See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-§. O‗zbekistonning iqtisodiy xavfsizlik omillari



Yüklə 5,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/225
tarix28.11.2023
ölçüsü5,35 Mb.
#134458
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   225
30 06 2022

2.2-§. O‗zbekistonning iqtisodiy xavfsizlik omillari 
Iqtisodiy xavfsizlik bilan bog‗liq muhim tushunchalar 
quyidagilardan iborat: 

O‗zbekiston Respublikasining iqtisodiy suvereniteti – 
xalqaro majburiyatlarni hisobga olgan holda tashqi va ichki 
iqtisodiy siyosatni olib borishda davlatning mavjud bo‗lgan 
obyektiv mustaqilligi; 

Iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlar – iqtisodiyot sohasida 
O‗zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga to‗g‗ridan-
to‗g‗ri va bilvosita ziyon keltirishi mumkin bo‗lgan yalpi shart-
sharoitlar va omillar; 

Iqtisodiy xavfsizlikka xavf-xatarlar – biror-bir aniq 
shart-sharoitlarda ularning bari iqtisodiy xavfsizlikka tahdidlarni 
vujudga keltirishi mumkin; 

Iqtisodiy 
xavfsizlik 
sohasida 
tavakkalchiliklar 
– 
iqtisodiy xavfsizlikni amalga oshirish jarayonida O‗zbekiston 
Respublikasi milliy manfaatlariga ziyon keltirishi mumkin; 

Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlash – davlat organlari va 
mahalliy hokimiyat va O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan jamiyatning fuqorolik institutlari bilan hamkorlikda 
milliy manfaatlarga bo‗lgan tahdidlarga qarshi qaratilgan siyosiy
huquqiy, tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, axborot va iqtisodiyot 


37 
sohasida hamda boshqa turdagi chora- tadbirlarni amalga 
oshirishi;
Iqtisodiy 
xavfsizlik 
tizimi 
o‗zining tushuncha va 
kategoriyalariga asoslanib yettita blokdan iborat: 
1. Milliy xavfsizlik konsepsiyasi. 
2. Iqtisodiyot sohasida O‗zbekiston Respublikasining milliy 
manfaatlari. 
3. Iqtisodiyot sohasida tahdidlar. 
4. Iqtisodiy xavfsizlik indikatorlari. 
5. Iqtisodiy xavfsizlikning tahlikali chegaralari. 
6. Iqtisodiy xavfsizlikni tashkil etish. 
7. Iqtisodiy xavfsizlik huquqiy ta‘minoti. 
Iqtisodiy xavfsizlik tuzilmasini uning darajalari (tashkiliy 
tuzilma) va uning turlari (funksional tuzilma) orqali taqdim etish 
mumkin: 
1)
xalqaro (global va mintaqaviy); 
2)
milliy; 
3)
mintaqaviy (mamlakat ichida); 
4)
tashkiliy (korxona, firma); 
5)
shaxs. 
Milliy iqtisodiyotning barqarorligi esa mulkchilikning barcha 
shakllarini himoya qilish, tadbirkorlik faolligi uchun sharoit va 
kafolatlarni yaratish, barqarorlikka putur yetkazishi mumkin 
bo‗lgan omillarga (masalan, iqtisodiyotda kriminal tuzilmalar 
bilan kurash, og‗ir ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin 
bo‗lgan daromadlar taqsimlanishida katta tafovutlarga yo‗l 
qo‗ymaslik) to‗siq bo‗lish imkoniyatlarini bildiradi. 

Yüklə 5,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə