Reja: Savdogarbank faoliyatining tashkiliy va iqtisodiy tavsifi savdogarbankda marketing faoliyatini tashkil etish va boshqarish Savdogarbankda xizmat ko’rsatish


-Rasm. Savdogarbank Toshkent shahar filiali.4



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə2/12
tarix30.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#114390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
bank2.1

2-Rasm. Savdogarbank Toshkent shahar filiali.4
Depozit va depozitlarni joriy etish orqali aholi va tadbirkorlarning bo'sh mablag'larini jalb qilish bo'yicha chora -tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish tavsiya etiladi. "Mevasabzavotbank" ning birlashishi munosabati bilan filiallar soni 10 taga ko'paydi va 55 taga etdi.
Binobarin, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish korxonalarning marketing faoliyati, jumladan brend siyosatini shakllantirishning samaradorligini oshirishda va uning haqiqiy bozor xususiyatlariga ega bo‘lishini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.
Men malakaviy amaliyotimni SavdogarbankAJda o‘tadim va amaliy ma’lumotlarni tahlil qildim.
"SAVDOGARBANK" — Oʻzbekistondagi aksiyadorlik tijorat banklaridan biri. 1994 y. 12 mayda savdo va tijoratga koʻmaklashuvchi "Savdogar" aksiyadorlik tijorat banki sifatida tashkil etilgan. Kuzatuv kengashi Raisi – Nasritdinxodjayev Omonullo Zabixullayevich. Kuzatuv kengashi a’zoslari: Mirzayev Mubin Muxitdinovich, Rustamov Olimxon Boqiyevich, Norgitov Muxitdin Juraboyevich, Muslimov Elbek Shuxratovich.
Boshqaruvi Toshkent shahrida. Bank taʼsischilari: Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, "Oʻzbeksavdo", "Oʻzbekbirlashuv" aksiyadorlik kompaniyalari. Aksiyadorlari 8079 yuridik va jismoniy shaxslardan iborat. "S." keng tarmoqli universal banklardan biri boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda, tumanlarda 50 ta boʻlimi, 24 minibanki ishlaydi. Bank respublikadagi turli tarmoq korxonalariga bank xizmatlarini koʻrsatadi. Jumladan, savdo korxonalari bilan xalq xoʻjaligining barcha tarmoklari korxonalari oʻrtasidagi savdokredit operatsiyalari va hisobkitoblarni mablagʻ bilan taʼminlash, lizing , faktoring , hujjatli inkasso va hujjatli akkreditivlar, eksportimport bitimlarini rasmiylashtirish, "bankmijoz" masofadan turib hisobraqamlarga xizmat koʻrsatish, avtokreditlar berish kabi xizmatlarni amalga oshiradi. "S." tomonidan i.ch. mikrofirmalari, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, kichik va oʻrta biznes korxonalari, dehqon va fermer xoʻjaliklariga hamda yakka tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kreditlar ajratishga alohida eʼtibor karatiladi. Mijozlar (22815 ta; 2004 y. 1 yanvar) bilan ishlash uslublari universitetazam takomillashtirilib, bank xizmatlarining zamonaviy shakllari amaliyotga joriy etilmoqda. Bank respublika qimmatli qogʻozlar bozorida faol qatnashadi. ABN Amrobank, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Germaniyaning "Bank Gezelshaft Berlin" banklari bilan vakillik aloqalari oʻrnatilgan. Bank ustav kapitali 30 mlrd. soʻm, jami aktivlari 382,2 mlrd. soʻm, tizimda 2 mingdan oshiq xodim ishlaydi (2012, 1 yanvar). 5Boshqaruv Raisi - Mirsoatov Alisher Kudratullayevich. Boshqaruv Raisi o‘rinbosarlari: Xodjayev Azizbek Shavkatovich, Muxamedxanov Abror Shuxratovich, Jalilov Baxodir Amiraliyevich, Tulyaganov Kudratilla Asatullayevich va Kurambayev Azamat Karimbayevich.
Hozirgi kunda Savdogarbank 3 627 000 tadan ortiq mijozlarga ega bo‘lib, ulardan 282 000 dan ortig‘i yuridik, 3 345 000 tasi jismoniy shaxslardir.
Oxirgi 5 yil ichida Bank O‘zbekiston Respublikasi Bank sektorida Aktivlar, Kapital hamda daromad bo‘yicha yetakchi o‘rin egallab kelmoqda. 6

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə