik tolali tarmoqlarning umumiy uzunligi 2020-yilga kelib 72 mingkilometrgayetkazildi. Joriy yil ohirigacha 118,6ming kilomertgachayetkazilishi rejalashtirilgan. BirmilliontaInternet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 3 milliongayetkazildi. 2021-yil oxiriga qadar portlarning soni 3,9 milliongachayetkazilishi rejalashtirilgan. Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlikqobiliyati 1200 Gbit/s.gacha yetkazildi. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlari darajasida 2 barobarga, tuman markazlari darajasida esa 4 barobaroshdi.
Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida 2020-yilda
5 Petabaytgasig‘imli ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ushga tushirildi. Mobil aloqa tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha Respublika bo‘yicha 31,7 mingdan ortiqmobil aloqa baza stantsiyalari mavjud bo‘lib, aholi punktlarni mobil aloqa bilan qamrash darajasi98 foizgachaoshirildi. Bu yilda mobil aloqa baza stantsiyalari sonini 33,7 minggachayetkazilishi va mobil aloqa bilan qamrovni 99 foizgachako‘tarilishi rejalashtirilgan.
Internet bilan ta’minlash doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Respublikada 10154ta umumta’lim maktablari, 5725 ta maktabgacha ta’lim muassasalari va 3401ta sog‘liqni saqlash obyektlari mavjud bo‘lib, jami 17 660 kilometroptik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan va yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratilgan.
O‘tgan yilgi Davlat dasturida ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarini tezkor internetga ulash ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgandi. Boisi bu yosh avlodning zamonaviy bilim olishi, 22 bemorlarga sifatli
va tezkor xizmat ko‘rsatish salohiyatini oshirishi bilan ham ahamiyatlidir. Birinchidan, AKT sohasining iqtisodiy ko‘rsatkichlari barqarorligini ta’minlash borasida:11 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi hisobiga 200,5 million dollardan ortiq, jumladan, 141,4 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.
Ikkinchidan, Raqamli infratuzilmani rivojlantirish borasida: bugungi kunda 5641 ta mobil aloqa tayanch stansiyasi ishga tushirilib, ularning umumiy soni 31 740 ta gayetkazildi;
Oldin asosan, telefon so‘zlashuvlari xizmatlarini ko‘rsa-tuvchimobil tarmoqlarini kengaytirish vazifasi bajarilgan bo‘lsa, hozir tarmoq qamrovini oshirish bo‘yicha loyihalar internet xizmatlarini kengaytirish uchun 3G/4G texnologiyalari joriy etilmoqda. Xususan, 2020 yilda 5641ta mobil aloqabaza stansiyalari o‘rnatilib ishga tushirildi, bundan tashqari 3600ta 2G baza stansiya 3G/4G standartiga modernizatsiya qilindi.
2020 yilning 1 yanvaridan operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 56,0 ming so‘mni tashkil etdi.
Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22mln.dan ortdi, shundan mobil Internet foydalanuvchilarisoni 19mln tashkil etdi. Respublika bo‘yicha 237ta

obyektda magistral telekom-munikatsiya

tarmoqlari

kengaytirilib,

telekommunikatsiya uskunalari modernizatsiya

qilinib,

magistral

telekommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazuvchanlik

qobiliyati

viloyatlararo

darajada200 Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa40 Gbit/s.ga yetkazildi. Shuningdek, “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish” loyihasi doirasida respublika bo‘yicha 10,0ming km.optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 36,6ming km.ga yetkazildi.
Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 2017 ta mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatilib, ularning umumiy soni 26 mingtadanortdi va respublika aholi maskanlarini mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 96 foizga va mobil Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish qamrovi darajasi 70
foizgayetkazildi. Internet tarmog‘iga keng polosali simli ulanishni kengaytirishni amalga oshirish doirasida operatorlar va provayderlar tomonidan 786 mingta portmontaj qilindi va umumiy keng polosali tarmoqqa ulanish portlari soni 1,9 mln.gayaqin yetkazildi.
Servis, turizm, savdo va umumiy ovqatlanish obyektlarining jozibadorligini oshirish maqsadida barcha diqqatga sazovor joylar, ziyoratgohlar, temir yo‘l vokzallari, aeroport, turistik obyektlar hamda Toshkent metropolitenining barcha obyektlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlar, telekommunikatsiya operator va provayderlari tomonidan 685dan ortiq Wi-Fi tarmog‘i orqali Internetga ulanish nuqtalari ishga tushirildi.
Iqtisodiyotgi axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar fanini o‘rganishning asosiy maqsadi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, shu jumladan raqamli iqtisodiyot texnologiyalaridan milliy iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida foydalanish bo‘yicha fundamental bilim, ko‘nikma va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdir.
Fanni o‘rganishning asosiy vazifalari:

  • axborotlarni qayta ishlash uchun tеxnik ta’minot, zamonaviy opеratsion tizimlar funksiyalari bilan tanishish va dasturiy vositalarda iqtisodiy masalalarni еchishni o‘rganadi;

  • tarmoqtеxnologiyalari bilan tanishish va intеrnеt xizmatlaridan oqilona foydalanadi;

  • iqtisodiyotni turli sohalarida raqamli iqtisodiyot tеxnologiya-laridan foydalanish asoslarini o‘rganadi va ularda ishlashni biladi;

  • elеktron xukumat to‘g‘risida amaliy ko‘nikmalar va nazariy bilimlar bilan har tomonlama tanishtirib chiadi;

  • elеktron biznеs turlari bilan tanishi va savdo amallarini bajarishni o‘rganadi;

  • katta hajmdagi kеlib tushayotgan axborotlarni samarali qayta ishlash uchun intеllеktual tizimlari va biznеs-analitikadan foydalanadi.

Ta’lim bеrish natijasida:

  • Zamonaviy opеratsion tizimlari, matnli, jadvalli axborotlarni qayta ishlash dasturlarining funksional imkoniyatlari bilan tanishadi.

  • Boshqaruv jarayonlarida shaxsiy kompyutеrlardan foydala-nishning nazariy asoslari va ularni milliy iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga tadbiq qIlish usullarinio‘rganadi.

  • Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari va katta ma’lumotlar bazasida axborotlar bilan ishlashni o‘rganadi.

  • Intеrnеt tizimi va tarmoq tеxnologiyalarida ishlash uchun amaliy ko‘nikmalarni oladi.

  • Elеktron xukumat, elеktron tijorat, mobil-tijoratni rivojlanish tеndеntsiyalari, yo‘nalishlari va ularning tavsifini o‘rganadi.

  • Raqamli iqtisodiyotni tеxnologiyalari bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lib, bulutli tеxnologiyalari, blokchеyn tеxnologiyalari, kriptoaktivlar, biznеs analitika, elеktron biznеs tushunchalarini shakllantiradi.

  • Axborotlar bilan ishlashda xavfsizligini ta’minlash usullarini tadbiqetish va funktsional imkoniyatlari bilan tanishadi.

    1. Yüklə 121,17 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə