Reja: Savdogarbank faoliyatining tashkiliy va iqtisodiy tavsifi savdogarbankda marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarish Savdogarbankda xizmat ko’rsatish


"Savdogarbank"AJ faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə3/12
tarix30.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#114390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
bank2.1

"Savdogarbank"AJ faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari:

  • xorijiy krеdit liniyalari, xalqaro kapital bozoridagi rеsurslar, xorijiy invеstorlar mablag‘larini jalb qilish orqali iqtisodiyotning ustuvor sеktorlarida yirik invеstitsion loyihalarni faol ravishda krеditlash

  • xizmat ko‘rsatish sifati va tеzkorligini oshirish uchun innovatsion moliyaviy mahsulotlarni joriy etish

  • kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga bank xizmatlarini, shuningdеk, tashqi iqtisodiy faoliyat masalalarida moliyaviy maslahatlar bеrish va axborot ko‘magini ko‘rsatish

  • aholiga chakana bank xizmatlari ko‘rsatishni rivojlantirish, shu jumladan axborot-kommunikatsiya tеxnologiyalaridan foydalangan holda bank xizmatlarining yangi turlarini joriy etish

  • birinchi navbatda milliy valutadagi uzoq muddatli mablag‘larni safarbar qilish hisobiga bank faoliyatini moliyalashtirish manbalarini divеrsifikatsiya qilish

  • savdo-eksport moliyalashtirish biznеsi mahsulotlarini rivojlantirish va uning gеografiyasini kеngaytirish, shuningdеk, rеspublikaning eksport salohiyatini rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, eksport qiluvchilarga konsalting xizmatlarini taqdim etish

  • korporativ mijozlarga invеstitsion banking, jumladan ichki va tashqi bozorlarda qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish

SavdogarbankAJ bugungi kunga kelib 69 ta filial, 43 ta bank xizmatlari markaziga va 26 ta mini bankka ega.
Iqtisodiy nuqtai nazardan, iste‘mol qilish natijasi, yoki o`rganilayotgan obyektning iste‘mol qiymati -sifatdir. Bir obyektning sifatga ehtiyoji boshqa obyektning ehtiyojidan farqlanishi sababli, iste‘molchilar sifatni turlicha baholashadi. Iqtisodiy tarafdan, sifatning ehtiyojga qanchalik mosligini bilish muhimdir. Aks holda har qanday yuqori sifat ham foydali bo`lavermaydi. Demak, sifatni texnik va iqtisodiy jihatdan tushunish o`rtasida ziddiyat mavjud ekan. Sifat dialektik xususiyatga ega bo’lib, obyektlarning ishlab chiqarish va iste‘molchi o`rtasidagi bog`liqligi bilan shartlanadi. Sifatni bunday tushunish, uning serqirra va umumiy xususiyatlarini ta‘kidlab, yuqorida ko`rsatilgan barcha jihatlarni o`z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3620-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2018 yil 2 iyuldagi “Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risida”gi 3030- sonli Nizomi ijrosini ta’minlash yuzasidan Savdogarbank bo‘lim va filiallarida iste’molchilarni dastlabki qabul qilish uchun resepshn xodimlari tashkil qilingan, malakali xodimlar bilan butlangan, Bank Boshqaruvi tomonidan 2018 yil 13 noyabrda tasdiqlangan xodimlarning lovozim yo‘riqnomalari barcha xodimlarga yetkazilgan.
3-rasm. SavdogarbankAJ xodimlari soni va sifat tarkibi7
Mijozlarga dastlabki ma’lumotlarni beruvchi resepshn xodimalari tashkil qilingan. Resepshn xodimining asosiy vazifasi mijozlarga hizmat ko‘rsatishlishini tashkil etishdir. Jismoniy va yuridik mijozlarga xizmat ko`rsatish uchun alohida zallar mavjud. Mijozlardan to‘lovlarni qabul qiluvchi universal kassalar tashkil etilgan. Mijozlar uchun kutish zallari mavjud. Korporativ boshqaruvsi muntazam ravishda mijozlar bilan muloqotda bo‘lishi, mijozlarning xar qanday e’tirozli va xar qanday muammosi yechimini topa olishi belgilab berilgan.


Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə