Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 37,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü37,72 Kb.
#151368
  1   2   3   4
Ilm-fan va innovatsiya 1222



ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
88 
PSIXOSOTSIAL SALOMATLIK, ASOSIY KO’RSATKICHLAR VA BAHOLASH 
MEZONLARI
Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani 
54-umumiy o’rta ta’lim maktabining Amalyotchi psixologi 
To‘laganova Rashida Islomxojayevna 
+998930028558 
esmatovtosmat494@gmail.com

 https://doi.org/10.5281/zenodo.8020038
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada insonlarning psixosotsial salomatligi, asosiy ko’rsatkichlari va 
baholash mezonlariga qaratilgan hamda salomatlikni yaxshilaydigan, kasallikka olib keluvchi 
omillar haqida yoritilgan. 
Kalit so’zlar:
ijtimoiy, siyosat, milliy, salomatlik, Samaradorlik, shaxsiy, salomatlik, nikotin, 
ekologik, strategiya, psixogigiena, struktura, “Tib qonunlari”, ta’lim-tarbiya. 
O'zbekiston Respublikasining ijtimoiy siyosatida milliy o'zlikni anglash, milliy va 
umumbashariy qadriyatlarni o'zlashtirish orqali shaxs bilan jamiyat o'rtasida uyg’unlikni 
vujudga keltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada mamlakatimizda yoshlar, 
o’quvchilarning qobilyatlari, iste’dodlari, ichki imkoniyatlari o’ziga xos individual-psixologik 
xususiyatlarini tadqiq etish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Kishi dunyoga kelgandan 
so’ng, avvalo, uning ota-onasi, farzandini unib-o’sishini , kamol topishini istaydi.Kelajakda esa 
o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib shu yurtning biror koriga nafi tegadigan barkamol avlod 
sifatida ulg’ayadi. Hozirgi vaqtga kelib dunyo aholisining soni yildan- yilga ortib bormoqda. 
Tug’ilgan bolalarning aksariyatida esa turli xil nuqsonlar kuzatilmoqda. Ushbu holatlarning 
kelib chiqishiga sabab bo’lgan bir qancha omillar mavjud. Jumladan, ekologik holatning 
yomonlashuvi, turmush qurishda yo’l qo’yilgan xatolar va sog’lom turmush tarziga amal 
qilmaslik natijasida yuzaga kelmoqda. Lekin hozirgi vaqtga kelib davlatimiz tomonidan 
yaratilgan imkoniyatlar ushbu turdagi shaxslarga ham keng yo’l ochdi. Maxsus maktablar 
hamda inklyuziv ta’limning to’gri yo’lga qo’yilganligi, ularga ta’lim-tarbiya berish jarayoni 
davlat standartlariga javob bera oladigan darajada shakllanib bormoqda. 
Psixologlar salomatlikni yaxshilaydigan, kasallikka olib kelishi mumkin boʻlgan yoki tibbiy 
yordam samaradorligiga taʼsir qiladigan xatti-harakatlar va tajribalarni aniqlash uchun 
tadqiqot oʻtkazadilar. Shuningdek, ular sogʻliqni saqlash siyosatini yaxshilash yoʻllarini tavsiya 
qiladilar[2]. Psixologlar salomatlikni mustahkamlash va kasalliklarning oldini olish 
maqsadida nikotinga qaramlikni [3] kamaytirish, kunlik ovqatlanishni yaxshilash 
strategiyalarini ishlab chiqish ustida ishlamoqda[4]. Shuningdek, ular kasallik va shaxsiy 
xususiyatlar oʻrtasidagi munosabatni oʻrganishdi. Masalan, salomatlik psixologiyasi tashvish, 
dürtüsellik, dushmanlik / gʻazab, hissiy beqarorlik, ruhiy tushkunlik, boshqa tomondan, 
haddan tashqari haydash kabi shaxsiy xususiyatlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni topdi[5]. 
Psixologlar odamlarning xatti-harakatlarini ikki tomonlama maqsadda oʻzgartirishga 
intilishadi, ular odamlarga sogʻlom boʻlishga yordam berish va bemorlarga oʻz kasalliklarini 
yoʻq qilishlariga yordam berishadi. 
1.Psixologik 
salomatlik, 
uning 
strukturasi 
va 
buzilish 
me’yorlari 
Psixogigiеna – psixik sog`liqni saqlash va mustahkkamlashga yo`naltirilgan tadbirlarni ishlab 
chiquvchi va amalga oshiruvchi gigiеna sohasidir. Ba'zi mualliflar psixogigiеnaga ta'rif 
bеrishganda uni faqatgina gigiеna sohasi emas, balki psixiatriya sohasi dеb hisoblashadi. 



Yüklə 37,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə