Saidova parvina mirzo qizi


I BOB. O’QUVCHILARDA MA’NAVIY TARBIYA INDIKATORLARINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY PEDAGOGIK ASOSLARI



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə8/15
tarix31.12.2021
ölçüsü1,57 Mb.
#82034
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
I-BOB

I BOB. O’QUVCHILARDA MA’NAVIY TARBIYA INDIKATORLARINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY PEDAGOGIK ASOSLARI

  • 1.1. Sharq mutafakkirlarining ma’naviy tarbiya haqidagi ta’limotlari. Barchamizga ma’lumki, tarbiya – aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayondir. Axloq esa ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Axloq (arab. xulqning ko’pligi; lot. moralis – xulq-atvor) – ma’naviy hayot hodisasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri, ma’naviyat sohasiga oid tushuncha. Kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turushi, ijtimoiy va shaxsiy hayotidagi o’zaro munodsabat, shuningdek, jamiyatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turadfigan barqaror, muayyan me’yor va qoidalar yig’indisi. Axloq talablari kishilarning fa’l-atvori va faoliyatida o’z ifosadini topadi. A.Avloniy shunday ta’rif bergan: “insonlarni yaxshilikg’a chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur. O’z aybini bilib, iqror qilub tuzatmakg’a sa’y va ko’shish qilgan kishi chin bahodir va pahlavon kishidir”. Forobiyning fikricha, inson bilimli va namunali axloq egasi bo’lgandagina ijobiy xislatlari bilan batchaga o’rnak bo’la oladi. Axloqiy tarbiya esa, jamiyat ma’naviy hayotidagi muhimijtimoiy hodisa bo’lib, odob-axloq tizimini, axloqiy fazilatlarini zamon talablari asosida har qaysi avloq ongiga singdirish shakli bo’lib, o’zib kelayotgan yosh avlodda xulq odob me’yorlariga mos keladigan, zamon talablariga beradigan insoniy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan ilmiy va amaliy harakatlar tizimi tushuniladi.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə