Reja: Savdogarbank faoliyatining tashkiliy va iqtisodiy tavsifi savdogarbankda marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarish Savdogarbankda xizmat ko’rsatish


Savdogarbankda marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarish



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə5/12
tarix30.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#114390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
bank2.1

2. Savdogarbankda marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarish

Bank xizmatlari va mahsulotlari sotuvlarni oshirishning raqamli kommunkiasiya vositalariga tor ixtisoslashgan onlayn kanallaridan foydalanish kiradi.


Ya’ni iqtisodiyotda naqd pul aylanishining pasaytirish maqsadida an’anaviy bank bo‘limlarini Internet kanallari orqali tor mor etishdir. «Internet-banking» haqli ravishda bank marketingida foydalaniladigan raqamli texnologiyalarni rivojlantirishdagi samarali yutuqdir. «Internet banking» bank mijozlariga Internet orqali o‘z hisobraqamlarini boshqarish va turli xil moliyaviy operasiyalarni amalga oshirishga imkon beradi.
Internet-bankingdan foydalanish shuningdek, mijozlar bilan samarali aloqani o‘rnatishga imkon beradi. Bu tijorat bankini boshqarish bo‘yicha marketing strategiyalari va konsepsiyalarini amalga oshirish uchun muhimdir. Shunga o‘xshash tizim orqali bank o‘z mahsulotlarini va xizmatlarini targ‘ib qiladi va dastur interfeysi qanchalik sodda va tushunarli bo‘lsa, mijoz ushbu tizimdan shunchalik ko‘p operasiyalarni amalga oshirishi mumkin.
Shu bilan birga bank xizmatlarining potensial iste’molchilari shunchalik yaqin va sodiq bo‘lishadi. «Internet-banking» bu bankdagi marketingning alohida sohasi, ya’ni Internetmarketingning tarkibiy qismi. Bunday yo‘nalish global tarmoq texnologiyalariga asoslangan barqaror aloqaga ega bo‘lgan ma’lum bir iste’molchi uchun bank xizmatlari va mahsulotlari paketlarini yuqori darajada individuallashtirishni nazarda tutadi.
So‘nggi ikki yil ichida tijorat banklarining Internetdagi marketing loyihalari uchun byudjet ulushi 75 foizdan oshdi. Bu shuni ko‘rsatadiki, bank marketingida raqamli texnologiyalardan foydalanish an’anaviy marketing va kommunikasiyalar turlaridan afzalroqdir.
Bank muassasalari global Internet orqali amalga oshiriladigan marketing konsepsiyasini doimiy ravishda takomillashtirishga intiladilar. Bunday holda, raqamli texnologiyalarning mijozga ta’sir qilish darajasini tushunish muhimdir. Yaqin kelajakda bank xizmatlari va mahsulotlarini iste’molchisi mustaqil ravishda o‘zgarishlarni amalga oshirish imkoni har doim va hamma joyda mavjud bo‘ladi.
Oxirgi 20-30 yilga nazar solsak, to‘lov tizimlari va raqamli moliyaviy xizmatlar tarixini kuzatishimiz mumkin — bank kartalari va bankomatlar(ATM)ni faol joriy etishdan boshlab, masofaviy va istalgan vaqtda katta hajmdagi xizmatlarni 24/7 rejimda taqdim etishgacha.
Raqamli transformasiya bank xizmatlari bozorida samarali ishlashning asosiy shartidir. Bunday sharoitda mutlaqo yangi biznes modeli yaratiladi, mijozlar bazasini kengaytirish, xizmat ko‘rsatish sifati va tezligini oshirish muammolarini yechishga qaratilgan an’anaviy yondashuvlarning barchasini qayta ko‘rib chiqish talab etiladi.
Moliyaviy sanoatning yangi bosqichi muqarrar ravishda raqamli konvertasiyaga olib keladi, bank mahsulotlari, xizmatlari, marketing va sotuvlar, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va operasion jarayonlar raqamli muhitga o‘tkaziladi.
Raqamlilashtirish tobora kuchayib bormoqda va mavjud an’anaviy biznes modellari uchun raqobat yaratmoqda. Uyali va kontaktsiz to‘lovlar, P2P xizmatlari, raqamli valyutalar va boshqalar uchun bozor hajmi tez sur’atlar bilan o‘sib bormoqda. Mobillik, mijozlarning e’tiborini jalb qilish, takliflarni individuallashtirish raqamli bank tushunchasining asosiy tarkibiy qismidir.
Umuman olganda, bank muassasalari tomonidan mijozlar bo‘yicha samarali tadqiqotlarni ishlab chiqish va o‘tkazish, ularga o‘zlari bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilash va bozor ko‘rsatkichlarini oshirishga imkon beradi. Bank uchun o‘zining marketing tadqiqotlarini professional ravishda olib boradigan kompaniyalarning xizmatlari bilan birlashtirish juda muhimdir.



Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə