Saidova parvina mirzo qizi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə10/15
tarix31.12.2021
ölçüsü1,57 Mb.
#82034
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
I-BOB

Gumata (yaxshi fikr) deganda yaqin kishilarga mehribonlik qilish, muhtojlik va xavf-xatar ostida qolganda yordam berishga shaylik, kishilar baxt saodati uchun faol kurashishga doim tayyor turish, hamma bilan ahil va totuv yashash va boshqalar tushuniladi.

  • Gumata (yaxshi fikr) deganda yaqin kishilarga mehribonlik qilish, muhtojlik va xavf-xatar ostida qolganda yordam berishga shaylik, kishilar baxt saodati uchun faol kurashishga doim tayyor turish, hamma bilan ahil va totuv yashash va boshqalar tushuniladi.
  • Gugta (yaxshi so’z) deganda esa, o’z va’dasiga rioya qilish, so’zning ustidan chiqish, savdo-sotiq ishlarida halol bo’lishga, qarzini o’z vaqtida to’lash, o’g’rilik va talonchilik qilmaslik, buzuqlikdan o’zini tiyish va h.k. tushuniladi.
  • Gvarshta (yaxshi ishlar) deganda insonning o’z xatti-harakatida yaxshi fikr va yaxshi so’zlarda ilgari surilgan barcha ijobiy yo’l-yo’riqlarga og’ishmay amal qilish nazarda tutiladi
  • . Qarangki, oradan ming yillar o’tgan bo’lsada, hali hanuz bu ta’limotning mohiyati bugungi davr talabida ham o’z ahamiyatini yuqotmagan. “Avesto”dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yondashiladigan bo'lsa, ular qadimgi zamon kishilarining axloqiy tasavvurlariga batamom muvofiq bo'lib tushadi. «Avesto» asarida insonning barkamol bo'lib yetishishida uning so'zi, fikri hamda ishi ezgu bo'lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e’tibor beriladi. Ushbu ma’naviy-axloqiy uchlik g'oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma’rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo'lgan.
  • Zero, unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo'lgan muayyan talablar o'z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq, balki G'arb xalqlarining ham muhim ma’naviy merosi bo’lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g'oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bo'lishiga olib kelgan. Zardushtiylik ta’limotining axloqiy yo'riqlariga binoan, inson tomonidan o'z burchini his etishning eng birinchi belgisi ma’naviy poklik sanalgan.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə